Mehrinoz abbosova men yoshlikman



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/17
tarix02.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#44427
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Mehrinoz Abbosova. Men yoshlikman

KUZATISH

 (kuz aytish)

Derazamni ochdim, boshlandi hayot,

Xonamdan kuzata boshladim darrov.

Yo rab, ko‘z o‘ngimda shamollar jallod,

Barglarning boshini olar beayov.

Tag‘in kuz kelibdi, firoq hukmron,

Visollar ustidan hijronlar g‘olib.

Shamol uvillaydi yig‘lagansimon,

Daraxtning bo‘yniga osilib olib.

Hayratdan tek qotib tursam, hamalning

Ohlari yurakni chimchilab oldi.

Shartta derazamni yopdim, shamolning

Rangsiz ko‘ylaklari qimchilib qoldi.

Eh, faqat kuzatib turmoqlik qiyin…

www.ziyouz.com kutubxonasi



54

Mehrinoz Abbosova

OZODLIK

Anov ko‘kda uchib yurgan qush,

Bir paytlari mung‘ayib xomush,

Yotar edi qafasda qaqshab,

Endi esa ozoddir, erkin,

Ko‘kka baland uchishi mumkin,

Xuddi menga o‘xshab!

www.ziyouz.com kutubxonasi




55

Men yoshlikman

* * *


Havoyi gaplardan kimga nima naf,

Befoyda so‘z — so‘lib bitgan gul.

Topa oldimmikin? Qaysi bir taraf

Sen to‘g‘ri deb ko‘rsatyotgan yo‘l.

Dunyo — gavjum bozor, narxlari baland,

Qachon yurishadi savdoim?

Menga o‘zing kutib turgan yo‘l bilan,

So‘lmaydigan gul ber, Xudoyim.

www.ziyouz.com kutubxonasi



56

Mehrinoz Abbosova

TANOVOR

Gulli ko‘chalarda tashlayman qadam,

Gulgun hislarimda savollar tugun.

Balki u yonimda turar ayni dam,

Topolarmikinman uni shu bugun.

Qayrilib qarayman, qani, qayerda?

Nahotki, yo‘qlikka ketganman singib.

Nur bo‘lib chiqaman zulmat qa’ridan,

Yoningga yetaman yellarni yengib.

Mana, senga oppoq yuragim tutdim,

Bir bor ko‘rsatmaysan o‘zingni nechun?

Seni eslayman deb o‘zni unutdim,

O‘zimni yo‘qotdim seni topmoq-chun.

Sen esa qayerda, kutyapsan neni?

Qara, ko‘zlarimning sohillari nam.

Olamga hayqirib chaqirsam seni,

Javob berar hatto tog‘u toshlar ham.

Nega sukutdasan — nimaga jimsan?

Tinmay beraverdim shu savollarni.

Nigohing aksi bor falakka qasam,

Izlayverdim senga eltar yo‘llarni.

www.ziyouz.com kutubxonasi




57

Men yoshlikman

Qayerga bormayin sezib turaman

Ortimdan kuzatgan nigohing kuchin.

Borimni beraman, jonim beraman

O‘sha nigohingni ko‘rmoqlik uchun.

Isming aytay desam kuydi tomog‘im,

Bo‘g‘zim hamma yog‘i ilma-teshik nay.

Hatto daraxtlar ham senga intilsa,

Men nega turishim kerak indamay.

Dunyoni kezarman Mashrabday dalli,

Sen tengsiz ma’shuqsan, biz so‘zsiz ushshoq.

Odimlasam faqat sening yoding-la,

Tikon ham sanchildi gul kabi yumshoq.

Sirqirab qon oqdi tovonlarimdan,

Va bu qon tuproqqa qorishib ketdi.

Yuragim quyoshga aylandi birdan,

Ko‘nglim ko‘chalari yorishib ketdi.

Havoning shaklini ko‘ra boshladim,

Shamolning rangini ilg‘adim nogoh.

Sirli visolingni topishim haqqi,

Menga butun borliq bo‘ldi xayrixoh.

Osmonda nigohing, gulda orazing,

Tog‘larda savlating, bag‘ring qirlarda.

www.ziyouz.com kutubxonasi




58

Mehrinoz Abbosova

Mayin sabolarda uchdi nafasing,

Siymong gavdalandi rangin nurlarda.

G‘unchaning labida pichirlading sen,

Qushlar sen o‘rgatgan qo‘shiqni aytdi.

Yellar etagini hilpiratib keng,

Hiromon aylamish bog‘larda daydi.

Bani borliq senga qilar ibodat,

Ruhim qushi sayrar sen tomon ucha.

Topdim, mujassamsan, sendan iborat

Zamindan to olis koinotgacha.

Entikdim nomingni takrorlayotib,

Seni axtarishni qilmasdan kanda.

Tun qora ko‘rpasin ustiga yopib,

Oyni yostiq qilib uxlab yotganda.

Asta chayqaladi osmon dengizi,

Yulduzlar ko‘zimga ketmoqda sachrab.

Har bir nafasimda nafasing sezib,

Ko‘zimda ko‘zingni qololsam asrab.

Topdim, senga bo‘lgan chin ishqim g‘olib,

Bildim, bildirmasdan kuzatyotgan kim.

Endi yuragimga joylashib olib,

Ko‘zlarimdan qarab tur, Tangrim.

Ko‘zlarimdan qarab tur Tangrim!

www.ziyouz.com kutubxonasi



59

Men yoshlikman

CHISTON

Ayni go‘zal chog‘i Navro‘zdin iborat,

Yal-yal yashil qabosi ko‘z-ko‘zdin iborat.

Zangori to‘n birla feruz ko‘zga o‘xshaydur,

To‘n yechsa ajab boshdin-ayoq ko‘zdin iborat.

(Bodom)


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin