“Menejment” kafedrasi



Yüklə 354,61 Kb.
səhifə4/58
tarix26.10.2022
ölçüsü354,61 Kb.
#66338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
“Menejment” kafedrasi-fayllar.org

Menejment fani - bu boshqaruvchiga tanlovni to’g’ri amalga oshirishni va ishchan qarorni qabul qilishni o’rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo’g’inlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda bu fan quyidagilarni o’rganadi:
  • boshqarish nazariyasi va amaliyoti;


  • boshqarish ob’ekti va sub’ekti;


  • boshqarish tamoyillari va usullari;


  • boshqarish madaniyati;


  • menejer va uning fazilatlari;


  • menejer reytingi;


  • boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish;


  • boshqarish funktsiyalari;


  • xodimlarni boshqarish;


  • ishlab chiqarishni boshqarish;


  • samaradorlikni boshqarish;


  • o’z-o’zini boshqarish;


  • hududiy boshqarish va hokazolar.


Ko’rib turibmizki, bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv ob’ekti orasidagi o’zaro munosabat bo’lib, uning asosiy vazifasi o’quvchilarga boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini o’rgatishdan iborat.


Fanni o’qitish talabalarda boshqarish muammolariga nisbatan qiziqish uyg’otish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq tug’dirishdan iborat. Chunki hozir boshqarish asoslarini o’rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining xodimlari, kichik va o’rta, katta jamoalarning rahbarlari, korxona va firmalar iqtisodiy, sotsial, tashkiliy - texnik faoliyatining turli tomonlarini boshqarish bo’yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiqishga da’vat etilgan mutaxassislar bo’lib etishadilar. Boshqa tomondan boshqaruv ko’p hollarda rahbarning qobiliyatiga, uning odamlar bilan ishlay olishiga, shaxsiy tashabbusiga, fahm-farosatiga bog’liqdir. Bularning barchasini boshqaruvda ishlata olish - bu san’atdir.

Boshqaruv san’ati - bu menejerning, rahbarning qobiliyati, ustamonligi, ijodiyotidir. Shunday qilib har qanday ijodiy faoliyat sifatida menejment o’zida fan va san’at elementlarini jamul-jam qilgan.


Biz ko’rib chiqqan toifalar, tabiiyki, menejmentning barcha tushunchalarini qamrab ololmaydi. Ularga etarli sonda boshqa tushunchalar kiradi. Masalan, qonuniylik, vazifalar, masalalar, maqsadlar, qarorlar, boshqaruv mexanizmi, taktika va strategiya va boshqalar
Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish ham ularning zimmasiga tushadi.
Boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda o’rganish, tahlil qilish maqsadida bu fan quyidagi uslublardan foydalanadi.

Menejment fanining tahlil usullari

Sistemali yondoshuv:


  • boshqariluvchi ob’ekt yaxlit tizim tarzida olib qaraladi. Bu yondoshuv turlicha bo’lishi mumkin:


  • sistemali - kompleks yondoshuv


  • sistemali - funktsional yondoshuv


  • sistemali - tarkibiy yondoshuv


sistemali - kommunikatsion yondoshuv


Kompleksli yondoshuv:

  • boshqariluvchi ob’ekt boshqa ob’ektlar bilan o’zaro bog’lanishda va aloqadorlikda qaraladi.


Tarkibiy yondoshuv:


  • boshqariluvchi ob’ekt tarkibiy qismlarga bo’lib o’rganiladi.


Vaziyat (situatsiya)li yondoshuv:


  • boshqariluvchi ob’ektning konkret sharoitdagi ichki va tashqi vaziyatiga qarab boshqarishning ma’qul uslubi qo’llaniladi.


Integratsion yondoshuv:


  • boshqariluvchi ob’ekt yuqoridagi uslublar (vaziyatli, kompleksli, tarkibiy yondoshuvlar)ni birgalikda qo’llash yordamida boshqariladi.


Modellashtirish usuli:


  • boshqariluvchi ob’ektni boshqarish bo’yicha turli sxema, grafik va chizmalar, xomaki materiallar tayyorlanadi.


Iqtisodiy-matematik yondoshuv:


  • optimal qaror qabul qilish maqsadida matematik uslublar va hisoblsh mashinalarini keng miqyosda qo’llash.


Kuzatish usuli:


  • boshqariluvchi ob’ekt to’g’risidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to’plash usuli.


Eksperiment (tajriba) usuli:


  • boshqarish jarayonida boshqariluvchi ob’ektga nisbatan namunaviy tajribadan o’tgan usullarni qo’llash.


Sotsiologik kuzatuv usuli:


  • boshqarish maqsadida turli anketali so’rovlar, suhbatlar, testlar, infratuzilmaviy tahlillarni o’tkazish.


Ilmiy jihatdan asoslangan boshqarish qayd qilingan usullarning chambarchas ravishda bog’lab olib borilishini taqazo etadi.



Yüklə 354,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin