Me’mor” romanida kasb-hunar leksikasining lisoniy tadqiqi va ta’limi


Tadqiqot metodologiyasi va metodlari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə4/36
tarix12.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#111944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Sirojiddiт dissertatsiya oxirgi-5

Tadqiqot metodologiyasi va metodlari. Keyingi yillarda nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari umumiy tavsiflarining tegishli o‘rnida tadqiqot metodologiyasiga e’tibor qilinmayapti. Bu esa aqlga ham, tadqiqot mantig‘iga ham to‘g‘ri kelmaydi. Metodologiyasiz ish eshkaksiz kemani eslatadi. Jiddiyroq qilib aytadigan bo‘lsak, metodologiya – bu tadqiqotchining maqsadi, maqsadlar majmui, umumiy rejasidir. Metod esa shu umumiy maqsad rejani amalga oshirish vositalaridir.
Demak, bizning magistrlik dissertatsiyamiz metodologiyasini falsafaning umumiylik, xususiylik va yakkalik kategoriyasi, mantiq fanining bilish nazariyasi (hissiy va aqliy bilish haqidagi) O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Ijtimoiy hayot, tarbiya va ta’lim yoshlar siyosati” haqidagi chiqish va ma’ruzalari soha yetuk mutaxassislarining asarlarini tashkil qiladi.
Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. Magistrlik ishimizning ilmiy yangiligi shundaki, u o‘zbek terminologiya ilmi va amaliyotiga badiiy asar (muallif) terminologiyasi tushuncha va terminini olib kiradi. Bu esa o‘z navbatida kelgusida mualliflik terminologiyasi degan ulkan bir sohaning rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Uning amaliy ahamiyati esa, tadqiqot xulosa va natijalaridan terminologiya, nutq madaniyati, hozirgi o‘zbek tiliga doir o‘quv adabiyotlarini yaratishda foydalanishi mumkinligi bilan belgilanadi.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Mustaqillik yillarida terminalogiyaga doir ko‘plab ishlar amalga oshirilgan. Xalqaro terminlarga doir, harbiy terminlarga doir, dehqonchilik terminalogiyasi va ko‘plab shunga doir ishlar amalga oshirilgan. O‘zbek tili va chet tili kasb-hunar leksikalarini bir-biriga qiyoslab ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan. Badiiy asar terminlogiyasi ustida ham bir qancha ishlar olib borilgan. “Me’mor” romani terminalogiyasi ustida hech qanday ish olib borilmaganligi ishimizning yangiligi hisoblanadi. Ishimizda asardan to‘plangan terminlar alohida qog‘ozlarga tushirildi. Qog‘ozga tushirilgan terminlar alohida mavzuviy guruhlarga bo‘lib chiqildi, shu bilan birga to‘plangan terminlarni yasalishiga ko‘ra ham guruhlarga bo‘lib chiqdik.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin