“Menejment” kafedrasi


INVESTORS SINDIKATIDAGI MAQSAD Bo’yicha BOShQARUV



Yüklə 354,61 Kb.
səhifə54/58
tarix26.10.2022
ölçüsü354,61 Kb.
#66338
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
“Menejment” kafedrasi-fayllar.org

INVESTORS SINDIKATIDAGI MAQSAD Bo’yicha BOShQARUV7
Investors sindikat - yirik Kanada kompaniyasining moliya tavsifli banki, sug’urta va boshqa operatsiyalar bilan shug’ullanadi. U maqsadi bo’yicha boshqaruvni muvaffaqiyatli bajarib qo’lidagi savdo agentlarining faoliyatida 1974 yildan beri ishlatib keladi. Bu agentlik xodimlarining soni ming kishidan ortiqroqdir.
70-yillar boshida firmada oliy menejment adabiyotlarini va boshqa kompaniyalar tajribasini sidqidildan o’rgangandan keyin shunday xulosaga keladiki, maqsad bo’yicha boshqaruv tashkilotning savdo agentliklarida samarali boshqaruv tizimi bo’lib qolishi mumkin, agarda quyidagi fikrlar tizimi uning asosida yotsa:


1-fikr tizimi. Jamoaning maqsadi. Jamoadagi barcha xizmatchilar tashkilot burchini yaxshi anglab etmoqlari lozim. Jamoa mijozlarga samarali xizmat ko’rsatish uchun yaratilgan.

2-fikr tizimi. Faoliyat. Burchni amalga oshirish uchun aniq vazifalar (maqsadlar) o’rtaga qo’yilishi shart. Savdo agentliklari ishida quyidagi ikkita maqsad bo’lmog’i kerak:

a) tashkilot-mijozlar va alohida shaxslarga tashrif buyurish va ularga ko’rsatiladigan keng majmuadagi xizmatlar haqida axborot berish;

b) savdo agentlarining malakasini oshirish.

3-fikr tizimi. Javobgarlik. Har bir xizmatchi o’z faoliyat sohasini yaxshi bilishi va bir necha masalalarni bajarilishi uchun javob berishi kerak.

4-fikr tizimi. Natijalarni o’lchash. Buning uchun o’lchov turlari va andozalar yaratmog’i kerak.

5-fikr tizimi. Yakka shaxslarnint maqsadi aniq natijalar (maqsadlar) belgilanishidir. Har bir xizmatchini qabul qilish majburiyati bir necha fikrlar tizimiga asosan faoliyatli va maqsadli boshqaruvni aniqlaydi.

Hamma xizmatchilar maxsus hujjatni to’ldiradilar va unda o’zlarining shaxsiy maqsadlarini ko’rsatadilar, ularni amalga oshirilish rejasini tasvirlab beradilar.



Maqsadli boshqaruv jarayoni.

Har yili dekabr oyining birinchi haftasida kompaniyaning barcha 35 ulkan markazlarida va menejmentning hamma saviyalarida maqsadning rejalashtirilish haftasi bo’lib keladi. Shuning uchun u rejalashtirish haftasi, degan nomni olgan. Bu haftalikning asosiy maqsadi quyidagicha:


1. Qtgan yil natijalarini ko’rib chiqish.

2. Jamoaning umumiy vazifasi va maqsadlarini yakka shaxsning natijalari bilan taqqoslash (munosabatlashtirish).

3. Yakka shaxslarning maqsadlarini yangi boshlanadigan ish yilida foydalanishni o’ylab ko’rish va yaratish. Bu maqsadlar har bir xizmatchining shaxsiyatini, ishbilarmonlik qobiliyatini va moliyaviy tomonlarini aks ettirmog’i lozim.
Jamoaning vitse-prezidenti savdo agentlarining faoliyatlarini, umumiy maqsadlarini kelasi yil uchun, o’tgan yilning natijalaridan kelib chiqib, so’nggi yilardagi o’sish rejalarini hisobga olib aniqlaydi.

Har bir savdo agenti, ya’ni yakka shaxsga berilgan reja shaklini to’ldiradi. Uning bevosita boshlig’i rejani tekshiradi va zarurat tug’ilganida xizmatchilari bilan kerakli bo’lgan tuzatishlarni muhokama qiladi. Bu esa xizmatchilarni o’z oldiga qo’ygan o’ta murakkab yoki juda oddiy maqsadlarni qo’yishdek xatolardan ozod etadi.

Xizmatchilarning yakka shaxsliy maqsadi o’z bo’linmalari asosida rahbarning takliflarini o’lka bo’limi rejasiga asosan ishlab chiqadi. O’lka bo’limlarning rahbarlari o’z takliflarini yuqoriroq idoralardan to vitse-prezidentgacha beradilar.

Maqsadlar va rejalar majmuasining barchasi umumiy, (yakka shaxs) va yozma ravishda berilgandan so’ng, vitse-prezident tomonidan tasdiqlanadi.




Yüklə 354,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin