Mehrinoz abbosova men yoshlikman



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/17
tarix02.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#44427
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Mehrinoz Abbosova. Men yoshlikman

TUGAMAGAN SHE’R

Sizga achinaman, she’rsiz kunlarim,

Tasviri qog‘ozga tushmagan tonglar.

Shirin damlarim siz — o‘tkan tunlarim,

Faqat oq-qoradan iborat ranglar.

Sizga achinaman, mazmunsiz onlar,

Behuda aylangan soat kapgiri.

Sizga achinaman, bo‘m-bo‘sh tomonlar,

Hayot — gavjumlikning xaridorgiri.

Senga achinaman, bedard yuragim…

* * *

Har qadamda gul ildiz otar,



Har soatda aylanadi yer.

Oy ko‘rinib, quyosh ham botar,

Nega hanuz yaralmaydi she’r?

Tun ham uxlar — bunda men bedor,

Oy,  kel, qo‘llaringni menga ber.

Tong otyapti… yurak homilador,

Qachon tug‘iladi…  she’r?!

www.ziyouz.com kutubxonasi




40

Mehrinoz Abbosova

* * *


Yurakdek bir qush bor, osmondek moviy...

Iqbol MIRZO

Nahotki, yozishga hech vaqoyim yo‘q,

Nahotki, yuragim hissiz va bo‘m-bo‘sh.

Kuylamay ketishga kelgan joyim yo‘q,

Yurakda  sayraydi bir qush, sirli qush.

Ul qushdirki nolon qumri yo bulbul,

Haq deb nafas olib, Haq deb yutingan.

Chap ko‘ksidan unib qonli qizil gul,

Ko‘nglim bilan opa-singil tutingan.

Balki Navoiy ham tinglagan uni,

Balki Pushkin bilan sirlashgani rost.

Tilini tushungan daho Yesenin,

Bir umr vaslini qilganmi havas.

Ana, shundoqqina kezib yuribdi,

Ammo tutib, ushlab bo‘lmaydi qo‘lda.

Mana, yuragimga qo‘nib turibdi,

Endi faqat uchib ketmasa bo‘ldi.

Nahotki, yuragim hissiz va bo‘m-bo‘sh,

Nahotki, yozishga hech vaqoyim yo‘q.

Sayrayver yurakda, ey qush, sirli qush,

Kuylamay ketishga kelgan joyim yo‘q.

www.ziyouz.com kutubxonasi



41

Men yoshlikman

* * *


Yuragimga gavhar so‘zlar sochib qo‘y,

Hayot, tingla qalbim ovozasini.

Tangrim, o‘zing uyg‘ot, qulfin ochib qo‘y

Qulflangan ko‘zim darvozasini.

Men faqat oldinga chopib boryapman,

Yo‘lda qoqilmasdan, toymasdan toshga.

Qara, bulutlardan chiqib boryapman,

Yana, yana biroz qoldi Quyoshga!!!

www.ziyouz.com kutubxonasi



42

Mehrinoz Abbosova

* * *


Olovlarda kuyib, yonib to‘ymadim,

Sekundlarni o‘z holiga qo‘ymadim.

Fursat bilan quvlashmachoq o‘ynadim,

Vaqtimdan baxtimni yutib olay, deb.

Changalimda chirsillagan cho‘g‘ ushladim,

Yo‘limdan tosh chiqsa toshni tishladim,

Tovonimda tikon odim tashladim,

Kiyikso‘qmog‘idan o‘tib olay, deb.

Adabiyot, munavvar qil yo‘limni,

Oppoq orzularga yozdim dilimni,

Olis osmonlarga cho‘zdim qo‘limni,

Mashrab etagidan tutib olay, deb.

Ruhin Namongonda kutib olay, deb.

www.ziyouz.com kutubxonasi




43

Men yoshlikman

* * *


Ona, qanday g‘amgin bo‘la olaman,

Ko‘kda yulduz xanda otganda.

Men yig‘lashni bilmay qolaman,

Nastarinlar gullab yotganda.

Otam meni asraydi kuyib,

Shunga ko‘zim yig‘i bilmaydi.

Vatan meni ovutib qo‘yib,

O‘rnimga ham o‘zi yig‘laydi.

Bugun shunday xursandman, hayhot,

Yuragim ham quyoshli, oyli.

Ba’zan tajang ko‘ringan hayot,

Tabassuming buncha chiroyli.

www.ziyouz.com kutubxonasi



44

Mehrinoz Abbosova


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin