TerDU Iqtisodiyot va turizm fakulteti
Kadrlar menejmenti yo'nalishi
303-guruh talabasi
Abdujabborov Temurxon
Personal motivatsiyasi fanidan
" Mehnatni rag`barlantirish tizimi"
mavzusida yozgan
Mehnatni rag`barlantirish tizimi
Reja:
KIRISH.
Personal faoliyatini baholashning mohiyati va uning zamonaviy uslublari
Personalni attestatsiyadan o’tkazish
Mehnat motivatsiyasi omillarining moddiy va ma’naviy tuzilishi
Ehtiyojlar va qiziqishlar
Mehnat motivatsiyasini yanada kuchaytirish yo‘llari
XULOSA VA TAKLIFLAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH.
Jamiyatda yoki alohida olingan mamlakatda yaratilgan mahsulotning taqsimlanish
tamoyillari, shakllari, usullari muhim muammo bo’lib, iqtisodchilar e’tiborini jalb etib hamda ular o’rtasida turli tortishuvlarga sabab bo’lib keladi.
Shunga ko’ra, kishilarning hayot kechirishi va turmush darajasini aniqlab beruvchi daromadlarning asosiy turi bo’lgan ish haqini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o’tgan davrdan to hozirga qadar xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida muhim o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Korxonalarda, tashkilotlar va idoralarda mehnatni tashkil etish va uning samaradorligini oshirish yo’llari muhim muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Xalq turmush farovonligini oshirish Respublikamiz Prezidenti tomonidan belgilab berilgan iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadidir. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etish juda keng ko’lamli ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yechimini topishni taqazo qiladi. Ma’lumki, xalq xo’jaligi ishlab chiqarishida, turli sohalar va jamiyat qatlamlarida, ish joylarida korxonalar ishini to’g’ri yo’lga qo’yish, tashkil etish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarga ijtimoiy adolat prinsiplari asosida ish haqi to’lashni tashkillashtirish taraqqiyotni ta’minlashda muhim rol
o’ynaydi.
Ish haqi - tashkilot xodimlarining asosiy daromad manbai, uning yordami
bilan mehnat va iste'mol o'lchovi nazorat qilinadi. Ish haqi iqtisodiyotni
boshqarishning eng muhim vositasidir, shuning uchun davlat mehnatni tashkil qilish va ish haqining huquqiy asoslariga alohida e'tibor beradi.
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning bosh
maqsadi ham aholining daromadlarini, jumladan ish haqlari miqdorini oshirish hisoblanadi. Bu to’g’risida prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ham quyidagi fikrlarni bildirganlar: “Aholi daromadlarini oshirish, qo’shimcha ish o’rinlari yaratish, mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun bizga yangi-yangi bozorlar kerak. Buning uchun bozor iqtisodiyoti va davr talablariga mos ko’plab qonun va qarorlarni qabul qilayapmiz. Lekin, afsuski, ularni ijro qiladigan ko’pgina amaldorlar hali ham eskicha ish uslubi, rasmiyatchilik va befarqlikdan qutulgani yo’q”Mazkur bildirilgan fikrlar mazkur kurs ishining naqadar dolzarb ahamiyat kasb etishini asoslab beradi.
Kurs ishining maqsadi ish-haqi bo’yicha tashkil etiladigan jarayonlarda
yuzaga kelgan yoki kelishi mumkin bo’lgan muammolarni bartaraf etish bo’yicha ilmiyamaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- ish-haqi tushunchasining mazmun-mohiyatini, ularning shakllarini ochib
berish;
- ish-haqini to’lash tartibini va rag’batlantiruvchi to’lovlarni tadqiq etish;
- ish-haqini tashkil etish bilan bog’liq turli yondashuvlarni o’rganish;
- O’zbekistonda mehnatni tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarni
tahlil qilish;
Kurs ishining ob'ekti mehnat jarayonlarini tashkil etish va ish-haqini to’lash
bilan bog’liq bo’lgan turlicha qarashlar va nazariyalar hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti mamlakatimizda ish-haqini to’lash, aholi
daromadlarini oshirish hamda mehnat jarayonlarini optimallashtirish bo’yicha bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o’z ichiga oladi.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini xorijlik yetakchi olimlarning ishhaqi to’lashni tartibga solinishi, mehnatni tashkil etish jarayonlari bo’yicha amaliy ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari tashkil etadi.
Kurs ishining tuzilishi. Ushbu Kurs ishi kirish, yetti bo’lim, xulosa va
takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Dostları ilə paylaş: |