Turli maktablarning boshqaruv ta’limotiga qo‘shgan hissasi
1
2
3
4
1340-1400
yillar
Amir Temur
O‘z davrining siyosiy-g‘oyaviy shapt-sharoitlarini yaxshi tushungan, xalqlap va elatlarni islom ta’limotlari asosida diniy, siyosiy, g‘oyaviy jihatdan birlashtirish yo‘lidagi yagona payg‘ambar.
Boshqarishning murakkab, chigal voqea-hodisalarini, ijtimoiy hayotni biror qolipga solish, uni nazorat qilish uchun shariat qonunlarining turkumlariga asos soldi va h.k.
Mamlakatni idora qilish va saltanatni boshqarish uslubi, strategiyasi va taktikasini joriy qildi.
XIV-XV asrlar voqealari va ijtimoiy hayotni o‘zida aks ettirgan qimmatli asar Temur tuzuklarini yaratdi. Mazkur asarda bayon etilgan boshqarish yo‘l-yo‘riqlari, qonun-qoidalari, pand-nasihatlari O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash yo‘lida xizmat qilmoqda.
Kuchli davlatni barpo etish, davlat hokimiyatining qaysi ijtimoiy toifalarga tayanishi, mansabdor shaxslarni ularning sifatlariga ko‘pa tanlash va vazifalarga tayinlash borasida amaliy jihatdan mukammal bo‘lgan ta’limotni yaratdi.
Buyuk davlat arbobi, dunyoviy bilimlarning sohibi bo‘lgan Sohibqiron markazlashgan davlat barpo etishi opqali o‘rta asrlarda buyuk shaxslar etishib chiqishi uchun moddiy, siyosiy, g‘oyaviy zaminni yaratdi.
Menejmentning marketing nazariyasi bilan yyg‘unlashuvi boshqarishning bozor konsepsiyasini vujudga kelishiga asos bo‘ldi. Hozirgi davrda boshqaruv nazariyasi va amaliyotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar “Tinch boshqarish inqilobi” nomini olgan.
“Ilmiy” menejment maktabi XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Amerikada shakllana boshlagan. Bu maktab boshqacha nom bilan, ya’ni “boshqaruvning mumtoz maktabi” deb ham yuritilgan. Bu maktab ibtidosida amerikalik muhandis va ixtirochi F.Teylor (1856-1915) typgan edi. Uning nazariyasi keyinchalik “Teylorizm” degan nom olgan. U yaratgan tizim esa ishchilarning “siqib suvini olish”ning ilmiy tizimi deb atalgan.
F.Teylor ta’limotining asosiy mazmuni - yollanma ishchilar mehnatining unumdorligini oshirishda g‘oyatda samarador va maqbul usullarni izlash.
Uning prinsiplariga binoan: