Междуродная конференция академических наук



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix02.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#171030
1   2   3   4   5
ICAS06

МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
 
37 
belgilanadigan individual psixologik xususiyatlari yig’indisi tushuniladi. Xarakter 
xususiyatlarining namoyon bo’lishi har bir tipik vaziyat, hissiy kechinmalarning 
individual o’ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog’liq. Xarakterning 
intellektual, hissiy va irodaviy xislatlarini ajratish mumkin. Xarakter deganda 
shaxsda muhit va tarbiya ta'sirida tarkib topgan va uning irodaviy faoliyatida, 
atrofdagi olamga o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladigan 
individual xususiyatlarni tushunamiz. Xarakterning juda ko’p xususiyatlari 
odamning ish harakatlarini belgilovchi chuqur va faol moyillik hisoblanadi. Mana 
shu moyilliklarda xarakter xislatlarining undovchilik kuchi namoyon bo’ladi. 
Odam xarakter xislatlarining ana shunday undovchilik kuchi tufayli ko’pincha 
ob'ektiv sharoitlarga zid ish qiladi va mutlaqo maqsadga nomuvofiq harakat 
usullarini qo’llaydi. Shaxs harakatlarining sifati va ularning oqilona usullari 
insonning irodasi, hissiyoti, diqqati, aqliy sifatlariga yoki psixik jarayonlarning 
individual xususiyatlariga bog’liqdir. Chunonchi, mehnatda ko’zga tashlanadigan 
tirishqoqlik, puxtalik mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni aks ettirishga emas, 
balki boshqa omillarga: diqqatning to’planishiga; harakatlarning maqsadga 
yo’nalganligiga; irodaviy zo’r berishga; usullar mahsuldorligiga; aqlning 
ishtirokiga bog’liq xisoblanadi. Xarakterning psixologik va fiziologik sabablari 
haqida faqat taxminiy fikrlar, xulosalar mavjud. Kishi temperamenti uning 
xarakteri tarkibiga kiradi, shu sababli ham xarakterning fiziologik asosi asab 
tizimining tipidan iborat. 
Xarakter xislatlari shaxsning qiyin hosil qilinadigan va mustahkamlanib 
qoladigan xususiyatlari bo’lganligi tufayli, xarakterning fiziologik asosi ham 
individual hayot jarayonida asab tizimining o’zgargan xususiyatlaridan iborat. 
hayvon asab faoliyatining tug’ma konstitutsion turi genotip. Lekin hayvon 
tug’ilganidan keyin tashqi sharoitlarning g’oyat xilma-xil taassurotlariga duch 
keladi va bunga muayyan faoliyat orqali muqarrar javob berishi lozim bo’ladiki, 
ko’pincha bu faoliyatlar mustahkamlanib, butun hayoti davomida saqlanib qoladi. 
Shu sababli hayvonning batamom tarkib topgan asab faoliyati tipga oid 
belgilardan tashqari muhit ta'siri ostida hosil bo’lgan o’zgarishlarning 
qotishmasi-fenotip xarakteridir. Dinamik stereotip shaxsdagi mustahkam odat 
bo’lib qolgan xususiyatlarning, jumladan, xarakter xislatlarining ham nerv-
fiziologik asosidir. Xarakterning nerv-fiziologik asosini tushunish uchun 
I.P.Pavlovning
ikkinchi signal tizimi haqidagi ta'limoti katta ahamiyatga egadir. 
Ikkinchi signal tizimi nutq va tafakkurning fiziologik asosi bo’lish bilan birga, kishi 
xulqini ham idora qiladi. Xarakterning fiziologik asosi xarakterning mazmunini 
tashkil qiladigan sifatlari, chunonchi, ijtimoiy maslak, mardlik, o’z burchiga 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin