Mehnatni muhofaza qilish to‘G‘risida


-modda. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi



Yüklə 29,82 Kb.
səhifə9/10
tarix15.12.2022
ölçüsü29,82 Kb.
#75236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bahrom

15-modda. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi
Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi mehnatni muhofaza qilish tizimining holatini baholash bo‘lib, ushbu audit ish beruvchining qaroriga binoan o‘tkaziladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining ishlashi sifatini, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga, darajasini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar samaradorligini baholash;
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqish.
Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-apreldagi 246-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashkilotlardagi mehnatni muhofaza qilish tizimida audit o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”.
16-modda. Mehnatni muhofaza qilishni moliyalashtirish
Mehnatni muhofaza qilishni moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan budjet mablag‘lari;
ish beruvchining o‘z mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan mehnatni muhofaza qilish jamg‘armalarining mablag‘lari;
(16-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(16-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mehnatni muhofaza qilish uchun budjet mablag‘lari tegishli (respublika va mahalliy) budjetlarda alohida qayd bilan ajratiladi, bu mablag‘lardan boshqaruv organlarining, nazorat qiluvchi va tekshiruvchi organlarning ta’minoti, ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish, mehnatni muhofaza qilishga oid davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni bajarish uchun foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Har bir ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni qonunchilikda, jamoa shartnomasida, shuningdek jamoa kelishuvlarida yoki boshqa ichki normativ hujjatlarda belgilanadigan miqdorda ajratadi. Xodimlar ana shu maqsadlar uchun biror-bir chiqim qilmaydilar.
Tashkilotlar mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamg‘armani o‘zining tijorat faoliyati va boshqa faoliyatidan olinadigan foyda (daromadlar), shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tashkil etishga haqlidir.
(16-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mehnatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan mablag‘lardan boshqa maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin emas.
Mehnatni muhofaza qilish uchun ish beruvchi tomonidan mablag‘lar ajratish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamg‘armalarni tashkil etish va ularning mablag‘laridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi ishtirokida belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-noyabrdagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan “Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda mehnatni muhofaza qilish jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.

Yüklə 29,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin