Mehrinoz abbosova men yoshlikman



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix02.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#44427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Mehrinoz Abbosova. Men yoshlikman

OTASHKURAK

Shom chog‘i, Jahon Otin  qo‘shiq xirgoyi qilib,

ko‘rpa qavib o‘tirar edi. To‘satdan hovli etagida qora

sharpa paydo bo‘ldi. Jirkanch qiyofadagi sharpa

hamlasidan Jahon Otinni ayvon ustuniga suyog‘lik

turgan otashkurak asrab qoldi.

“Jahon Otin UVAYSIY” videofilmidan

Seni ko‘rsam ko‘nglim o‘sar, otashkurak,

Yurak tinmay seni qo‘msar, otashkurak.

Otashkurak, gardlaringni ko‘zga suray,

Qaynoq, otash yuragimni senga beray.

Seni ko‘rsa quvnab ketar ikki ko‘zim,

Ta’rifingga kamlik qilar bu dam so‘zim.

Seni molu dunyolarga alishmasman,

Ming-ming oltin — tillolarga alishmasman.

Mumtoz nazm devorida izing qolgan,

Senga mehrim, senga madhim dilga solgum.

Hazrat momom asrab qolgan azmannishon,

Hazrat momom alqab qo‘ygan azmannishon.

Ko‘ksim — gulxan, olov — yurak, otash — yurak,

Seni ko‘rsam ko‘nglim o‘sar, otashkurak.

www.ziyouz.com kutubxonasi



26

Mehrinoz Abbosova

PARDA

Boqsam.


Derazamdan bo‘ynimni cho‘zib,

Bu fusunkorlikning yo‘qdek poyoni.

Darpardalarni shart tashladim uzib,

Boricha ko‘ray deb go‘zal dunyoni.

Barchasi chi ppakka chiqa boshladi,

Pardasiz deraza va bo‘m-bo‘sh borliq.

Hamma yoqqa bir-bir nigoh tashladim,

Qani, avvalgiday mastliq, xummorliq.

Qani, avvalgiday parda ortidan,

Oy chiqdimi, deya qiziqsinishlar?

Xonamga tushgan nur haroratidan

Ziyoxo‘r qalamim urishi nishlar.

Nazar solib parda chetidan go‘yo,

Ishonardim bunday fusunga qat’iy.

O‘shanda mo’jiza ko‘ringan dunyo,

Endi ko‘rinardi judayam oddiy.

Qayta parda tutib tashlarkanman ko‘z,

Bu borliq ko‘rindi sehrli, ko‘rkam.

Angladim.

Har qanday go‘zallik ham, do‘st,

Parda-to‘siq bilan chiroyli ekan.

www.ziyouz.com kutubxonasi




27

Men yoshlikman

QISHLOQ

Ignalangan ko‘ksimni

Chokidan bir-bir so‘kdim.

Yuragimni hovuchlab,

Siqib-siqib she’r to‘kdim.

Oy oy e mas men uchun,

O‘zgacharoq atayman.

Yulduzning ismi boshqa,

Barin bir-bir aytay man.

Eshitaman qirlardan

Ozodlikning sasini.

Men his qilib turaman

Gullarning nafasini.

Zo‘r davralarga kiring,

Men tog‘-u, yaylov yoqda.

Siz minbarda qichqiring,

Men kuylayman qishloqda.

Baland gaplar yoz, deysiz,

Qumdan qasr qurgum yo‘q.

O‘rtacharoq, shunchaki

Gapdon shoir bo‘lgum yo‘q.

www.ziyouz.com kutubxonasi




28

Mehrinoz Abbosova

Aytilajak so‘zimni

Hali bashar anglagay.

Men qishloqdan hayqirsam,

Butun jahon tinglagay.

* * *


Azobi ham totli dard beribsan-a,

Halqumdagi jonday titrab chiqar so‘z.

Ilma-teshik qilib har gal ko‘ksimni,

Xanjar sug‘rilganday potrab chiqar so‘z.

Tonglar rangsiz, sassiz qolmaslik kerak,

Nechun beovozman, turibman sokin.

Yurakdan otilgan bitta so‘z bilan

Dunyoni titratib yuborish mumkin.

Dunyoni titratib yuborish mumkin!

www.ziyouz.com kutubxonasi




29

Men yoshlikman


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin