134. Korxonada xodimlarni boshqarish.
Xodimlarga ishlab chiqarish yoki boshqaruv operatsiyalarini bajaruvchi va mehnat vositalaridan foydalanish, mehnat predmetini qayta ishlash bilan band bolgan barcha ishlovchilar kiradi. Xodimlardan quyidagilar ajratiladilar: ishchilar, rahbarlar, mutaxassislar va texnik ijrochilar. Xodimlarni boshqarish — bu jamoa va alohida xodimlarga ulardan muvofiq foydalanish, ularni faoliyat yuritishi va rivojlanishi bo‘yicha maqsadga qaratilgan, tashkilot maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatishdir
135. Xodimlarni tanlash va ishga yollash.
xodimlarni tanlash keladi. U bo‘sh o‘rinlarga munosib nomzodlarni topish jarayonidan iborat boladi. Xodimlarni to‘g‘ri tanlashga bir tomondan bo‘sh lavozimga rasmiy talablar, boshqa tomondan xodimlar haqidagi axborotlar, ularni asoslangan ravishda birlashtirishni bajarish uchun mavjudligi asos boladi. Tashkilot xodimlarining tanlash jarayoni o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni olishi mumkin: — tashkilotning xodimlarga ehtiyoji rejasini ishlab chiqarish; — ishchi kuchi bozorining haqiqiy monitoringi; — liniyali menejer tomonidan xodimlar bolimiga buyurtmaning tuzilishi; — nomzodga talablarni belgilash; — kompaniyani ichidan va tashqarisidan qidirish; — xodimlarni tanlash; — xodimlarni baholash. Xodimlarni tanlashning ichki va tashqi manbalari mavjud: masalan, quyidagilar xodimlar tanlashning tashqi manbalari boladilar: — QO‘Yu, kollejlar; 328 — ishga joylashtirish bo‘yicha vakilliklar; — ommaviy axborot vositalari; — internet. Xodimlarni tanlashning ham ichki, ham tashqi manbalari ma’lum afzallik va kamchiliklarga ega (8.3-jadval). Xodimlarni tanlashning muhim bosqichi malakali xodim tanlab olinishidan iborat bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagilarni oladi: — xodimlar komissiyasini tashkil etish; — uni egallashi lozim bolgan xodimga lavozim va talablarni bayon qilish; — ommaviy axborot vositalarida tanlov haqida e’lon qilish; — nomzodlarning salomatligi va ishlash qobiliyatini tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish; — har bir nomzodni baholash; — nomzodlarni reyting bo‘yicha majmuaviy baholash; — bo‘sh lavozimga nomzodlarni tanlash bo‘yicha xodimlar komissiyasining xulosasi; — lavozimga tasdiqlash va shartnoma tuzish; — xodimning hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni xodimlar bo‘limiga topshirish
Buning asosida aniq odamning ishbilarmonlik sifatlari yakuniy bahosi chiqariladi, odamning shaxsiy va ishbilarmonlik sifatlari, qobiliyatlari va imkoniyatlarini u egallashni mo‘ljallagan kasb yoki lavozim talablariga mosligi darajasi haqida xulosa qilinadi. Xodimlarni yollash — qidirish va tanlab olishning yakuniy pallasi bo‘ladi. Yollash jarayonida ish beruvchi va yollanma xodim o‘rtasidagi bo‘lg‘usi munosabatlarning yakuniy aniqlab olinishi sodir bo‘ladi, u 0 ‘zbekiston Respublikasining qonunlari, muassasaviy va boshqa hujjatlar asosida quriladi. Xodimlarni yollash ma’lum va noma’lum muddatga, ma’lum ishni bajarish vaqtiga mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan rasmiylashtiriladi. Xodimning korxonaga moslashuvi uni qidirish, tanlab olish va yollash bo‘yicha ishning muvaffaqiyatliligining o‘ziga xos indikatori bo‘ladi.