МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
35
PSIXOLOGIYADA SHAXS XARAKTERINING AHAMIYATLI
XUSUSIYATI
Aydin Dawkeeva
1
, Gulnaz Seytekova
2
1
NDPI Psixologiya kafedrasi dotsenti
2
NMPI Pedagogika va psixologiya mutaxasisligi, 2-kurs magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.6529495
Psixologiyada "Xarakter" so’zi grekcha so’zdan olingan bo’lib " tamg’a,
belgi" degan ma'noni anglatadi. Ijtimoiy turmushda hayot va faoliyat
ko’rsatayotgan har qanday shaxs o’zining individual-psixologik xususiyatlari
bilan boshqa insonlardan ajralib turadi va bu farqlar uning xarakter xislatlarida
ifodasini topadi.
Xarakter borasidagi ta'limotlar tarixi uzoq o’tmishga borib tarqaladi.
Xususan,
Arastu
va
Aflotun
kishi xarakterini basharasiga qarab aniqlashni taklif
qilgan edilar. Ularning xarakterologiyasi asosi qanchalik sodda bo’lsa, shunchalik
g’aroyib faraz yotardi. Kishining tashqi ko’rinishida qandaydir hayvon bilan
o’xshashlik belgisini topish tavsiya qilinardi, so’ngra esa uning xarakterini ana
shu hayvonnning xarakteri bilan aynan bir xil deb qarash kerak edi. Jumladan,
Arastuning aytishi bo’yicha, buqaniki singari yo’g’on burun ishyoqmaslikni
bildiradi, chuchqanikiga o’xshash teshiklari katta-katta keng burun ahmoqlikni,
arslonniki kabi burun mag’rurlikni, echkilar, g’ylar, va qyonlarniki singari
junining mayinligi qo’rqoqlikni, sherlar va yovvoyi chuchqalarniki kabi junning
dag’alligi botirlikni anglatadi.
Xarakterni aniqlashning bu va shunga o’xshash fiziologik tizimi aql-
sadosini biz, masalan, o’rta asrlik Suriyalik yozuvchi Abul-Faraj Bar Ebreyda
ko’ramiz. Uning kitobida shunday ko’rsatma mujassamlashgandir: "Yo’g’on va
kalta bo’yli kishi bo’yval singari qahr g’azabga kelishi moyilligiga ega". Uzun va
ingichka bo’yli qo’rqoqlik alomati. Bunday kishi bug’u singari hurkadigan
bo’ladiki, "Qaysi birining bo’yni juda kichik bo’lsa, tulki singari makkor bo’ladi".
XVIII asrda Iogann Kaspar Lafaterning fiziologik tizimi mashhur bo’lib
ketdi. U inson boshi "qalbini ko’rsatadigan oyna" bo’lib sanaladi va uning
tuzilishini, bosh suyagining konfigurasiyani, imo-ishorasini o’rganish kishi
xarakterini o’rganishning asosiy yo’li deb hisobladi. Lafater taniqli odamlar shaxsi
ustidan bir qator oqilona kuzatishlar qoldirdi. Ular uning ilmiy jihatdan mutlaqo
ahamiyatsiz, lekin juda qiziqarli "Fiziognomika" kitobida yig’ilgandir.
Dostları ilə paylaş: |