Me’mor” romanida kasb-hunar leksikasining lisoniy tadqiqi va ta’limi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə2/36
tarix12.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#111944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Sirojiddiт dissertatsiya oxirgi-5


MUNDARIJA



Ishning umumiy tavsifi

6-10

I.BOB. Jahon va o‘zbek tilshunosligida kasb-hunar leksikasining o‘rganilishi

11-35

I.1. Jahon tilshunosligida kasb-hunar leksikasining o‘rganilishi

11-19

I.2. O‘zbek tilshunosligida kasb-hunar leksikasining o‘rganilishi

19-29

I.3. Terminologiya va kasb- hunar leksikasi

29-35

Bob bo‘yicha xulosa

35

II.BOB.Kasb-hunar leksikasining yasalishi (Mirmuhsinning “Me’mor” romani materialari asosida)

36-62

II.1. Kasb-hunar leksikasining semantik usul bilan yasalishi

36-41

II.2. Kasb-hunar leksikasining affiksatsiya usul bilan yasalishi

41-55

II.3. Kasb-hunar leksikasining birikmalar vositasida ifodalanishi

56-60

II.4. Kasb-hunar leksikasining kompozitsiya usuli bilan yasalishi

60-62

Bob bo‘yicha xulosa

62-63

III.BOB. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili darslarida kasb-hunar leksikasining o‘qitilishi

64-92

III.1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida leksikologiyani o‘qitish

64-75

III.2. Oliy ta’lim tizimida kasb-hunar leksikasining o‘rganilishi

76-78

III.3. Kasb-hunar terminlarining guruhlanishi (Mirmuhsinning “Me’mor” romani materialari asosida)

78-82

Bob bo‘yicha xulosa

82-83

Xulosa

84-86

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

87-92


Ishning umumiy tavsifi
Tadqiqotning zarurati dolzarbligi. Xalqimizning asrlar davomida shakllangan milliy ma’naviy qadriyatlarining azaliy orzusi bo‘lgan istiqlol bilan bog‘liq. Taraqqiyotimiz omili bo‘lgan ilm-fan sohasida keyingi yillarda jiddiy ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotganligini alohida ta’kidlamoqchimiz. Ayniqsa, ma’naviyatimiz ko‘zgusi bo‘lgan O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi , bu haqidagi qonun yangi tahririning e’lon qilinishi, lotin yozuviga asoslangan alifboning keyingi uch-to‘rt yil ichida davlat tili maqomini mustahkamlash, bu boradagi qonunning amal qilinishini ta’minlash, davlat tilini o‘qitish sifatini tubdan yaxshilash haqidagi Prezident farmonlari va qarorlari tilshunoslar oldida turgan vazifalar doirasi va ko‘lamini belgilab berdi.
Darhaqiqat, Prezidentimizning bu borada bildirgan fikr mulohazalari ilmiy-metadalogik asos sifatida ilm-fanning barcha jabhalari qatori tilshunoslik ilmi oldida ham hozirgi qadar erishilgan yutuqlarni xolisona baholash, bugingi kun muammolarini aniq belgilab hamda kelajakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni zamonaviy tilshunoslik talablari darajasida olib borish kabi vazifalarni belgilab berdi. Tilshunosligimizda bugingi kungacha o‘zbek tilining tarixi, fonetik tizimi, shevashunoslik, lug‘at tarkibi, grammatik qurilishi, mazmuniy uslubiy xususiyatlari, lingvopoetik imkoniyatlarini tadqiq etish bo‘yicha bir qator salmoqli tadqiqotlar amalga oshirilgan. Bugungi kunda o‘zbek tilini turli nuqtayi nazardan o‘rganish bo‘yicha ta’lim tizimining hamma bosqichlariga mo‘ljallangan qator darslik va o‘quv qo‘llanmalari, seriyali ilmiy maqolalar to‘plamlari yaratilgan, til sathlarining eng dolzarb muammolariga bag‘ishlangan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yoqlangan.
Ana shunday dolzarb muammo va mavzulardan biri, shubhasiz, o‘zbek terminologiyasini tartibga solish, rivojlantirish, dunyo standartlari darajasida tadqiq etishdir.
Ma’lumotlarga qaraganda, sobiq ittifoq davrida 2500 dan ortiq nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari faqat terminologiya bo‘yicha yoqlangan ekan. Ittifoq tarqagandan buyon o‘tgan 30 yil mobaynida terminologiya tadqiqotlarining soni undan ham ko‘p bo‘lgan bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda ham terminologiya sobiq ittifoq davrida ham mustaqillik yillarida ham goh sohaviy terminologiya goh ijtimoiy – texnik terminologiya nomlari bilan ko‘plab e’lon qilingan. O‘zbekistonda ham, undan tashqarida ham terminologiya muayyan lug‘at, shaxsiy kuzatuvlar asosida bajarilgan, biroq hozirgacha badiiy asarga xos muallif terminologiyasi maxsus o‘rganilgan emas. To‘g‘ri, muayyan adib leksikasi nomi bilan bajarilgan tadqiqot mavjud. Bunga misol qilib, marhum professor B.Vofoyevning Alisher Navoiy leksikasi tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarni ko‘rsatish mumkin. Ammo leksika umumiy xarakterda bo‘lib, terminologiya haqida aniq va tugal tasvirlab berolmaydi.
Bizning ushbu magistrlik dissertatsiya ishimiz taniqli o‘zbek adibi Mirmuhsin Mirsaidovning “Me’mor” asari terminologiyasi tadqiqiga bag‘ishlangan bo‘lib, u badiiy asar (muallif terminologiyasi) ni o‘rganishga bag‘ishlangan dastlabki ishlardandir. Bu asar terminologiyasini o‘rganish umumiy o‘zbek terminologiyasidagi kemtik o‘rinlarni to‘ldirishi mumkinligi bilan alohida ahamiyat dolzarblik kasb etadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin