Me’mor” romanida kasb-hunar leksikasining lisoniy tadqiqi va ta’limi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə22/36
tarix12.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#111944
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Sirojiddiт dissertatsiya oxirgi-5

UCHINCHI BOB
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili darslarida kasb-hunar leksikasini o‘qitish
III.1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida leksikani o‘qitish
Mirmuhsin Mirsaidovning asarlari oliy va umumta`lim maktablari darsliklariga kiritilgan. Umumta’lim maktablarining “Adabiyot” darsligiga uning “Me`mor“ romani kiritilgan. Romanda o‘tmish davri voqealari hunarmandlar, xususan, kulollar hayoti bilan bog‘liq voqealar hikoya qilinadi. Yozuvchi davlat tuzumidagi o‘zgarishlarni kulollar ish faoliyati bilan bog‘lagan holda mohirlik bilan tasvirlab beradi. Buning sababi adibning otasi kulollik kasbi bian shug‘ullangan. Shu bois u ham yoshligida kulollar mehnatini kuzatgan hamda o‘zi bevosita ular bilan birga kulollik mahsulotlarini yasash jarayonlarida faol qatnashgan. Shu bois ham mazkur asarda bir yuz ellikdan ortiq kulolchilikka doir terminlarni o‘rni bilan qo‘llashga harakat qilgan. U qaysi terminni qayerda, qaysi ma’noda qo‘llashga alohida e’tibor bergan.
Tilda mavjud bo‘lgan so‘zlar yig‘indisi lug‘at tarkibi yoki leksika deb yuritiladi. Lug‘at tarkibni o‘rganadigan bo‘lim esa leksikologiya (yun. lexikos – lug‘atga oid, logos – ta’limot) deb ataladi. Lug‘at tarkibiga mansub bo‘lmish birlik so‘z tilshunoslik fanining asosiy birligi bo‘lib, u tilning boshqa bo‘limlarida, jumladan, morfologiya, so‘z yasalish va uslubiyat bo‘limlarida ham o‘rganiladi. Morfologiyada so‘zning qaysi leksik-grammatik guruhga mansubligi o‘rganilsa, so‘z yasalishi bo‘limida u yasalgan yoki yasalmagan birlik sifatida tekshiriladi. Uslubiyat bo‘limida esa so‘z qo‘llanish ma’qulligi yoki ma’qul emasligi jihatidan tekshiriladi.
Leksikologiya bo‘limida so‘zning ifodalagan ma’nosi, lug‘at tizimida tutgan o‘rni, kelib chiqishi, qo‘llanish darajasi o‘rganiladi. Bu bo‘limda so‘z lug‘aviy birlik sifatida o‘rganiladi. So‘z muayyan tilning lug‘at tarkibiga mansub bo‘lganligi uchun leksikologiya mazkur tilning lug‘at tarkibini tizim sifatida tekshiradi.
Yuqorida aytilgan fikrlarni inson so‘zi misolida isbotlashga harakat qilamiz:
Morfologik nuqtai nazardan bu so‘z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) ot turkumiga tegishli; 2) turdosh ot, aniq ot, yakka ot; 3) bosh kelishikda; 4) birlikda.
So‘z yasalish nuqtai nazaridan bu so‘z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) tub so‘z; 2) sifat yasalishi uchun asos bo‘la oladi: insoniy, insonparvar;
Uslubiyat nuqtai nazaridan bu so‘z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) kitobiy uslubda qo‘llanadi; 2) hissiy-ta’siriy bo‘yoqqa ega.
Leksikologiya nuqtai nazaridan bu so‘z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) lug‘aviy manoga ega; ongli mavjudot; 2) bu so‘z odam, kishi, bashar so‘zlariga ma’nodosh hisoblanadi; 3) o‘zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan; 4) nisbatan faol so‘z hisoblanadi;
Demak, tilnshunosliking har bir bo‘limida so‘zning turli qirralari tadqiq qilinar ekan.
Ilmiy adabiyotlarda leksikologiya bir qancha turlarga bo‘linadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin