Ilmiylik prinsipi
|
Menejerlardan chuqur bilimni, o‘z sohasi bo‘yicha iqtisod, mantiq, puhiyat, matematika, chet tili, texnologiya kabi fanlarni yaxshi bilishni talab qiladi. SHu bilan birga, uning saviyali tashkilotchi, tashabbuskor, g‘oyalarga boy, izlanuvchan, bozor kon’yunkturasini yaxshi biladigan, tavakkal qilishdan qo‘rqmaydigan mytaxacsis bo‘lishini ham talab qiladi.
|
6.
|
Qayta aloqalar prinsipi
|
Topshiriqni berishda “tushundinglarmi?” deb so‘rash etarli emas. Bunday savolga javobgar shaxsdan tasdiqlovchi javobni, topshiriqni to‘g‘pi tyshynganligini so‘rash kerak.
|
7.
|
Javobgarlik prinsipi
|
Bu eng avvalo, boshqaruvchilarning javobgarligini nazarda tutadi. Bajaruvchanlik madaniyati past, mas’uliyatsiz rahbar korxona va xodimlarning sho‘ri. Menejer uchun huquqiy javobgarlik o‘ta yuqori bo‘lishi kerak.
|
Shunday qilib, boshqarish prinsipi deganda, boshqaruv organlari va rahbarlari faoliyatining negizini tashkil etuvchi asosiy qonun-qoidalar tushuniladi. Boshqarish prinsiplari - bu boshqaruv amaliyotida ob’ektiv qonunlardan ongli foydalanish qobiliyati.
Boshqaruv tamoyillarining shakllanishi chyqur tarixiy ildizlarga ega. O‘zining ixcham, tezkor boshqarish devoniga ega bo‘lgan Amir Temur saltanatidek buyuk davlat: ilmiylik; yakkahokimlik; ierarxiya; bilimdonlik; demokratiya kabi prinsiplar asosida boshqarilgan.
Nazorat savollari
1. Menejment nima?
2. Menejment fani nimani o‘rgatadi?
3. Menejment ob’ekti va sub’ekti deganda nimaii tushunasiz?
4. Menejment fani qanday usul (metod)lardan foydalanadi?
5. Menejment fani qanday fanlar bilan aloqador?
6. Boshqarish ta’limotidagi to‘rtta yo‘nalish (maktab) to‘g‘pisida nimalar deya olasiz?
7. “Ilmiy menejment” maktabi va F.Teylor ta’limotining mohiyati nimada?
8. “Ilmiy menejment”ning namoyandasi G.Emerson qaysi prinsiplarni olg‘a suradi?
9. “Mumtoz menejment”ning mohiyati nimada?
10. “Mumtoz menejment”ning namoyandasi A.Fayol qaysi prinsiplarni olg‘a surgan?
11. “Inson munosabatlari” maktabining mohiyati nimada?
12. “Inson munosabatlari” maktabining namoyandasi D.Mak-Gregorning X (iks) va U (igrik) nazariyasi to‘g‘risida nimalar deya olasiz?
13. “Tizimli” yoki zamonaviy menejmentning mohiyati nimada?
14. O‘zbekistonda menejment nazariyasi qachon shakllana boshlagan?
15. Menejment qonun-qoidalari va prinsiplari deganda nimani tyshynasiz?
Dostları ilə paylaş: |