МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК 38
sadoqatli bo’lishlarini o’z ichiga olmaydi va ololmaydi ham, albatta xarakter
psixologiyasining mazmuni o’zining kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy hodisadir.
Xarakterning mazmunini tashkil qilgan
tomonlarini yoritilishi tufayli, psixologiya ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi.
Xarakter xislatlari kelib chiqishining muhim fiziologik sharoitlaridan biri -
xarakter xususiyatlarining fiziologik hamda psixologik jihatdan ifodalanishi
o’rtasida o’xshashlik bo’yicha taxminiy xulosa chiqarishdir. Ma'lumki, I.P.Pavlov
ilmiy maktabi materiallarida e'tirof etilishicha, laboratoriya sharoitida
ovqatlanish orqali, shuningdek, teriga elektr toki bilan ta'sir qilish tufayli
mustahkamlashda aynan bir hayvonda bir xil shartli qo’zg’ovchiga javoban ikki xil
dinamik stereotipni hosil qilish mumkin. Xarakter stereotiplar va so’lak
ajralishidan iborat
ijobiy va tormozlanish shartli reaksiyalari bilan javob qaytaradi. Teriga elektr toki
bilan ta'sir qilish sharoitda esa qo’zg’ovchilarning o’ziga mudofaa harakatlari
stereotiplari reaksiyasi bilan javob beradi. Bu hodisalar negizida yotgan fiziologik
mexanizm ko’chirish mexanizmi deyiladi. Ko’chirish mexanizmining mohiyati
shuki, sharoitga bog’liq tarzda markaziy nerv sistemasida har xil funksional holat
paydo bo’ladi, chunonchi, ovqatlanishning markazlarida kuchli qo’zg’alish yuzaga
keladi va bunda ovqatlanish bilan bog’liq dominanta tug’iladi. Teriga elektr toki
bilan ta'sir qilishda mudofaa bilan bog’liq harakat markazlari kuchli qo’zg’alish
tufayli muhofaza (mudofaa) dominantasi vujudga keladi.
Xarakter xislatlarining dinamik stereotiplarga bog’liq nerv tizimining
shartli
reflektor funksional holati shaxsning sharoitiga nisbatan turlicha munosabatiga
bog’liqdir. Masalan, tajribaga nisbatan tekshiriluvchining munosabati
o’zgartirilsa, unda nerv jarayonlarining qo’zg’aluvchanligi, harakatchanligi,
to’xtalishi kuchayadi, demak nerv tizimining funksional holati o’zgaradi. Shunday
qilib, xarakter xislatlarining asosi ko’chish mexanizmi insonlarda
hayvonlarnikidan keskin tafovutlanadi, chunki unda ikkinchi signal tizimi
nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shaxsning xarakteri tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yig’indisidan
iborat emas, balki o’zaro bir-biriga bog’liq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib
topadi. Xarakter xislatlarining muayyan qismidan xabardor bo’lishlik
notanishlarni tashxis qilish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, shaxsning