MVO 2-tizimda (ishonch elemeitli avtoritar).
Ikkinchi tizimda menejment qo’l ostidagilarga ba’zi bir ishonchlarini bildiradi. Qiziqtirish sifatida mukofotlaydi, qo’rqitish uchun esa jazolash ishlatiladi. Axborot oqimi yuqoridan pastga bir yo’nalishda bo’ladi. Ba’zi bir xuquqlar saviyasiga ko’ra vakil qilib topshirilsa ham, asosiy qarorlar, yuqoridan qabul qilinadi. Menejerlarning tashkilotning umumiy rejalarini bunyod etishdagi qatnashuvi rag’batlantiriladi. Nazorat yuqoridan amalga oshiriladi. Yakka shaxsning maqsadlari boshliq tomonidan belgilanadi. Shu qatorda rahbarlar o’z oldidagi maqsadlarini qo’l ostidagilar bilan muqobillikda ko’rib chiqadi va muhokama qiladi. Tashkilotning turli bo’linmalar maqsadini muvofiqlashtirish uchun harakat qiladi.
MVO 3-tizimda (maslahatli).
Uchinchi tizim qo’l ostidagilarga katta darajada ishonch bildirish, ularni rag’batlantirish, siyrakroq jazolash, ikki tomonlama axborot oqimi (yuqoridan va pastdan) va xizmatchilarni ba’zi bir darajadagi guruhli ishlari bilan tavsiflanadi. Asosiy qarorlar tashkilot rahbariyati tomonidan qabul qilinsa ham, aniqroq qarorlar quyi saviyalarda qabul qilinadi. Nazorat vazifalari ham qisman quyi saviyalarda beriladi.
Muhim masalalar bo’yicha rahbarlar qo’l ostidagilar bilan maslahatlashadilar va oxirgi maqsadlarini ishlab chiqilishida faol ishtirok etadilar. Tashkilotning yuqori darajadagi fikrini so’z bilan vertikal va gorizontal yo’nalishlarda ifodalash seziladi.
Ishlab chiqarishning tavsifi maqsadlardan tashqari xizmatchilar o’z rejalariga malakalarini taraqqiy toptirish va oshirish maqsadlarini ham kiritadilar.
MVO 4-tizimda (demokratik).
To’rtinchi tizimda menejmentning barcha saviyadagi boshqaruvlarga bo’lgan ishonchli munosabati o’rin egallagan. Undan tashqari, hamma xizmatchilar o’zlarini natijalari uchun shaxsan javobgar, deb sezadilar va o’z zimmalariga nazorat vazifasini ham olganlar. Turli saviyalarda qabul qilingan qarorlar umumiy maqsadlar tizimiga birlashtariladi.
Tashkilotda jamoa a’zolarining qo’yilgan maqsadi sari erishishga umumiy qiziqishi seziladi. Maqsadlar, shu jumladan yakka shaxsning maqsadi ham zaruriy natijani qo’lga kiritishga qiziqqanlar ishtirokida ishlab chiqiladi va muhokama qilinadi. Bunda qoidaga binoan muqobil variantlar ko’rib chiqiladi.
Tashkilot ichidagi iqlim xizmatchilarni og’ir maqsadlarini tanlashga imkon beradi. Bu esa tashkilotni umumiy maqsadlari bilan birlashtiradi. Bu kabi maqsadlar tizimi o’ta sinergestik samara yaratadi.
Sinergestik so’zi - tizim elementlarini o’zaro harakatini samarasi, elementlarning alohida harakatining samarasidan ancha yuqori darajada turishini anglatadi.
Dostları ilə paylaş: |