8
6. KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISH
Kurs ishining matni quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- tuzilmaning aniqligi;
- mantiqqa muvofiqligi va ketma-ketligi;
- keltirilgan ma‟lumotlarning aniqligi;
- ma‟lumotlarni bayon qilishda lo„ndalik va oydinlik;
- ma‟lumot bayonining o„zbek yoki rus tili (ayrim hollarda boshqa chet tillaridan
biri) me‟yoriga mosligi.
Kurs ishi standart A4 (210x297 mm o„lchamli) formatli qog„ozning faqat bir
tomoniga, chapdan – 30 mm, yuqori va pastdan – 20 mm, o„ngdan – 10 mm chetlab
chop qilinadi. Shrift o„lchami 14 pt (Microsoft
Word matn muharriri dasturi,Times
New Roman rusmda), qatorlardagi oraliq interval 1,5, abzatsning chetlanishi 1,27 sm
va matn eni bo„yicha tekislangan bo„lishi kerak. Kurs ishi hajmi bosma matnda 40-50
betni tashkil etishi kerak. Matn tushunarli xusnixatda, tuzatishlarsiz, yozuv
qog„ozining bir tomoniga yozilishi kerak.
Mundarijada kurs
ishining tarkibiy qismlari, ya‟ni kirish, boblar va ularning
nomlanishi, paragraflar va ularning nomlanishi, xulosa va takliflar,
foydalanilgan
adabiyotlar ro„yxati hamda ular bayon etilgan betlarning raqamlari aks ettirilishi
lozim.
“Kirish” va “Xulosa” bo„limlaridan tashqari barcha boblar arab sonlari bilan
raqamlanadi. Boblarning tartib raqamidan so„ng nuqta (.) qo„yiladi. Boblarga tegishli
paragraflar esa, mos ravishdagi bob raqamidan kelib chiqqan holda raqamlanadi.
Aniqroq qilib aytganda, paragraf tartib raqami bir-biridan nuqta bilan ajralib turuvchi
bobning tartib raqami hamda paragraf tartib raqamidan iborat bo„ladi, ya‟ni “1.3.” -
bu birinchi bobning uchinchi paragrafining tartib raqamidir.
Kurs ishlarining betlari ketma-ketlikka amal qilingan holda raqamlanadi.
Raqamlash betning pastki tomoni o„rtasiga garab soni bilan qo„yish orqali amalga
oshiriladi. Muqova va mundarijaga tartib raqamlari qo„yilmaydi. “Kirish”
bo„limining birinchi beti “3” soni bilan raqamlanadi
va shu ketma-ketlikka amal
qilgan holda raqamlashning uzluksizligi ta‟minlanadi. Shuningdek, foydalanilgan
adabiyotlar ro„yxati yozilgan betlar ham umumiy raqamlanishga qo„shiladi.
Ilovalar kurs ishining umumiy hajmiga kiritilmaydi.
Kurs ishida bob va bo„linmalarning nomlarini ajratib yozish kerak. Har bir bob
yangi sahifadan boshlanadi va boblar bosh harflar bilan yoziladi. Bob va
bo„limlarning nomlari qo„shtirnoqsiz yoziladi.
Masalan,
Dostları ilə paylaş: