So’zlashuv vaqtida:
O’zingizni tanishtiring;
Telefon trubkasiga gapiring;
Dona-dona gapiring;
Erkin so’zlang;
Ko’cha so’zlarini ishlatmang;
Suhbatdaoshingizni bo’lmang;
Paqqosdan rad javobini bermang;
Diqqat bilan eshiting;
Zarur ma’lumotlarni eslab qoling va yozing.
So’zlashuv tarkibi:
-
Dastlabki bosqich
|
- o’zaro munosabat muhitini yaratish, suhbatdoshning vaziyatini aniqlash;
|
Asosiy bosqich
|
- muammoni va iltimosni qisqacha ifodalash;
|
Tayyorlov bosqichi
|
- muommoni, iltimos va shartlarni muhokama qilish;
|
Yakuniy bosqich
|
- so’zlashuvchi yakunini, kelishuv muddati va vaqtini belgilab olish;
|
Tugallash
|
- minnatdorchilik bildirish va xayrlashish.
|
So’zlashuvdan so’ng:
So’zlashuv yakunini yozib oling;
Nimani va’da qilganingizni ham yozing;
Natijani baholang.
Shuni unutmangki:
Agar siz so’zlashuv chog’ida yomon eshitayotgan bo’lsangiz, bu degani sherigingiz ham yomon eshitayapti degan gap emas;
Sherigingizga hamma ham faqat arzimagan narsalar bilan qo’ng’iroq qiladideb o’ylamang;
Telefonda gaplashish harajatini faqat kompaniya yoki tashkilot harajati deb o’ylamang.
Tashkilotchilikning, xususan, rahbarlikning qoidasi- bu ishni boshqalarga topshirish, rahbarning o’zi esa shu topshiriqning bajarilishi ustidan nazorat qilishdir. Agar rahbar har xil mayda-chuyda ishlar bilan o’ralashib qolib, ulraga o’z vaqtini sarflasa, bu juda xunuk ish bo’ladi.
Rahbar o’z qo’li ostidagi xodimiga topshiriq berarkan, u quyidagilarga e’tibor bermog’i lozim:
topshiriq ob’ektiv zarur bo’lmog’i lozim;
shu topshiriqning bajarilishiga to’liq ishonch bo’lmog’i kerak;
topshiriqni berishdan oldin u to’g’rida bajaruvchi bilan maslahatlashing;
o’zingizga bog’liq bo’lgan sharoitlarni yaratib bering;
bo’ysinuvchining imkoniyati va sharoitini hisobga oling;
topshiriqni iltimos shaklida ifodalang;
topshiriqni ochiq ko’ngillik bilan, ohista ifodalang va bering;
topshiriq berish jarayonida xushmuomalik va samimiy bo’lishni unutmang;
qo’l ostingizda ishlaydigan xodimlarni o’qitish uchun vaqt topish zarurligini esdan chiqarmang;
topshiriqning o’ta muhimligini bo’ysinuvchiga tushuntiring va uni qiziqtiring;
bitta bo’ysinuvchiga birnecha topshiriq bermang ;
topshiriqni bajarish muddati va uning natijalarini taqdim etish shaklini aniq ko’rsating;
bo’ysinuvchi bajaradigan ishni bajarmang;
topshiriqning bajarilishini talab qiling;
ruxsat etilmagan topshiriqni berishdan saqlaning.
Rahbar shu narsani tushunib olishi kerakki, u hamma ishlarni miridan-sirigacha bilib olishi shart emas, bunga hojat ham yo’q. U quyi boshqarish bo’g’inlariga huquqlar berish, mas’uliyat va vazifalar yuklash usulini egallab olmog’i kerak. Huquqlar berish, mas’uliyatini yuklash va maqsadli topshiriqlar berish boshqarishda mehnat taqsimotining muhim shakli, uning samaradorligini oshirishda qimmatli imkon hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |