Mehrinoz abbosova men yoshlikman



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/17
tarix02.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#44427
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Mehrinoz Abbosova. Men yoshlikman

YOR-YOR

                                  Oydina opamga

Maysalar arosinda

yalpiz yig‘lar, yor-yor,

Surmalar qarosinda

bir qiz yig‘lar, yor-yor.

Quyosh chaqnab ketgaydir,

ko‘zlari kulganda qiz,

Chirmandaga yig‘lama,

oylarga arzanda qiz.

Manzili qaydin-qaydin

uyga yetodi, yor-yor.

Orzusi oydin-oydin

opam ketodi, yor-yor.

Dili alyora opam,

sizga baxtlar tiloyin,

Ko‘changizdan o‘tganda

“alla”lar eshitoyin.

Xayolimni o‘g‘irlab,

yig‘lama yalpizgina.

Shodliklarga yo‘g‘rilib,

ana ketdi qizgina.

www.ziyouz.com kutubxonasi




45

Men yoshlikman

Maysalar arosinda

yalpiz yig‘lar, yor-yor.

Surmalar qarosinda

bir qiz yig‘lar yor-yor.

www.ziyouz.com kutubxonasi




46

Mehrinoz Abbosova

SURXONDARYODA

Mashrab yurtidan keldim,

Hiyyo-hiyyo, hiyyo-hiy.

Barchin ortidan keldim,

Hiyyo-hiyyo, hiyyo-hiy.

Oybarchinim qaydasan,

Hayyo-huyt, hayyo-huyt.

Hoy Alp inim, qaydasan.

Hayyo-huyt, hayyo-huyt.

Oybarchinning jamolin

So‘yla, dutorim.

Alp jigitning kamolin

Kuyla, dutorim.

Surxonning tog‘larida,

Boysunning bog‘larida

Qo‘shiq aytay, momojon.

Mashrab bobom devonin,

Qahhor baxshi dostonin

Qo‘shib aytay, momojon.

Baxtim ortaveradi,

Shukur shunday zamonga.

Ko‘nglim tortaveradi

Surxondayra tomonga…

Hayyo-huyt, hayyo-huyt.

www.ziyouz.com kutubxonasi



47

Men yoshlikman

* * *


Ko‘kni tutgoli keldim,

Bir to‘kilib olsinda.

Qo‘shiq aytgoli keldim

Daryoning yaqosinda

Huv quyoshni quchoqlab

Turganimni kim ko‘rgan?

Momom-chi, kokilimga

Baxtimni qo‘shib o‘rgan.

Eh-hey, ko‘hna Namongon,

Baytlar topdim kechangdan.

Mashrab qo‘shiq kuylaydi

Sening har bir ko‘changda.

Tuyg‘ularim yam-yashil,

Orzularim gulzordir.

Sayrayverar jonqushim,

Yuragim bulbulzordir.

Hayot qilgan jilvalar

Bir go‘zal tuyuladi.

Ko‘ksimdagi jilg‘alar

Bo‘g‘zimga quyiladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



48

Mehrinoz Abbosova

Ko‘kni tutgoli keldim,

Bir to‘kilib olsinda.

Qo‘shiq aytgoli keldim

Daryoning yaqosinda…

TOSHKENT YO‘LIDA

Fasli bahor e masdir motamsaro,

Ammo ko‘nglimda bir bo‘shliqdek gohi.

Kurtak yozayotgan daraxtlar aro

Habib Sa’dulloning mamnun nigohi.

Birdan xayollarim ketar sochilib,

Bahor kezib yurar Toshkan yo‘lida.

Zulfiya turibdi qiyg‘os ochilib,

“Salqin saharlarda, bodom gulida”.

Qaldirg‘ochlar keldi shoirni so‘rab,

Qalbda quvonch, shodlik, shukuh, onajon.

Oppoq gullayotgan o‘rikka qarab,

Bunda she’r o‘qiydi Hamid Olimjon.

www.ziyouz.com kutubxonasi




49

Men yoshlikman

BEKATDA

Bekat, ajib sarguzashtlar makoni,

Bu yerda to‘kilib ketar yuragim.

Yangi she’r yozishning vaqti, imkoni,

Shu yerda so‘kilib ketar yuragim.

Bunda kutiladi, sinalar sabr,

Dilim go‘zallikni kuylayotibdi.

Garchi yaqinlashib qoldi sentyabr,

Yuragimda bahor gullab yotibdi.

Ko‘zida ishonchdan boshqa narsa yo‘q,

Qarang, qaro tunday  qoradir qoshi.

Ko‘ksida quvonchdan boshqa narsa yo‘q,

Bekatda gul sotar… mening tengdoshim.

4-M.Abbosova

www.ziyouz.com kutubxonasi



50

Mehrinoz Abbosova


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin