Menejment strategiyasi va taktikasi


Tarmoqni ta'riflovchi umumiy iqtisodiy ko'rsatkichlar



Yüklə 348,23 Kb.
səhifə10/14
tarix19.10.2022
ölçüsü348,23 Kb.
#65530
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Menejment strategiyasi va taktikasi-fayllar.org

Tarmoqni ta'riflovchi umumiy iqtisodiy ko'rsatkichlar.


Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatning tahlili asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlarni o'rganishdan boshlanadi. Bu ko'rsatkichlar quyidagilardan iborat:


  1. Bozor xajmi.


  2. Raqobat miqyosi (maxalliy , regional, dunyo).


  3. Bozorning o'sish sur'atlari va uni rivojlanishining qaysi bosqichda ekanligi.


  4. Raqobatchilar soni va ularning xajmi.


  5. Xaridorlar soni va ularning moliyaviy imkoniyatlari.


  6. Integratsiya qaerga qarab ketayapti?


  7. Texnologik o'zgarishlarning yo'nalishi va sur'atlari.


  8. Tarmoqqa kirish va undan chiqish osonligi.


  9. Raqobatchilarning maxsuloti va xizmatlarining tabaqalanish darajasi.


  10. Kompaniyaning ishlab chiqarish xajmi, transportirovka qilish , marketing va reklamani


tashkil qilishda tejamkorlikka erishish imkonining borligi.


11. Tarmoqdagi «o'qitish / tajriba» egri chizig'i ijobiy tendentsiyaga egami?

  1. Tarmoqqa zarur bo'lgan kapital sarmoyalar qo'yilyaptimi?


  2. Tarmoqdagi daromad darajasi umumiy daromad darajasidan pastmi yoki yuqorimi?


Ushbu ko'rsatkichlar bo'yicha soxaning «portretini» tuzib, so'ng uni tahlil qilib chiqish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ushbu jadvalda ayrim iqtisodiy ko'rsatkichlarning strategik jixatdan muximligiga doir ma'lumotlar keltirilgan.


Tarmoqdagi asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlarning strategik axamiyati

Ko‘rsatkich


Ko‘rsatkichlarning strategik axamiyati


Bozorning kattaligi


Kichik bozorlarda katta va yangi raqobatchilarni jalb qilish tendentsiyasi kuzatilmaydi; katta bozorlar muayyan tarmoqlarda raqobatli ustunlikni mustahkamlash maqsadida turli kompaniyalarni sotib olmoqchi bo'lgan korporatsiyalarni o'ziga jalb qiladi.


Bozor hajmining ortishi


Jadal sur'atlar bilan o'sish yangiliklarga olib keladi, o'sishning sekinlashishi esa raqobatni kuchaytiradi va zaif raqiblarni kurashdan chiqarib tashlaydi.


Ishlab chiqarish quvvatlarining ortiqchaligi yoki tanqisligi


Ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari xarajatlarni ko'paytirib, daromadni kamaytiradi, ularning tanqisligi esa xarajatlarga oid teskari tendentsiyalarga olib keladi.


Tarmoqning daromadliligi


Yuqori daromadli tarmoqlar xam yangiliklarga olib keladi.


Kirish/chiqish

to‘siqlari

Yuqori to'siqlar mavjud firmalarning mavqeini va ularning daromadlarini ximoya qiladi, to'siqlar past bo'lganda esa yangi firmalarning kirib kelishi





ularga salbiy ta'sir qiladi.


Tovar xaridorlar uchun qimmat


Ko'pchilik xaridorlar tovarni eng past narxlarda sotib oladilar.


Standartlashtirilgan tovarlar


Xaridorlar bir sotuvchidan boshqa sotuvchiga oson utishlari mumkin


Texonologiyaning


tez o‘zgarishi


Texnologiya va asbob uskunalarga ajratilgan investitsiyalar ularning eskirib qolishi tufayli o‘zini oqlamay qolishi xavfi kuchayadi.


Kapitalga qo‘yilgan

talablar

Katta talablar investitsiyalarga oid qarorlarga tanqidiy munosabatda bo‘ladi, investitsiyalash momenti muxim bo‘lib boradi, kirish va chiqish to‘siqlari kuchayadi.


Vertikal integratsiya


Kapitalga qo'yilgan talablar kuchayib boradi, ko‘pincha raqobatli differentsiatsiya hamda integratsiya darajasi turlicha bo‘lgan firmalar o‘rtasidagi qiymat differentsiatsiyasi kuchayadi.


Ko‘lamdan tejash


Narx bo‘yicha raqobatlashish uchun zarur bo‘lgan bozor xajmlari kattalashadi.


Tovarlar tez yangilanishi


Tovarning xayot sikli qisqaradi.




Yüklə 348,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin