ENG GO‘ZAL SHE’R
Farahbaxsh tun. Soat salkam o‘n ikki,
Yurakni o‘ynatar har bir daqiqa.
Biram yozgim keldi oyna ortida
Shirin uxlayotgan qishloq haqida.
Mehrkash otamga o‘xshab ketasan,
Mehring yurakka naqsh etib solganman.
Qirlar yelkasida ko‘tarib turar,
Tog‘laring boshiga chiqib olganman.
Onam qishloq, erka bolangman sening,
Senda o‘sdim, senda ulg‘aydi dardim.
Asli ilhom yurti qayda desalar,
To‘ppa-to‘g‘ri seni aytardim.
Qayg‘urishlaringdan ketay aylanib,
Bedorsan, farzanding o‘ylab betinim.
Bosgan qadamimdan xavotirlanib,
Yuragi guppilab urgan zaminim.
Kel, deb qo‘lin cho‘zib turgan daraxtlar,
Fasllar qo‘shig‘in qo‘yadi gullab.
Qushlarning suhbati she’rimga ko‘char,
Sening har bir zarrang she’rimga sabab.
www.ziyouz.com kutubxonasi
32
Mehrinoz Abbosova
Farahbaxsh tun. Soat salkam o‘n ikki,
Yurakni o‘ynatar har bir daqiqa.
Biram yozgim kelar oyna ortida
Shirin uxlayotgan qishloq haqida.
Chirildoqlar tunning sukutin buzar,
Soy ham ozodlikni kuylar berilib.
Ko‘zimga javdirab turgan yulduzlar
Osmon ko‘rpasiga olar berkinib.
Ko‘zni qamashtirib tong kelar mana,
Oqish, harir ko‘ylak kiygan hur malak.
Qandoq yozmay bo‘lar bundoq fusunni,
Bir ash’or o‘tida qovrildi yurak
Bag‘rida dunyolar tuyular kengroq,
Umrimning har kuni sehrli o‘tar.
Bolam, deb erkalab, asrovchi qishloq,
Onamdek xokisor, otamdek kamtar.
Bir ash’or ishqida o‘lib-tirildim,
Lazzatga aylandi tongda qiynog‘im.
Bilmas o‘zi haqda yozganligimni
Meni shoir qilib qo‘ygan qishlog‘im!
www.ziyouz.com kutubxonasi
33
Men yoshlikman
Dostları ilə paylaş: |