3
K I R I SH
Hozirgi kunda Respublikamiz iqtisodiy rivojlanishida sanoat korxonalarida
bozor munosabatlariga o„tish va ularni iqtisodiyotini talab va taklifga amal qilgan
holda
rivojlantirishga, yuqori malakali bozor iqtisodiyotiga javob bera oladigan
kadrlar tayyorlash muhim yo„nalishlardan biridir. Shu bois, bozor iqtisodiyoti uchun
mukammal bilimga ega bo„lmasdan turib zamon talabiga javob beradigan tadbirkor
va ishbilarmon rahbar bo„lishi mumkin emas. Menejment
fani shu maqsadlarni
amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
“Menejment nazariyasi” fanining maqsadi fan bo„yicha taxsil olayotgan
talabalarni boshqaruv asoslaridan yetuk va yuqori malakali mutaxassis bo„lishlari
hamda olgan bilimlari asosida o„qishi va ilmiy ishlarini davom ettirishini
ta‟minlashdir.
Fanning asosiy vazifalari quydagilardan iborat:
Bozor sharoitida menejment fanining o„rni va uni o„rganish zarurati;
Menejment qonuniyati va tamoyillarini o„rganish, ulardan amaliyotda keng
foydalanish;
Menejment usullarini ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq etish;
Menejer kadrlarni o„qitish va ulardan boshqarishda samarali foydalanish;
Menejerni axborot bilan ishlay olish va samarali qarorlarni qabul qilishi;
Menejment samaradorligi ko„rsatkichlari, uni baholash
metodlari va boshqa
muammolar o„rganiladi.
1.UMUMIY QOIDALAR
Kurs ishini yozish va himoya qilish yuqori malakali mutaxassis - menejerlar
tayyorlash jarayonining muhim bosqichi bo„lib, talabalarning nazariy va amaliy
bilimlarini mustahkamlash hamda kengaytirish, aniq ilmiy-texnik, iqtisodiy va ishlab
chiqarish vazifalarini hal qilishda ushbu bilimlardan foydalanish maqsadlarini
ko„zlaydi. Bundan tashqari, kurs ishini yozish oliy o„quv yurti talabasida mustaqil ish
yuritish ko„nikmalarini
rivojlantirishga xizmat qiladi, ishlab chiqilayotgan muammo
va kamchiliklarni yechishda keng izlanishlar hamda tajribalar o„tkazish imkonini
beradi, hozirgi zamon ishlab chiqarish, fan-texnika
taraqqiyoti va boshqaruv
madaniyati rivojlanishi sharoitlarida talabaning mustaqil ishlash layoqatini va
tayyorgarligini oshiradi.
Kurs ishi sanoat korxonasining aniq materiallari asosida bajariladi. U ilmiy
tadqiqotga xos xususiyatlarni jamlashi, amaliyotga
tatbiq etish uchun aniq
tavsiyanomalarni ifodalashi lozim.
Kurs ishiga ilmiy rahbarlikni kafedra mudiri tomonidan kafedraning yetakchi
professor-o„qituvchilaridan tayinlanib, universitet rektorining buyrug„i bilan
tasdiqlanadi.
4
Bitiruv malakaviy ishi rahbari:
-
talaba bilan birgalikda kurs ishi mavzusini tanlashni muhokama qiladi;
-
tanlangan mavzu bo„yicha topshiriq beradi;
-
malakaviy ishning bajarilish jadvalini rejalashtiradi;
-
adabiyotlar, ma‟lumotlar hamda mavzu bo„yicha
boshqa manbalarni tavsiya
etadi;
-
talabaga kurs ishining eng ma‟qul bo„lgan rejasini uning birlamchi variantlarini
qo„llagan holda tavsiya qiladi;
-
talabaga muntazam ravishda maslahatlar beradi;
-
kurs ishining bajarilish jarayonini nazorat qiladi;
-
talaba bajargan kurs ishining sifati va muallifligiga javob beradi, mavzularning
qaytarilishi va ko„chirilishiga yo„l qo„ymaydi.
Kurs ishining barcha bo„limlari o„zaro uzviy bog„langan, mazmuni jihatidan
yagona mavzuni yoritishi lozim.
Kurs ishi talaba universitetda ta‟lim olgan tilda bajariladi.
Dostları ilə paylaş: