5
menejmentni rivojlantirish va takomillashtirishga oid vazifalar, tanlangan mavzuning
umumnazariy masalalari ko„rib chiqiladi. Kurs ishida amaliy ma‟lumotlardan
foydalanilgan sanoat korxonasi (tashkiloti)ga tashkiliy-iqtisodiy tavsifnoma beriladi,
tanlangan mavzuga oid barcha nazariy bilimlardan, iqtisodiy-Statistik
va matematik
metodlardan foydalangan holda sanoat korxonasining iqtisodiy-xo„jalik va moliyaviy
faoliyati iqtisodiy tahlil qilinadi.
Iqtisodiy ko„rsatkichlar ro„yxati, tahliliy o„rganish davri, tahlil qilish shakllari va
jadvallari, iqtisodiy matematik modellari rahbar bilan kelishiladi.
Jadvallarning barcha hisob-kitob materiallari tashkiliy ishlardagi kamchiliklarni
ochib tashlashga va foydalanilayotgan manbalarni ko„rsatib berishga imkon beruvchi
xulosalar bilan tugallanishi lozim.
Asosiy qism o„rganilgan mavzudagi tashkiliy ishlarni takomillashtirish va sanoat
korxonasi boshqaruvi samaradorligini oshirish bo„yicha takliflar bilan tugallanadi.
Xulosa va takliflarda o„tkazilgan tadqiqotga qisqacha yakun yasalib, tanlangan
kurs ishi mavzusi yo„nalishlariga muvofiq holda menejment
faoliyatini tashkil etish
va sanoat korxonalarida operativ boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish hamda
samaradorligini oshirish bo„yicha aniq takliflar bayon etiladi.
Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil holda mantiqiy jihatdan savodli uslubda
yozilgan bo„lishi kerak. Ko„pso„zli bayonnomalarga, shuningdek o„quv qo„llanmalar
va iqtisodiy adabiyotlardan ko„chirib - yozishga ruhsat etilmaydi.
Dostları ilə paylaş: