Kamolim baxt bo‘lib gullaydi.
Sabrning ham sabri tugaydi.
60
Mehrinoz Abbosova
* * *
Shuncha quvonchlardan yuragim karaxt,
Asta omad qushin yelkamga oldim.
Baxt bu — osmono‘par ulkan bir daraxt,
Uning shoxlariga ilinib qoldim.
UCHLIKLAR
Nega gullamasdan turibsan karaxt,
Yiqilib ketar deb g‘am ye ma, daraxt,
Senikidan chuqur mening ildizim.
* * *
Bir o‘zimni tashlab qochsang ham,
Boshimdan
balolar sochsang ham,
Men senga gul sovg‘a qilaman.
www.ziyouz.com kutubxonasi