BOYCHECHAKLI SHE’R
Ko‘k yuziga tortdi qora pardasin,
Tashqari shi p-shiydon. Huvillar ko‘cha.
Shamol zulumotga qilar zardasin,
Sovuqdan uh tortib, g‘uvillar kecha.
Men xayol suraman ash’or to‘g‘rida,
Qizim, uxla, deydi, onam kuyunchak.
Go‘zal tun, farahbaxsh fevral bag‘rida
Yuragimni yorib chiqar boychechak.
Tutdim ko‘klam hidi anqqan qalamni,
Mana tong otmoqda, she’rim bitadi.
Bahorni sog‘ingan butun olamni,
Boychechakning bo‘yi tutib ketadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
14
Mehrinoz Abbosova
YOMG‘IR
Oqshom sukunati cho‘kkan shaharga
Yoz yomg‘iri yog‘ar jimlikni buzib.
Yana qaytging kelar go‘zal bahorga,
Yana ketolmaysan ko‘nglingni uzib.
Mayda-mayda tomchi sachrar har yoqqa,
Ko‘nglimga yog‘ilar zavqi shu onning.
Yig‘loqi bulutning yoqasi loyqa,
Etagi shalabbo bo‘lar osmonning…
www.ziyouz.com kutubxonasi
15
Men yoshlikman
* * *
Ajab sohir tuyulmoqda bu damlar,
Hayqirib kuylaydi hatto toshgacha.
Nechun beparvosiz axir, odamlar,
Bu tun o‘zgachadir, tamom boshqacha!
Boqaman olisga nigohim sanchib,
Osmon chamanini qurshar oq gullar.
Kun bo‘yi sershovqin shahar ham tinchib,
Biroz mizg‘ish uchun cho‘zilar yo‘llar.
Bu kech ko‘ngil qushi yana sayradi,
Tun ham qulluq aytar tabriklarimga.
Uyqudagi go‘zal dunyo hayrati
Ilinib qoladi ki priklarimga.
www.ziyouz.com kutubxonasi
16
Mehrinoz Abbosova
BAHOR
Har tong derazamning qanotin ochib,
Bir olam muhabbat bilan qarayman.
Va dildan talpinib, hayqirib, toshib,
Bahor keldimi, deb shoshib so‘rayman.
Mana, ko‘kda qator varraklar ila
Qo‘shilib kezmoqda mehr va sog‘inch.
O‘rik ham bejirim ko‘ylaklariga
Yana taqib oldi oppoq to‘g‘nog‘ich.
Go‘zallik uyg‘ondi, mana men guvoh,
Endi yorug‘ tonglar e masdir g‘arib.
Quyoshning tikilib qarashidan, oh,
Qizg‘aldoqlar yuzi ketdi qizarib.
Bu holat surati ko‘chdi yurakka,
Dunyoni unutdim, o‘zni unutdim.
Va’da bersa-da u yana kelmakka,
Bahorning qo‘lidan mahkamroq tutdim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
17
Men yoshlikman
* * *
Bu zamon bo‘ronlar qilolmas hamla,
Yomg‘ir.
Halinchalak.
Go‘zal bog‘daman.
Toza ruhim, toza tuyg‘ularim-la,
Hozir osmondan ham balandroqdaman.
Ko‘klam yomg‘irida sehrli kuy bor,
Bu kuydan uyg‘onib ketar ona Yer.
Tangrim yuborayotgan so‘zlarni, bahor,
Yomg‘ir iplaringda olib tushib ber.
Tegramda dunyoning joni halakda,
Tashlab qo‘yar menga hayot ko‘z qirin.
Yangi she’r yozyapman halinchalakda,
Tinglab yoshligimning qiqir-qiqirin.
2-M.Abbosova
www.ziyouz.com kutubxonasi
18
Mehrinoz Abbosova
* * *
Baxtdan masrur ruhimni ilkis
Qurshab oldi jununvash hislar.
O‘tiribman xonamda yolg‘iz,
Ko‘nglimdagi YOLG‘IZni eslab.
Yuragimdan potrab nimadir
Tiqildi-yov bo‘g‘zimga muzdak.
O‘zi ko‘ksim to‘lib turuvdi,
Yomg‘ir yog‘di ustiga-ustak.
To‘g‘rimdagin keldi yupatgim,
To‘satdan ko‘zguga ko‘z solib,
Tanimadim, yig‘layotgan kim,
Ko‘zlarimga berkinib olib…
www.ziyouz.com kutubxonasi
19
Men yoshlikman
Dostları ilə paylaş: |