Menejment” kafedrasi n. Yo’ldoshev strategik menejment fani bo’yicha ma’ruzalar matni namangan



Yüklə 220,83 Kb.
səhifə32/56
tarix14.12.2023
ölçüsü220,83 Kb.
#178202
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-www.hozir.org

Nazorat uchun savollar
  1. Kompaniya axvolining tahlili qanday savollardan iborat?


  2. Amaldagi strategiyaning samaradorligi qanday aniqlanadi?


  3. Kompaniyaning kuchi yoki zaifligi nimalardan iborat?


  4. Kompaniya baholari va xarajatlarining raqobatgabardoshliligi qanday aniqlanadi?


  5. Kompaniyaning raqobat mavqei qanday?




5-MAVZU. STRATEGIYА VA RAQOBAT USTUNLIGI
5.1. Strategik menejmentda raqobat strategiyasi

5.2. Raqobat ustunligini saqlab qolish uchun xujumkorlik strategiyasidan foydalanish

5.3. Raqobat ustunligini ximoya qilish uchun mudofaa strategiyalaridan foydalanish

5.4.Vertikal integratsiya strategiyasi va raqobat ustunligi

5.5.Boshlovchilikning ustunliklari va kamchiliklari
Tayanch iboralar: raqobatning 5 ta umumiy strategiyasi, raqobat ustunligi, hujumkorlik strategiyasi, mudofaa strategiyalari, vertikal integratsiya strategiya, Boshlovchilik, ustunliklar, kamchiliklar.
5.1. Strategik menejmentda raqobat strategiyasi
Kompaniyaning raqobat strategiyasi - bu biznesga yondoshuv va mijozlarni jalb qilishga qaratilgan tashabbuslar, kompaniyaning bozordagi pozitsiyani mustaxkamlash uchun olib boradigan kurashidan iborat. Bozordagi raqobatni urushga o’xshatish mumkin. Bu urushda raqiblar yarador bo’lishi, zarar ko’rishi mumkin. Bunda faqat eng yaxshi strategiya galaba qozonadi. Kompaniyaning raqobat strategiyasi xujumkorlik va mudofaa xarakatlarini, qisqa muddatli taktik va o’zoq muddatli xarakatlarni o’z ichiga oladi.
Bozordagi raqobatchilar nechta bo’lsa raqobatchilik strategiyasining variantlari va ko’rinishlari shuncha bo’ladi. Biroq ularning turi qanchalik ko’p bo’lmasin, ularning o’xshashliklari topiladi. Strategiyaga yondoshishning keng tarqalgan 5 ta varianti mavjud bo’lib ular quyida keltirilgan33:
1. Xarajatlar bo’yicha ilgorlik strategiyasi. Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda tula xarajatlarini pasaytirishni ko’zda tutadi. Bu esa ko’p sonli xaridorni jalb qiladi.
2. Keng tabaqalashtirish strategiyasi. Kompaniya tovarlariga raqobatchi Korxonalar tovarlaridan fark qildiradigan o’ziga xos chizgilarni berishga karatilgan. Bu xam xaridorlarni jalb etishga yordam beradi.
3. Optimal xarajatlar strategiyasi. Xaridorlarga past xarajatlar va mahsulotni keng tabaqalashtirishni uygunlashtirish xisobiga kimmatli tovar olish imkoniyatini beradi. Asosiy vazifa uxshash tovarni ishlab chiqaruvchilarga nisbatan optimal xarajat va past baholarni ta’minlashdan iboratdir.
4. Fokuslangan strategiya. Bunda strategiya past xarajatlarga asoslangan bo’lib, xaridorlarning tor segmentiga yunaltiriladi. Bunda Korxona o’z raqobatchilaridan ancha past baholar xisobiga utib ketadi.
5. Ifodalangan strategiya yoki mahsulotni tabaqalashtirishga asoslangan bozor uyasi strategiyasi. Uning maqsadi - tanlangan segmentlar namoyondalarini ularning did va talablariga yanada tularok javob beradigan tovar va xizmatlar bilan ta’minlashdir.


Yüklə 220,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin