13
bo„yicha diqqat bilan tekshirib chiqish talab etiladi. Zarurat tug‟ilganda matnni
to„ldirib, maromiga yetkazish lozim.
7. KURS ISHIGA TAQRIZ YOZISH VA HIMOYA QILISH
Talaba tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan va rasmiylashtirilgan kurs
ishi (elektron varianti bilan birga) belgilangan kurs ishlari
himoyasi sanasigacha
bo„lgan muddatdan kechiktirmay rahbarga taqdim etiladi.
Yozib tugallangan va rahbar tomonidan ma‟qullangan, muqovalangan kurs ishi
belgilangan muddatda kafedraga topshiriladi va taqriz qilinadi.
Kurs ishi taqrizida ishning ilmiy darajasiga,
amaliy tavsiyanomalarning
asoslanganligiga va ularning ahamiyatiga baho berilishi, yo„l qo„yilgan mavjud
kamchiliklar ko„rsatilishi va talaba mahorati baholanishi lozim (6-7-ilova).
Kurs ishini himoya qilishga tayyorgarlik paytida
talaba bajarilgan mavzu
mohiyati bo„yicha qisqacha so„zga chiqish matnini yozib olishi, so„zga chiqishi
uchun zarur bo„ladigan illyustratsiya (prezentatsiya) materiallarini tayyorlab qo„yishi,
taqriz mazmuni bilan tanishib chiqishi va taqrizchi e‟tirozlariga
javob tayyorlagan
bo„lishi kerak. Kurs ishi himoyasiga 7-9 ta slayd tayyorlash talab etiladi.
Kurs ishi himoyasi komissiyasining ochiq majlisida himoya qilinadi. 10-15
daqiqa mobaynida talaba kurs ishining asosiy jihatlarini bayon etadi, tadqiqotning
eng muhim
jihatlarini izohlab beradi, taklif va xulosalarni aytadi, savollarga javob
beradi.
Kurs ishining himoyasi komissiyasi himoya natijasi
va ilmiy rahbarning
taqrizini hisobga olgan holda yuz balli baholash tizimi bo„yicha baholaydi.
Dostları ilə paylaş: