“Menejment” kafedrasi



Yüklə 354,61 Kb.
səhifə32/58
tarix26.10.2022
ölçüsü354,61 Kb.
#66338
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58
“Menejment” kafedrasi-fayllar.org

Rahbar madaniyati = adab2+iymon+insof+adolat+iqtidor.


Adab-aqlning suyanchig’i, barcha fazilatlarning mezoni. Behudaga xalqimizda “Aql bilan adab- egizak” deyishmaydi. Adab- yaxshilik bilan yomonlikning farqini bilish, foyda bilan zarar orasidagi tafovutni anglashdir. Adab vositasida kishi o’z jonini yomon xislatlardan davolaydi, yoqimsiz ayblardan poklaydi, chiroyli fazilatlardan bezaydi.
Adab rahbarni eng chiroyli xulq bilan qurollantiradi. Natijada aql egalari bunday rahbardan har ishda rozi bo’ladilar. Adabli rahbar esa kundan kunga obru topadi, nufuzi oshadi, ishlari ravnaq topadi.
Ba’zi hakimlar adabni eng mas’um va ko’rkam fe’lga ega bo’lish desalar, ba’zilari nafsni barcha qabih odatlardan tozalash deydilar. Demak, rahbardagi adabning mavjudligi, bu noyob ne’matning mavjudligidir.
Umuman adab ikki xil bo’ladi:

  • hikmat adabi;


  • xizmat adabi.




Hikmat adabi poklik va to’g’ri yo’lga etaklaydi. Hizmat adabi esa badavlatlik va obro’ga etkazadi. Har ikkisi ham ulug’ fazilat bo’lib, biri aziz qilsa, ikkinchisi qudratli qiladi.


Adab rahbarni aql va ahloq egasi bo’lishga, vijdonli, or-nomusli, sof ko’ngilli, subutli bo’lishga da’vat etadi.

Iymon arabcha so’z bo’lib, lug’aviy ma’nosi- ishonchdir. Iymonli kishini, xususan rahbarni qisqacha shunday tavsiflash mumkin:


  • e’tiqodli, ya’ni o’z fikr va qarashlariga mahkam, sobitqadamlik bilan ishonish va o’zgalarni ham o’zidek hisoblab, ularning lafziga samimiyat bilan ishonnishdir. E’tiqod jur’atni, mardlikni, fidoiylikni taqozo qiladi;


  • maslakli, ya’ni o’ziga xos aqidalari bilan boshqalardan ajralib turuvchi ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, g’oyaviy va diniy yo’l sohibi;


  • taqvodor, ya’ni birovning haqiga xiyonat qilmaydigan;



  • Yüklə 354,61 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin