Mehrinoz abbosova men yoshlikman



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/17
tarix02.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#44427
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Mehrinoz Abbosova. Men yoshlikman

SHOIRLIKKA YO‘L

Yuragimdir shafaqrang,

Lolalarga o‘xshaydi.

Bobom xo‘p omochlagan

Dalalarga o‘xshaydi.

Vaysiy, Mohlaroyimga

Doir bo‘lmoqchiydim men.

Dardi dunyoni tutgan

Shoir bo‘lmoqchiydim men.

Shoir bo‘lay, deb Undan

Toza dardlar tiladim.

Dardlansin deb yurakni

Tirnadim, timdaladim.

Ko‘nglimning gulbog‘ida

Unar she’r yalpizlari.

Ko‘ksimning har yog‘ida,

Tirnog‘imning izlari.

Yuragimda shu yoziq,

Baxt — bu so‘lmas gulimdir.

Timdalangan har chiziq

Shoirlikka yo‘limdir.

www.ziyouz.com kutubxonasi




35

Men yoshlikman

AVTOBUSDA

Yana ko‘zlarimga singib ketdi tun,

Umrim sahnasida yana oppoq rang.

Shoshilib kelmoqda yana yangi kun,

Yangi tong qo‘shig‘i bermoqda jarang.

Bir chekkada bekat. Moshin to‘la yo‘l.

Jilmaygan ko‘zlarim bitta nuqtada.

So‘lib bitay dedi sabr degan gul,

Axiyri avtobus kelib to‘xtadi.

Orzular eshigi bo‘lgan avtobus

Manzilga shoshadi men bilan birga.

Kecha-kunduz tinim bilmaydi hanuz,

Nuqul tovonini ishqalar yerga.

Ko‘zlarimga to‘lib ketmoqda hayrat

Avtobusdan boqib ketayotgan on.

Bugun boshqacharoq ko‘rindi hayot,

Bugun hamma menga tuyuldi shodon.

Daraxtlar tillorang ro‘molin o‘rab,

Kuzgi izg‘irindan qilmas diydiyo.

Avtobus oynasi ortidan qara-a-ab,

Ustidan kulganim sezmaydi dunyo.

www.ziyouz.com kutubxonasi




36

Mehrinoz Abbosova


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin