5-mavzu. ILOVA
Rahbar madaniyati uning minbarga chiqib so’zlagan chog’ida, u erda o’zini tutishida, nutqida ham o’z aksini topadi. Aytaylik:
Siz minbardasiz:
-
Nutqingiz juda ham tushunarli va onson qabul qilinmog’i lozim;
-
O’zni namoyon qilish - eng samarali uslubdir;
-
Nutqni darrov boshlamang. “Sizga e’tibor berishga” imkon bering;
-
Ma’lumot, raqamlarni o’qib bering;
-
Mikrofon borligini unutmang;
Ayrim tavsiyalar:
-
Nutq ma’noli, burro, dona-dona, ta’sirchang bo’lishligini unutmang;
-
Nutq chog’ida xatoga yo’l qo’ymang;
-
Nutqingizda ko’cha so’zlarini qo’llamang;
-
Tinglovchilar diqqatini qozoning;
-
Muhim fikrlarni takrorlang, ularga urg’u bering va imo-ishora bilan tushuntiring;
-
Nutqingizga haddan tashqari raqamlarni ko’p ishlatmang;
-
Tinglovchiga vaqt-vaqti bilan tanaffus bering;
-
Psixologik tanaffus - bu eng oddiy va tajribada sinalgan uslubdir;
Nutqingiz uslubini tanlar ekansiz, quyidagilargani esda tuting:
-
Haddan tashqari baland ovozda nutq qilish, tinglovchilarga o’z hukmni o’tkazayapti degan taassurotni qoldiradi;
-
Haddan tashqari past ovozdagi nutq qabul qiluvchanlikni pasaytiradi va aks savollarni bo’lishini talab qiladi;
-
Haddan tashqiri imillab nutq qilish, vaqtni cho’zayapti degan fikrni tug’diradi;
-
Haddan tashqari tez nutq qilish esa, sizning auditoriyaga bo’lgan hurmatsizligi degan taassurotni qoldiradi;
Shuni esda tutingki, tinglovchi quyidagilarga qarab sizga
baho beradi:
Rahbar muzokaralarda ham o’zini qanday tutishni bilmog’i lozim. Muzokara - bu shart-sharoit, tomonlarning talablari haqida fikr almashishini anglatadi. Muzokora - bu maxsus faoliyat turi bo’lib, o’zining qonun-qoidalari va qonuniyatlariga ega. Bu jarayonda bir-birini o’zaro boyitish, taraqqiy ettirish, hamkorlikda muammolarni tahlil qilish kabilarga erishiladi.
Muzokaralarni o’tkazishdan maqsad o’zaro manfaatli echimlarni topish, keskin ko’rinishdagi ixtiloflardan qochishdir.
Shuni esda tutingki:
-
muzokaradagi eng avvalo munozaraning mantiqiyligi evaziga erishiladi;
-
sherigingiz yoki suhbatdoshingiz so’zlaridagi mantiqqa e’tibor bering. Bilingki, u ham maxsus tayyorlanib kelgan;
-
sherigingizning o’z munozarasi jarayonida yo’l qo’ygan kamchiliklarini axtarib toping. Munozaralarning mantiqiy ketma-ketligini yoritishdagi uzilishni aniqlang.
-
o’zingizning mavqeyingizni kuchaytiruvchi dalillarni toping;
-
muzokaralarni ishonchli darajada olib boring. Ammo o’z fikringizni zo’rlab o’tkazmang. Sherigingizning “shoxini sindirish” umidida xarakat qiling, fikringizni aniq va qisqa bayon eting.
-
faol bo’ling. Ammo “quduqni suv paydo bo’lguncha kovlash lozimligini” unutmang.
-
muzokara jarayonida turli holatlar ya’ni diqqatbozlik, taranglik. Qovushmaslik, to’sqinliklar bo’lishi mumkin. Bunday hollarda realist, mavjud shart-sharoit, holatni to’g’ri hisobga olib ish ko’ring. O’zingizni yo’qotmang, muvaffaqiyat qozonish yo’lini astoydil izlang;
-
sherigingiz mavqeysini kuchaytiruvchi dalillarni a’lohida ajratmang. Muhim bo’lmagan, arzimagan kelishmovchiliklarga diqqat bilan yondoshmang.
-
tovardan ko’ra g’oya qimmatliroq ekanini unutmang.
Dostları ilə paylaş: |