“Menejment” kafedrasi



Yüklə 354,61 Kb.
səhifə39/58
tarix26.10.2022
ölçüsü354,61 Kb.
#66338
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58
“Menejment” kafedrasi-fayllar.org

Kengash vaqtida:
  • Kengashni belgilangan vaqtda boshlang;


  • Kengashni o’tkazishning yagona tartibini belgilang;


  • Ortiqcha xuruj, shaxsiy qarshi chiqish hollariga yo’l qo’ymang;


  • Kengash maqsadini har bir qatnashuvchi e’tiboriga etkazing.




Kengash unsurlari:
  • Kun tartibini muhokama qilish;


  • Kengashni o’tkazish tartibini muhokama qilish;


  • Muammolarni aniqlash;


  • Muammolar tahlilini qilish;


  • Muqobil variantlarni izlash;


  • Muqobil variantlarni baholash;


  • Qaror qabul qilish.




Kengashdan so’ng:
  • Kengash qarorini tayyorlash;


  • Ko’rsatuvlarni tayyorlash;


  • Axborotlarni jo’natish;


Shuni unutmangki: kengash o’tkazuvchi raislar va tinglovchilar turli toifadagi kishilar, ya’ni




Rais:


Tinglovchi:
  • buzg’uvchi


  • vahimachi


  • chalg’ituvchi


  • lol qoldiruvchi


  • indamaslar


  • tajovuzkorlar


  • g’iybatchilar


  • bilag’onlar


  • haddan tashqari ishchanlar


  • so’nggi oyoqlar


bo’lishlari mumkin.





Tayanch iboralar
  • menejer madaniyati


  • vazminlik


  • andishalilik


  • sipolik

  • xalqparvarlik

  • rahbar madaniyati


  • mukzoqara


  • boshqaruv jarayoni


  • maqsad

  • muvaffaqiyat



O’z-o’zini tekshirish uchun savollar:
  1. Menejerga qo’yiladigan talablar.


  2. Menejer madaniyati nima?


  3. Boshqaruv jarayonini tashkil etish.


  4. Boshqaruv jarayonida madaniyat.


  5. Rahbar madaniyati deganda nimani tushunasiz?


  6. O’ziga, jamoaga va jamiyatga nisbatan rahbar ma’daniyati nimalarda namoyon bo’ladi?


  7. Minbarga chiqqanda rahbar o’zini qanday tutmog’i lozim?


  8. Muzokaralarda rahbar nimalarga e’tibor berishini bilasizmi?


  9. Telefonda so’zlashuv madaniyatini bilasizmi?


  10. Topshiriq berish madaniyatiga rioya qilasizmi?


  11. Nizo(konflikt) hollarida nima qilmoq kerak?




2.4-mavzu. Boshqarish maqsadlari
2.4.1. Boshqarishning maqsadi va uning turlari
Yangi jamiyatning siyosiy va davlat tuzumini belgilar ekanmiz, unda har bir odamning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy faoliyati uchun etarli erk beradigan shart-sharoitlar yaratilmog’i kerak. Siyosiy qurilma borasidagi vazifalarimiz, qisqacha aytganda, quyidagilardan iborat:
  • haqiqiy demokratiya qaror topar ekan, unda respublika aholisining barcha qatlamlari manfaatlari, barcha ijtimoiy guruhlarning milliy va madaniy haq-huquqlari muhofaza etiladi;


  • O’zbekiston Respublikasi milliy davlat qurilmasida hokimiyat uchga ajratiladi - qonunchilik, ijrochilik va sud hokimiyatiga. Bu printsiplarga amal qilmasdan turib, hech qachon huquqiy davlatga erishib bo’lmaydi.


Islohotlarni amalga oshirish va ularning natijasiga mas’ul bo’lgan hokimlar, idora, tashkilot, muassasa va korxona rahbarlari faoliyati endi yangicha mezonlar bilan o’lchanadi. O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishning beshta tamoyilidan yana biri – davlatning islohotchi bo’lishidan anglashiladigan yana bir tushuncha bor. U ham bo’lsa, rahbar shaxsning islohotlarni amalga oshirishdagi o’rnidir.



Maqsad - bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko’zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o’z orzularini ushalishiga yo’naltiradi. Biz dastlab o’zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so’ngra esa shu maqsadimiz:
  • bo’lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi;


  • faoliyatimizning ustuvor yo’nalishini belgilaydi;


  • faoliyatimizni aniq soha, ishga yo’naltiradi;


  • u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi;


  • pirovard natijamizning baholash me’yorini belgilaydi va h.k.


Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to’g’ri belgilanganligi boshqarish uchun o’ta zarur. Chunki aynan shu maqsadga binoan:


  • boshqarish funktsiyalari;


  • boshqarish usullari;


  • boshqarishning tuzilmaviy tarkibi;


  • lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar echiladi.


Maqsadlar: oddiy, muammoviy, innovatsion, shaxsning taraqqiy toptirishga yo’naltirilgan bo’lishi mumkin. Maqsadli menejment izlanuvchilari maqsadlar qaysi tashkilotda ishlab chiqarilishiga qaramasdan quyidagi 4 ta guruhga bo’linadi, deb hisoblaydilar: odatdagi maqsadlar, muammoviy innovatsion va shaxsni taraqqiyot toptirish va xizmatchilarning kasb malakasini oshirish bilan bog’liq maqsadlardir.

Birinchi guruh o’z ichiga shunday maqsadlarni oladiki, ularni tayinlash va amalga oshirshshshi rahbar va xizmatchilarni kundalik xizmat burchi hisoblanadi. Bu kabi maqsadlarga erishishning usullari, vositalari va uslublari asosan ma’lum. Cheklanishlar faqat ularga erishishni aniq muhlatini o’rgatish bilan bog’liq. Bo’limlar rahbarlarning faoliyatiga tegishli oddiy maqsadga 2 ta misol keltiramiz. Marketing bo’limining rahbari uchun bu quyidagi tavsifli maqsaddir: “30 sentyabrga joriy yilning oxirgi uch oyligiga tovar sotuvini tahlil qilish”. Oddiy maqsad ishlab chiqarish bo’limi uchun “1 iyulda ishlab chiqarish chiqindilarini (yomon sifatli xom ashyo hisobiga) 8% dan 5% gacha kamaytirish”. Har ikkala rahbar uchun qo’yilgan maqsadlarga erishish ularning kundalik kasb majburiyatlariga kiradi.
Muammoviy va innovatsion maqsadlar oddiylardan sezilarli darajada farq qiladi. Bu farqni asl ma’nosi ularga erishish tavsifidadir. Muammoviy va innovatsion maqsadlar katta aqliy energiya sarfini talab qiladi, chunki o’ziga yangi elementni qamrab oladi. U ijobiy natijani qo’lga kiritish uchun aniqlanadi va ishlab chiqariladi.

Muammoviy maqsadlar firmaning yoki alohida insonning normal faoliyati uchun zarur vaziyatni o’zgarishi bilan bog’liq. Masalan, birdaniga tovarlar sotilishi kamayishi tabiiyki, firmaning olinadigan foydasiga ta’sir ko’rsatadi. Marketing bo’limlari rahbarlar oldiga qo’yilgan maqsad 2 oy davomida sotuv foizini tiklashdan iborat. Bu maqsad hech qanday gumonsiz muammoviy tavsifga ega, chunki menejerga: paydo bo’lgan vaziyat sababini aniqlash, uni o’zgartirish usullarini ko’rib chiqish, ular ichida hamma tomondan to’g’ri keladiganini tanlab olish, harakat protsedurasini ishlab chiqish yuklatiladi.

Muammoviy maqsadlar qatoriga yana innovatsion maqsadlarni ham qo’yish kerak. Ular yangi usullarni izlash va ishlab chiqish, yangi vosita va yangi mahsulot bilan bog’liqdir. Masalan, reklama bo’limining mutaxassisining tovar uchun yangi, samaraliroq, reklama yaratish va uni telestudiyaga 1 sentyabrga yo’llashi esa innovatsion maqsaddir, chunki uni mazmuni shundan dalolat berib turibdi. Izlanish bo’limining xizmatchilarini innovatsion maqsadi quyidagi masaladan iborat: “1 iyulga 3 ta yangi tovarni eksport sotuvi uchun tekshirib maqomiga etkazish”.

Rahbar yoki xizmatchi o’z oldiga qo’ygan maqsadi qanchalik mashaqqatli bo’lsa, unda shunchalik muammoviylik ko’pdir. Shuni aytish kerakki, muammoviylik tushunchasi faqat ob’ektiv tabaqa bo’lib qolmasdan, balki u o’ziga salmoqli sub’ektiv omilni qamrab olgan. Bitta maqsad bir xizmatchi uchun oddiy hisoblansa boshqasi uchun esa (3chisi uchun esa innovatsion) muammoviy hisoblanadi. Birinchi holatda xizmatchi unga ershiish uchun zaruriy usullarga ega bo’lsa, qo’yilgan vazifani katta qiyinchiliklarsiz bajarish uchun etarli bilim va qobiliyatga ega bo’ladi.

Boshqa bir xizmatchi bu maqsadni ba’zi bir u yoki bu sabablarga ko’ra qiyin va yangi deb undan katta akliy mehnat talab qiluvchi deb biladi. Masalan, marketing sohasidagi mutaxassis uchun “3 oylikdagi tovar sotuvini tahlil qilish” oddiy maqsad bo’lsa sotuv bo’limining oddiy ishchisi uchun u muammoviy tavsifga ega bo’ladi.

Maqsadli menejment tizimida umumiy va yakka shaxsni muammoviy va innovatsion maqsadlarga etakchi o’rin beriladi.

Maqsadli boshqaruvda ishlatiluvchi 4-guruh maqsadlar, bular tashkilotni xizmatchilarini faoliyatini takomillashuvi bilan bog’liq maqsadlardir. Bu uzoq muddatli (strategik) maqsadlar hamma tashkilot uchun umumiy bo’lgan yoki bo’limlar uchun qisqa vaqt oraliqlariga mo’ljallangan va nihoyat yakka shaxs maqsadlari bo’lishi mumkin.
Deyarli barcha MVO rahbarlar va ularga bo’ysunuvchilarning malakasini oshirilishi yakka shaxs maqsadini o’z ichiga oladi. Bu kabi maqsadlarni ifodalanishiga ularga erishish muddatlari turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, rahbarni malakasini oshirish maqsadi quyidagicha ifodalanishi mumkin:
“1 oktyabrga 2 haftali boshqaruv bo’yicha o’quv markazida lektsiya kursini eshitish”. Xizmatchilar ham (o’z boshliqlari bilan) bu kabi maqsadni belgilaydi: “Bir oylik stajirovkani bosh korxonada o’tish”, “seminar mashg’ulotlariga qatnashish” va hokazolar.
Tashkilot rahbariyati bu kabi ma’ruzalarga katta diqqat-e’tibor beradi, ularni boshqarilishi uchun sharoit yaratadi, chunki o’z xizmatchilarini kasbiy va ishbilarmonlik sifatini takomillashuvi uni qiziqtiradi.



Yüklə 354,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin