muammoning muhimligini ko’rsating;
manfaatdorlikni muammoning bir qismi sifatida ajrating;
ob’ektiv mezonlarga tayaning;
maqsaddan chetlanmang;
muammoning ahamiyatini kamsitmang;
nuo’tai nazardagi turlichalikka uncha e’tiboringizni qaratmang;
murakkab, og’ir holatlarda o’zingizni yo’qotmang;
o’z manfaatingizni sharaf bilan namoyon qiling;
faol bo’ling;
muhim jihatlardan boshlang;
muxolif nuo’tai nazariga hujum qilmang, unga zimdan mo’ralang;
tanqiddan qochmang, aksincha, undan ishingiz omadi yo’lida foydalaning;
o’zingizga qaratilgan hujumni muammoga nisbatan hujumga yo’naltirmang;
tasdiqlash emas, balki ko’proq savoldan foydalaning;
asossiz hujumning kushandasi-bu sukutdir. Shundan foydalaning.
Har bir rahbar muhokama qilinishi lozim bo’lgan yoki tasodifan yuzaga kelib qolgan muammoni eng avvalo o’zi obdon tushunib etgan yoki hech bo’lmasa o’sha muammoning echimli bo’yicha o’zining mustaqil fikriga ega bo’lish lozim. Shundagina u muammo echimi bo’yicha taklif qilingan mutaxassislar bilan tengma-teng munozara, bahs yuritaolishi mumkin.