Ball usuli. U bajarilgan ishni baholashda bajarilgan ish ko’rsatkichlarini ham, xodimning amaliy sifatlarini ham oldindan ishlab chiqilgan me’yorlar bilan taqqoslashni ko’zda tutadi. SHu maqsadda baholash omillari hamda har bir omil darajalari miqdori, shuningdek ularni ballar yordamida baholash sinchiklab tanlab olinadi. Baholashda ball tizimining grafik shkalasi hamda ko’p bosqichli shkalalar qo’llaniladi. Ularda baholar shkalalaridan texnik hisoblash vositalari sifatida foydalanish ko’zda tutilgan. Agar grafik shkalalarda darajalar miqdori oldindan belgilab qo’yilgan bo’lsa (odatda 4-5 ta: miqdor shkalalarida - son, alfavit shkalalarida - harflar, foizlar shkalalarida - foiz, bayon shkalalarida - yomon, qoniqarli, normal, yaxshi va a’lo), ko’p darajali shkalalarda darajalar soni tabaqalashtirilgan holda bo’ladi va chizmada belgilab qo’yilmaydi. 10.2- jadvalda ball orqali baholash miqdor shkalalari hamda ishlarni xizmatlar uchun ustamalar to’lash guruhlari bo’yicha taqsimlashni hisoblab chiqish keltirilgan.