“Menejment” kafedrasi


Boshqaruv jarayonini tashkil etish madaniyati



Yüklə 354,61 Kb.
səhifə36/58
tarix26.10.2022
ölçüsü354,61 Kb.
#66338
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   58
“Menejment” kafedrasi-fayllar.org

2.3.2. Boshqaruv jarayonini tashkil etish madaniyati
Bugun rahbardan talab qilinadigan narsa tashabbuskorlik, ilg’or mehnat madaniyati tajribasini joriy etishda fidoyilik, odamlar kayfiyatini bilish, ular tashvishi bilan yashash, yangi ish joylarini yaratish, xalqning ma’naviy va moddiy faravonligini ta’minlashdir. Prezident kadrlar faoliyatiga baho berib, ularni uch toifaga bo’ladi.
Birinchi toifa – eski tuzumni qo’msab yurgan kishilar. Ikkinchisi, eng xavflisi – imonsiz, e’tiqodsiz kishilardir. Bundaylarga vatan manfaati begona, ular shaxsiy huzur-halovat, mansab uchun hech narsadan toyimaydilar. Vatan manfaati, mustaqillik manfaatini hamma narsadan ustun qo’yadigan, qalbida o’ti va erk tuyg’usi bor, g’ayratli, kuyunchak yana bir toifa kadrlar borki, mening butun umidim va ishonchim ana shulardan, dedi Prezident. Bular hozircha ozchilikni tashkil etadi, tajribalari ham kam. Lekin men Prezident sifatida etishib kelayotgan mana shu fidoyi, qalbi olov avlod vakillarining joylarda rahbarlik qilishini istayman. Har bir rahbar biz taklif etayotgan islohotlarni qalbdan his etsin, uni bajarishga qodirmi-yo’qligini o’ylab ko’rsin, qadamini shunga qarab qo’ysin.
Rahbar xodimlarni qabul qilish madaniyatiga ega bo’lishi lozim. Chunki, xodimlarni qabul qilish, ularning tashvishlariga quloq solish, og’irlarini engil qilish har bir rahbarning burchi va vazifasi hisoblanadi. Shuning uchun ham qabul madaniyatiga rioya qilish uchun rahbar quyidagilarga e’tibor bermog’i lozim:
  • suhbatdoshingizni qancha vaqtingiz borligi to’g’risida ogohlantiring;


  • faqat suhbatdoshingiz gaplariga mo’ljal olib vaziyatni ko’z oldingizga keltiring;


  • to’xtatib bo’lmaydigan, uzil-kesil munozaradan o’zingizni tiying;


  • o’z fikringizni ishonchli va batafsil ayting;


  • o’z g’oyangizni izchillik bilan bayon eting;


  • ovozingizni baland qilmasdan gapiring, so’zlaringiz dona-dona va ravon bo’lsin;


  • qarshi tanbeh hollarda o’zingizga nisbatan tanqidiy yondoshing;


  • shunchaki fikrlash yoki haqiqatdan ham shunaqami-bular o’rtasidagi farqni biling;


  • savollarni shunday tuzingki, ularni tushunish bir xilda bo’lsin;


  • muammo muhokamasini aniq echim bilan tugating;


  • ishni qalashtirmang. Zudlik bilan ko’rsatma bering;


  • suhbatdoshingizning yumushi o’zi uchun o’ta muhim ekanligini unutmang.


Qabulingizda bo’lgan kishining muommosini echish imkoniyatingiz bo’lmagan taqdirda ham siz u kishini samimiy, iltifot bilan kuzating va xayrxohlik bilan ishining o’nglanib ketishiga umid bag’shida eting. Umuman xizmat yuzasidan qabul chog’ingizda quyidagi qoidaga rioya qilsangiz nur ustiga a’lo nur bo’lur edi:





Yüklə 354,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin