Mehnatni muhofaza qilish to‘G‘risida


-modda. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik



Yüklə 29,82 Kb.
səhifə2/10
tarix15.12.2022
ölçüsü29,82 Kb.
#75236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bahrom

2-modda. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Ushbu Qonunning amal qilish sohasi
Ushbu Qonun:
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) bilan, shuningdek alohida yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlarga;
ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalariga, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilariga, boshqa ta’lim muassasalari tinglovchilariga;
tashkilotlarda ishlash uchun jalb etiladigan harbiy xizmatchilarga;
muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarga;
sud hukmiga ko‘ra jazoni o‘tayotgan shaxslarga ular jazoni ijro etish muassasalari tomonidan belgilanadigan tashkilotlarda ishlashi davrida, shuningdek ma’muriy qamoqqa olish tarzidagi ma’muriy jazo qo‘llanilgan shaxslarga, boshqa turdagi ishlarni bajarishga, shu jumladan jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab tashkil etiladigan ishlarni bajarishga jalb etiladigan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun ish beruvchilarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar bundan buyon matnda xodimlar deb ataladi.
4-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
jamoaviy himoya vositalari — tuzilishi yoki vazifasi jihatidan ishlab chiqarish binosi va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan, xodimlarga zararli ishlab chiqarish omili va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omili ta’sirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar va boshqa vositalar;

Yüklə 29,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin