МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
36
"burni
dalolat beradiki, u Gyote pozisiyasining "mahsuldorligini, mazmuni va
muhabbatini - qayd etadi".
Lafaterning o’limidan keyin ko’p o’tmay paydo bo’lgan yangi
xarakteriologik ta'limot frenologiya degan nom oldi.
Frenologiya nemis vrachi Frans Gallning nomi bilan boqlangandir. Gallv
ta'limotining asosida xarakterning barcha xususiyatlari
bosh miya yarim
sharlarida o’zlarining qat'iy ixtisoslashgan markazlarga ega degan tasdiq yotadi.
Bu fazilatlarning rivojlanish darajasi miyaning tegishli qismlari kattaligiga
to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Gallning maslagiga ko’ra, bosh suyaklari miyaning
qavariq va chuqurcha joylariga
aniq mos kelganligi uchun ham, uning ruhiy
belgilarini aniq aytib berish uchun kishining bosh suyagiga bir nazar tashlash yoki
shunchaki boshning "Bo’rtik joylarini" ushlab ko’rish aftidan yetarli bo’lsa kerak.
Bu ta'limotda umuman miya yarim sharining tuzilishi shaxs xususiyatlariga
bog’liq bo’ladi, degan to’g’ri boshlang’ich fikrdan tashqari barchasi nihoyat
darajada noto’g’ridir. Organizmning nasliy
xususiyatlari xarakter
xususiyatlarining paydo bo’lishidagi shartlardan biridir. Xarakter xususiyatlari
irsiyatning biologik qonuniyatlari bilan emas, balki
ijtimoiy qonuniyatlar bilan
belgilanadi (egizaklar). Egizaklar temperament xususiyatlari jihatdan o’xshasalar
ham xarakter xislatlari bir-biridan farq qiladi. Xarakterning har bir xususiyati
shaxs munosabatlari bilan bog’liqdir. Lekin, shaxs munosabatlari o’z navbatida
ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Kishining xarakteri tug’ma,
doimiy va
o’zgarmaydigan narsa emas. Hech bir bola mehnatsevar yoki dangasa, rostgo’y
yoki yolg’onchi, qo’rqoq yoki jasur bo’lib tug’ilmaydi. Har bir odamning xarakteri,
temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta'siri bilan, tarbiya, amaliy faoliyat
jarayonida va kishining o’z-o’zini tarbiyalashi bilan taraqqiy qilib, o’zgarib boradi.
Xarakterning taraqqiyoti kishining irodasi, aql-idroki va hissiyotlarining
rivojlanib borishi bilan mustahkam bog’liqdir.
Psixologiya fanida xarakterga turlicha ta'rif
berilishiga qaramay, uning
asosiy belgilari ta'kidlanganligi bilan bir-biriga muvofiq tushadi. Masalan, shaxs
xulqining tipik usullar bilan bog’liq faoliyat muomala va munosabatda namoyon
bo’luvchi, mujassamlanuvchi uning barqaror xususiyatlari majmuasi xarakter
deyiladi. Shaxsning jamiyatga nisbatan munosabatlari
uning asosiy belgisi
hisoblanadi.
Xarakter
deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan, faoliyat
usullarida namoyon bo’ladigan, shaxsning turli sharoitlarga
munosabati bilan