Mehnatni rag`barlantirish tizimi mavzusida yozgan Mehnatni rag`barlantirish tizimi Reja: kirish


Ma’lumot - xodimning malaka darajasini aniqlashda asosiy sifat ko’rsatkichlaridan biridir. Ish staji



Yüklə 369 Kb.
səhifə5/50
tarix02.01.2022
ölçüsü369 Kb.
#42549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
TEMURXON

Ma’lumot - xodimning malaka darajasini aniqlashda asosiy sifat ko’rsatkichlaridan biridir.

Ish staji - tajribaning miqdor ko’rsatkichi hisoblanadi.

Yosh esa ish staji bilan o’zaro bog’liqdir.

Xodimning ma’lumoti, ish staji va yoshi to’g’risidagi ma’lumot-lardan nomzodning kasbiy istiqbolligi koeffitsientini hisoblab chiqishda foydalaniladi:



K = Bm.d. (1+s/4+Yo/8)
bunda: K- nomzodning kasbiy istiqbolligi koeffitsienti;

Bm.d. - nomzodning ma’lumoti darajasining bahosi;

S- nomzodning mutaxassisligi bo’yicha ish staji;

Yo - nomzod yoshi.

Ma’lumot darajasi bahosi (Bm.d.) odatda to’liqsiz o’rta ma’lumotlilar uchun 0,15, o’rta ma’lumotlilar uchun - 0,6, o’rta maxsus va to’liqsiz oliy ma’lumotlilar uchun - 0,75, mutaxassisligi bo’yicha oliy ma’lumotlilar uchun - 1,0 dir.

Olimlar tavsiyalariga muvofiq, xodimning mutaxassisligi bo’yicha ish staji (S) 4 ga bo’linadi. Chunki, ilmiy tadqiqotlar natijasida aniqlanishicha, xodimning ish staji mehnat unumdorligiga uning ma’lumotiga nisbatan 4 baravar kam ta’sir ko’rsatar ekan.

Xuddi shuningdek, ilmiy tadqiqotlarda xodimning yoshi (Yo) mehnat unumdorligiga xodimning ma’lumotiga nisbatan 18 baravar kam ta’sir ko’rsatishi aniqlangan. Bunda erkaklar yoshining eng yuqori darajasi 55, ayollar uchun 50 yosh qilib belgilanadi.

Lavozimga nomzodning umumiy bahosi aniqlanayotganda uning kasbiy istiqbolligi koeffitsienti (K) miqdori amaliy va tashkilotchilik qobiliyatlari baholariga qo’shiladi. Tabiiyki, lavozimga eng ko’p ballga ega bo’lgan nomzod tayinlanadi. Bunda nomzodning xuddi yuqoridagi usulda aniqlangan shaxsiy sifatlari ham albatta e’tiborga olinadi.

Boshqaruv xodimini baholashda amaliyot bilan sinash hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi ayondir. Rahbarlik lavozimiga nomzodni amaliyotda quyidagicha sinash mumkin:



  • rahbarlik vazifasini vaqtincha bajarishga jalb etish;

  • stajirovka.

Bunday hollarda ham nomzod ish natijalarini ob’ektiv baholashni talab etadi. Bu ekspert baholashi orqali amalga oshiriladi. Ana shu holda eng avvalo ekspert sifatida mazkur sohaning g’oyat malakali va tajribali mutaxassislari tanlanishi muhimdir.

Ekspert baholashni amalga oshirishda shaxsiy va guruhiy usuldan foydalanish mumkin.



Shaxsiy usulda har bir ekspert bahosini, o’z nomini oshkor qilmay qo’yadi, so’ng barcha ekspertlarning shaxsiy nomlari e’lon qilinmagan holda baholari qo’shilib, umumiy ekspert bahosi chiqariladi. Bu usul keng tarqalgan va juda samarali hisoblanadi.

Guruhiy usul ekspertlarning birgalikda ish olib borishiga va ekspert bahosi butun guruh tomonidan qo’yilishiga asoslangan. Bunda har bir ekspert boshqa ekspertlar bahosi bilan tanishtiriladi so’ng bu ekspert guruhdagi boshqa ekspertlar bahosiga asoslangan holda o’z bahosini qo’yadi. Tabiiyki, bu holda baho qo’ygan ekspert nomini sir saqlash imkoni bo’lmaydi.

Kompaniya va firmalarda ekspert komissiyalari a’zolarini (odatda ular soni 3-5 ta, eng ko’pi bilan 7 ta bo’ladi) tanlashni personal bilan ishlash xizmati rahbari amalga oshiradi. Komissiya tarkibi korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Baholash anketa vositasi orqali amalga oshiriladi. Anketa maxsus ishlab chiqilgan savolnomadan iborat bo’lib, u yoki bu mutaxassis, rahbar ega bo’lishi lozim bo’lgan sifatlarni aniqpashga mo’ljallangan. Bu sifatlar mutaxassis faoliyati, rahbar egallab turgan lavozimga oid masalalarni qamrab oladi.

Ekspert komissiyasi faoliyati baholanadigan xodim ish natijalarini o’rganib chiqqanidan so’ng, anketaga kiritiladigan savollarni hamda javoblarni baholash mezonlarini tasdikdaydi. Masalan, anketaga baholanadigan 10 ta sifat kiritilgan bo’lsa va har bir sifat 10 balli tizimda baholansa, bu quyidagicha ko’rinishda bo’lishi mumkin:



  1. Betakror ish usullarini izlab topish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish qobiliyati - 10 ball.

  2. Jamoada qulay ma’naviy-psixologik muhit yarata olishi - 9 ball.

  3. Vaziyatni tezkorlik bilan baholay olish va muvaffaqiyatli qaror qabul qilish qobiliyati - 8 ball.

  4. Kasbiy o’sish va malaka oshirishga intilishi - 7 ball.

  5. Intizomliligi - 6 ball.

  6. Tashabbuskorligi - 5 ball.

  7. Xodimlar bilan o’zaro munosabatlari - 4 ball.

  8. Ishga qiziqishi - 3 ball.

  9. O’zaro do’stona munosabatlar o’rnatishga moyilligi - 2 ball.

  10. Turdosh ixtisosliklarni egallashga qiziqishi - 1 ball.

Baholanayotgan sifatlar muhimligiga qarab joylashtiriladi. Baholar ham ana shu sifatlar joylashishiga qarab qo’yiladi. Bunda birinchi baho sifat muhimligi darajasiga qarab qo’yilsa, ikkinchisi baholanayotgan xodimning ushbu sifatlarni namoyon qilish darajasiga qarab, javobning to’rt variantidan kelib chiqqan holda qo’yiladi. Ekspert baholanayotgan sifatlar qanchalik tez-tez namoyon bo’lishini hisobga olgan holda, buni quyidagicha ballar bilan belgilashi kerak bo’ladi:

  1. doimo namoyon bo’lsa - 1,5 ball;

  2. ko’proq hollarda namoyon bo’lsa - 1 ball;

  3. ba’zan namoyon bo’lsa - 0,5 ball;

  4. umuman namoyon bo’lmagan bo’lsa - 0 ball.

Birinchi baholashda baholanayotgan sifat katagi to’g’risiga “+” belgisi hamda uning balldagi bahosi qo’yiladi. Ikkinchi baholashda “+” belgisi ekspert fikriga mos keladigan katak to’g’risiga qo’yiladi.


Yüklə 369 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin