II-bob. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatning tahlili.
Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat tahlilining mazmuni va usullari.
Strategiyani ishlab chiqish tahlilga asoslangan ish bo'lib, tahlil 2 yo'nalishda olib boriladi:
Tarmoqdagi vaziyat va undagi raqobatning shartlari.
Kompaniya ichidagi vaziyat, uning raqobatbardoshligi.
Tarmoqlar o'zining iqtisodiy ta'rifi, ulardagi raqobat va rivojlanish istiqbollari bo'yicha bir - biridan farq qiladi. Masalan: Ilmiy texnika taraqqiyoti sur'atlari yuqori va past bo'lishi mumkin. Xar bar tarmoq uchun zarur bo'lgan kapital qo'yilmalar xajmi xam xar xil bo'ladi. Bozorlar esa maxalliydan tortib dunyo
bozorigacha farqlanadi. Raqobat kuchli yoki zaif bo'ladi. Talab xam o'sib boruvchi yoki kamayib boruvchi bo'ladi.
Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatni tahlil qilishda aloxida usullar qo'llanilib, bu usullar tarmoqda bo'layotgan o'zgarishlar va raqobat kurashini baxolash imkonini beradi. Buning uchun quyidagi 7ta savolga javob topish lozim:
Tarmoqni ta'riflovchi umumiy iqtisodiy ko'rsatkichlar.
Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta'sirining darajasi.
Raqobat kuchlari tarkibida o'zgarish yasovchi omillar.
Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jixatlari.
Raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit omillari.
Raqobat qaysi yo'nalishda borishini kim belgilaydi?
Foyda olish nuqtai nazaridan tarmoqning jozibadorligi.
Vaziyat tahlilining maqsadi kompaniyaning ichki va tashqi muxitiga xos bo‘lgan va kompaniyaning strategik yo‘nalishi va imkoniyatlarini eng yorqin ifodalovchi jixatlarni aniqlashdan iboratdir. Bunda asosiy e'tibor strategiyaga oid bir qator muxim savollarga aniq javoblar topishga qaratiladi. So‘ngra bu savollar kompaniyadagi strategik vaziyatning aniq manzarasini shakllantirish va uning strategik xatti harakatlariga muqobil variantlarni belgilash uchun foydalaniladi.
Yakka biznes bilan shug'ullanuvchi kompaniyadagi strategik vaziyatni tahlil qilish usullari kelgusida kupincha diversiyalangan kompaniyaning strategiyasini tahlil qilishda ham foydalaniladi.
Yakka biznes bilan shug'ullanuvchi kompaniyadagi tashqi vaziyatni (makromuxitni) tahlil qilishda odatda soxa va raqobat tahlillaridan foydalaniladi. Vaziyatni tahlil qilishda firmaning eng yaqin atrofi (mikromuxiti) o‘rganiladi. Pastdagi rasmda yakka biznes bilan shug'ullanuvchi kompaniya uchun strategik tahlilning strukturasi keltirilgan. Kompaniya strategik tahlilining mantiqiy yechimi strategiyani tanlashda muqobil variantlarga baxo berishdir. Shunday qilib, ushbu tahlil strategik rejani shakllantirishning dastlabki nuqtasidir.
Vaziyat tahlilidan strategik tanlovga
Dostları ilə paylaş: |