Menejment” kafedrasi n. Yo’ldoshev strategik menejment fani bo’yicha ma’ruzalar matni namangan



Yüklə 220,83 Kb.
səhifə25/56
tarix14.12.2023
ölçüsü220,83 Kb.
#178202
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-www.hozir.org

Nazorat uchun savollar
1. Tarmoqni ta’riflovchi asosiy ko’rsatkichlar qanday?
2. Tarmoqda qanday raqobat kuchlari bo’ladi?
3. Tarmoqdagi raqobat kuchlari nisbati nimalar o’zgartirib yuborilishi mumkin?
4. Qanday kompaniya kuchli yoki zaif mavqega ega bo’ladi?
5. Muvaffaqiyatning kalit omili nima?
6. Tarmoqning jozibadorligi qanday aniqlanadi?


4-MAVZU. KOMPANIYА HOLATI TAHLILI

4.1. Kompaniya strategik pozitsiyasini baholash uslubi

4.2. Amaldagi strategiya qay darajada samarali?

4.3. Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari nimada?

4.4. Kompaniyaning narxlari va xarajatlari raqobatbardoshmi?

4.5. Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustaxkam?

4.6. Kompaniya qanday strategik muammolarga to’qnash keladi?

4.7. Qadriyatlar zanjiri. Asosiy faoliyatdagi qadriyatlar zanjiri.

Yordamchi faoliyatdagi qadriyatlar zanjiri. Muvaffaqiyatning kalit omillari. Muvaffaqiyatning kalit omillari ro’yxatini to’zish tartibi

4.8. Muammolarni aniqlash va ifodalash. Muammolarni aniqlash uchun qo’yiladigan savollar. Kompaniya avvalgi strategiyasini amalga oshira oladimi?

4.9. Kompaniyalar ahvolini tahlili
Tayanch iboralar:strategik pozitsiya, baholash, raqobat pozitsiyasi, strategiya samarasi, kuchli va zaif tomonlar, strategik muammolar, qadriyatlar zanjiri
4.1. Kompaniya strategik pozitsiyasini baholashuslubi
Bu mavzuda kompaniya holati tahlilining uslubiyatini ko’rib chiqamiz. Bu 5 ta savolga kelib taqaladi25:
  1. Amaldagi strategiya qay darajada samarali?


  2. Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari nimada?


  3. Kompaniyaning narxlari va xarajatlari raqobatbardoshmi?


  4. Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustaxkam?


  5. Kompaniya qanday strategik muammolarga to’qnash keladi ?


Bu savollarga javob berish uchun 4 ta tahliliy asbobdan foydalaniladi: SWOT - tahlil, qiymatlar zanjiri, xarajatlar tahlili va raqobatbardoshlikni baholash.



SWOT-tahlil.
SWOT - inglizcha Strengts (kuchlar), Weaknesses (zaif tomonlar), Opportunities (qulay imkoniyatlar) va Threats (taxdidlar) so’zlaridan tuzilgan akronimdir. Kompaniyaning ichki holati asosan S va W bilan, tashqi muxiti esa O va T ko’rsatkichlarda ifodalanadi. 4.1-jadvalda SWOT-tahlilda xisobga olish maqsadga muvofiq bo’lgan asosiy omillar keltirilgan.
Kompaniyaning strategik istiqboli uchun kuchli jixatlar ayniqsa muximdir, chunki ular strategiyaning poydevorini tashkil qiladi, raqobatli ustunliklar ana shu jixatlar asosiga qurilishi lozim. Ayni paytda yaxshi strategiya zaif jixatlarni ko’rib chiqishni xam talab qiladi. Tashkiliy strategiya bajarish mumkin bo’lgan ishlarga yaxshi moslashgan bo’lishi lozim. Kompaniyaning o’ziga xos jixatlarini aniqlash aloxida axamiyat kasb etadi. Bu esa strategiyani shakllantirish uchun muximdir, chunki:
- noyob imkoniyatlar Korxonaga bozordagi qulay vaziyatlardan foydalanish imkoniyatini beradi;
- bozorda raqobat ustunliklarini vujudga keltiradi;
- potentsial jixatdan strategiyaning asosini tashkil etishi mumkin.
Tarmoqdagi qulay imkoniyatlarni kompaniyaning qulay imkoniyatlaridan farqlash kerak. Tarmoqdagi ustivor va qayta paydo bo’layotgan qulay imkoniyatlar raqobat ustunligiga ega bo’lgan yoki o’sish uchun boshqa imkoniyatlari bo’lgan kompaniyalar uchun ayniqsa mos keladi.
SWOT-tahlil quyidagi savollarga javob topishga yordam beradi:
- kompaniya o’z strategiyasida o’zining ichki kuchli tomonlaridan yoki ustunliklaridan foydalanadimi? Agar kompaniyaning xech qanday ajralib turuvchi ustunliklari bo’lmasa, uning qanday potentsial kuchli jixatlari ana shu ustunliklarga aylanishi mumkin?
- kompaniyaning zaif jixatlari uning raqobatdagi eng nozik tomonlarimi? Ular ma’lum bir qulay jixatlardan foydalanishga imkon bermaydimi? Strategik jixatdan kelib chiqqan xolda qaysi zaif jixatlarga to’zatish kiritish kerak?
- qanday qulay sharoitlar kompaniyaga muvaffaqiyat qozonishga imkoniyat yaratadi? SHuni qayd qilib utish lozimki, foydalanish usullari bo’lmagan qulay imkoniyatlar sarobdan boshqa narsa emas. Korxonaning kuchli va zaif tomonlari uning boshqa Korxonalarga qaraganda qulay imkoniyatlardan foydalanishga yaxshiroq yoki yomonroq darajada moslashishiga yordam beradi.
- menejerni qaysi taxdidlar ko’proq tashvishlantirishi kerak? U himoyani yaxshi tashkil qilish uchun qaysi strategik chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim?



Yüklə 220,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin