Menejment fanining predmeti va metodi. Menejment



Yüklə 124,28 Kb.
səhifə1/15
tarix20.11.2023
ölçüsü124,28 Kb.
#162924
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-Mavzu (1)





    1. Menejment fanining predmeti va metodi.

Menejment - bu inglizcha so‘z bo‘lib, ingliz tilining Oksford lug‘atida berilgan ta’rifga binoan u:

  • boshqaruv hokimiyati va san’ati;

  • resurslarni boshqarish bo‘yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko‘nikmalar tushuniladi.

Boshqacha so‘z bilan aytganda, menejment - bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko‘paytirish jarayoni. SHu nuqtai nazardan boshqaruv - bu o‘ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish.
Menejment fani - bu boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishni va oqil qarorni qabul qilishni o‘rgatuvchi fan. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo‘g‘inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayorlashdan iborat. SHundan kelib chiqib, menejment quyidagilarni o‘rganadi:

  • - boshqarish nazariyasi va amaliyoti;

  • boshqarish ob’ekti va sub’ekti;

  • boshqarish prinsipi va usullari;

  • boshqarish madaniyati;

  • menejer va uning fazilatlari;

  • menejer reytingi;

  • boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish;

  • boshqarish funksiyalari;

  • xodimlarni boshqarish;

  • ishlab chiqarishni boshqarish;

  • samaradorlikni boshqarish;

  • o‘z-o‘zini boshqarish;

  • hududiy boshqarish va hokazolar.

Ko‘rib turibmizki, bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv ob’ekti orasidagi o‘zaro munosabat bo‘lib, uning asosiy vazifasi o‘quvchilarga boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini o‘rgatishdan iborat.
Fanni o‘rgatishdan maqsad, talabalarda boshqarish muammolariga nisbatan qiziqish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq, uyg‘otishdan iborat. CHunki, hozir boshqarish asoslarini o‘rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining xodimlari, kichik, o‘rta va katta jamoalarning rahbarlari, korxona va firmalar iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik faoliyatining turli tomonlarini boshqarish bo‘yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiqishga da’vat etilgan mutaxassislar bo‘lib etishadilar.

Yüklə 124,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin