Yakka shaxs maqsadlari va ularni samaradorlik sharoitlari. Barcha boshqaruv tizimini samaradorligi xizmatchilarni yakka shaxs maqsadlari qanchalik yaxshi va har tomonlama ishlab chiqilishiga bog’liq. Bu kabi maqsadlar bir qator sharoitlarni qondirishi kerak:
1. Yakka shaxs maqsadi o’zi ishlayotgan bo’lim tarkibiga kiruvchi kengroq bo’linmalar maqsadiga bo’ysunishi kerak. Bu kabi maqsadlarni mansablarga bo’ysunishi pirovard natija barcha tashkilotni umumiy va strategik maqsadlariga erishishiga xizmat qiladi (6.1-chizmaga qarang).
2. Xizmatchi o’z oldiga qo’yadigan maqsadlar soni juda ko’p bo’lmasligi, 4 tadan 8 tagacha bo’lishi kerak. Ularning soni juda ko’p bo’lsa, unda inson rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydi, bu esa ish samarasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, tanlangan maqsadlarni ularning ahamiyati bo’yicha tahlil qilish maqsadlar ustunligini o’rnatishning muhim omili hisoblanadi.
4.1-chizma. MVOning maqsadlar bog’lami
3. Umumiy maqsadlar kabi yakka shaxsning rejali maqsadi aniq natijalar va ularga ega bo’lishni aniq muhlatlari ko’rsatilmog’i kerak. Masalan, sotuv bo’limi xizmatchilari o’zlariga har biri 5 tadan xonalar mebellari buyurtmachilarning keyingi oyni ikki haftasi ichida topish majburiyatini o’z zimmalariga oladilar. Rahbar va xizmatchini faoliyat sohasiga qarab ularni rejalashtirilayotgan maqsadlari son ko’rsatgichida bir necha o’lchamlarda ifodalanishi mumkin: tovarni qiymati bo’yicha foizda, indeksda, hajmda, sonda, taqqoslov miqdorida va hokazolar.
4. Rejalashtirilayotgan maqsadlar etarlicha murakkab va shu bilan bir vaqtda erishiladigan bo’lmog’i kerak. Engil maqsadlarni tanlash tashkilot uchun zarur natijalarni qo’lga kiritishda xizmatchini real ulushi haqida mulohaza yuritishga imkon bermaydi. Boshqa tomondan o’ta og’ir, ayniqsa, umuman erishilishi qiyin bo’lgan maqsadni ko’zlash xizmatchini ijobiy natijaga erishishdan mahrum qiladi.
Bu tez-tez quyidagi ikki holatda hosil bo’ladi:
1. Boshliq qo’l ostidagidan uning imkoniyatlari bilan hisoblashmasdan qo’yilgan masalani bajarishni talab qilsa.
2. Teskari vaziyat xizmatchi o’zini imkoniyatlarini yuqori baholab, muammoga yaxshi tushunib etmasdan o’ta qiyin maqsadni tanlab olsa.
Bunday holatlarda rahbarning vazifasiga xizmatchining maqsadini o’z vaqtida aniqlashtirib turish kiradi. Har qanday rahbar o’z qo’l ostidagilarni tanlagan maqsadlari erishilishi mumkin bo’lishini kuzatib bormog’i kerak.
Izlanishlar shuni ko’rsatadiki, inson maqsadim og’ir, ammo erishish mumkin deb faraz qilishi mumkin, agar uning ijobiy natija olish kafolati hech bo’lmasa 50 ga teng bo’lsa.
5. MVO ning barcha tizimlarining samaradorligi shu jumladan rahbarlar va xizmatchilarning yakka shaxs maqsadlari sezilarli darajada ularni muvaffaqiyatlari qanchalik to’g’ri va malakali baholashiga rag’batlantirish chora tizimiga juda ham bog’liqdir.
Dostları ilə paylaş: |