X (iks) nazariyasiga ko‘ra, namunaviy yollanma ishga - tabiatan yalqov bo‘lgan kishi, shu sababli u topshirilgan ishdan bo‘yin tovlashga urinadi, unda izzattalablik, mas’uliyat sezish, fahm-farosat etishmaydi. Bunday holatda xodimni doimo majburlash, nazorat qilish, jazolash va jarima solish bilan qo‘rqitib turish zarur.
Y (igpik) nazariyasi birinchisiga qapama-qarshi: yollanma ishchilar tabiatan faol, ularga tashabbuskorlik va uddaburonlik, o‘z zimmasiga mas’uliyat olish salohiyati xosdir. Bunday tarzda menejerning vazifasi kishilar o‘z maqsad va manfaatlariga g‘oyat maqbul tarzda erishadigan shart-sharoitni yaratishdan iborat bo‘lgan. Kompaniyaning siyosati va istiqboli esa xodimlarning xulq-atvoriga asoslangan holda tashkil etilishi kerak. Bu nazariyaga muvofiq keluvchi ishchini rag‘batlantirish va ynga qulay muhit yaratib berishgina kifoya qiladi.
Albatta, hap ikkala nazariya ham faqat - nazariya. Amaliyotda ular sof ko‘rinishda uchramaydi. Inson murakkab va ziddiyatli mavjudot. U o‘zida ham birinchi, ham ikkinchi modellar sifatini mujassamlashtiradi. Boshqarishning yuksak san’at ekanligi ham ana shu, ikki jihatni yyg‘ynlashtirishdir.
1.3.4. “Miqdoriy, tizimli yoki zamonaviy” menejment maktabi ta’limotlari XX asrning 60-80-yillarida Farbda zamonaviy menejment rivojlana boshladi. Farb nazariyotchilari boshqaruvning ijtimoiy tizimlar maktabini tashkil qilish maqsadida:
yaxlim mizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalarini ko‘rib chiqishdi;
bir qancha o‘zgaruvchi omillarning boshqaruvga ma’sirini o‘rganishdi.
Bu maktab namoyandalari (amerikalik CH.Barnard, G.Saymon) zamonaviy menejmentda quyidagi to‘rt yondoshuvni asoslab beradi (1.1.4-jadval).
1.1.4-jadval
“Tizimli” yoki “zamonaviy” menejment