Menejment va marketing


-rasm. Boshqaruv tizimidagi axborot aloqalari



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/24
tarix19.06.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#132557
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
korxonalarda tavakkalchilikni boshqarish (1)

9-rasm. Boshqaruv tizimidagi axborot aloqalari
16

Boshqaruvchi 
organ 
boshqariluvchi 
obyektning 
holati 
hamda 
boshqariluvchi obyekt bog„liq bo„lgan tashqi muhim holati haqida axborotlar 
olib turadi. Bu axborot boshqaruvchi va organ tomonidan qabul qilinadi va shu 
axborot asosida u boshqaruvchi axborot (qaror, buyruq)ni ishlab chiqadi. 
Shundan keyin axborot boshqariluvchi obyektga ta‟sir o„tkazadigan 
boshqaruvchi tizimning ijroiya organiga yuboriladi va bajarilishi nazoratga 
olinadi. 
Innovatsion jarayonda dinamik tizim sifatida nafaqat yangi g‟oyalar, yangi 
bilimlarni yaratish, ishlab chiqarish va iste‟mol qilish tizimchasini, balki g„oyani 
tajribali namunada ishlab chqarishli ro„yobga chiqarish uchun yangi uskuna, 
yangi texnologiya, yangi materiallarni qo„llashni ham ajratish kerak. Yangilik 
kiritish ilmiy-texnik gavdalantirish bosqichini o„tadi, u muhandislik takliflari, 
laboratoriya sinovlari, konstruktorlik hujjatlarini yaratilishi, tajriba namunalarini 
yaratilishi va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning natijasi bo„ladi. 
Yangilik kiritishdan haqiqiy samara faqat uning bozor sharoitlaridagi 
tarqatilishi, diffuziyasi va tijoratlashtirilishi natijasida namoyon bo„ladi. 
16
Мартин Г., Хетрик С. “Корпоративные репутации, брендинг и управление персоналом”. Учебник. М.:: 
«Группа ИДТ», 2013. – 63-с. 
Boshqaruvchi tizim 
Boshqariluvchi 
tizim, 
Boshqaruv buyrug„i 
Tashqi 
axborot 
Ichki axborotlar 


66 
Innovatsiyalar yashash davrasining umumlashtirilgan chizmasi 9-rasmda 
berilgan. 
Ishlab chiqarish va mahsulotning qayd etilgan ishlab chiqarish omillari va 
determinatsiyalangan 
turiga 
mo„ljallangan 
markazlashgan 
boshqaruv 
qaytarilmaydigan holda o„tmishda qoldi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida har 
handay firma o„z innovatsion strategiyasi va tashkiliy to„zilmasini mustaqil 
ravishda belgilaydi, qo„llaniladigan texnologiyalar turini tanlaydi, zarur 
texnologik uskunalarni tanlab oladi va kerakli miqdor va sifatdagi moddiy va 
nomoddiy resurslarni oborotga jalb etadi. Firmaning yangilik kiritishdan 
foydalanish sohasidagi faoliyatini tashkil qilish aloqida bosqichlardan iborat 
g„oyat murakkab tadbirlardan tashkil topadi, ular umuman yangilikning yashash 
davriga ta‟sir ko„rsatadi. Loyihaviy yondashuv butun ilmiy ishlab chiqarish 
doirasini chiqishga asoslanadi, unda yangiliklarni ishlab chiqish, yaratish, tadbiq 
etish va tarqatishdan tortib mahsulotni foydalanishdan olib tashlashgacha 
bo„lgan jarayon tushuniladi. Innovatsiya bo„yicha ilmiy-ishlab chiqarish davr 
tushunchasi prinsipial texnik-texnologik tizimlar hamda tajribali namunalar 
almashuvi va uskunalarning mavjudlarini almashtirishga tegishlidir.
Ishlab chiqarishdagi texnologik qarorlar, texnika va tayyor mahsulotlar 
modellarining doiraviy aylanishi va almashuvi innovatsion jarayonning asosiy 
mazmuni hisoblanadi. Ishlab chiqarish tizimlarining yashash davri ishlab chiqish 
bosqichidan boshlanadi. Bu erda ilmiy tadqiqotlar, tajribaviy namunalarni tuzish 
va yaratish, sinovlarni o„tkazish amalga oshiriladi.
Mahsulot murakkablashgani va modernizatsiyalangani sari bu bosqich 
borgani sari kattaroq ahamiyat kasb etadi. Birinchi bosqich seriyali ishlab 
chiqarishga o„tish to„g„risida qaror qabul qilish bilan yakunlanadi. Mahsulotning 
ilm iste‟moli qancha yuqori bo„lsa, kichik seriyali ishlab chiqarishning roli va 
qo„llanilayotgan texnologik qarorlarning egiluvchanligi va moslashuvchanligi 
shunchalik yuqori. 


67 
Boshqaruv tizimida axborotni o„zatish, olish, qayta ishlash va berish 
jarayoni amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning borishi to„g„risidagi ichki 
axborot boshqaruvchi tizimga muttasil kelib tushadi. Bu: 
-ish o„rinlarig va xom-ashyoning kelib tushishi; 
-stanok, uskunalarning ishlashi; 
-ishchilarning ishlab chiqarish normalarini bajarishi; 
-tayyorlangan buyumlar miqdori va ularning sifati; 
-mahsulotlarni sotishi haqidagi axborotlar. 
Tashqi axborotlar, ya‟ni: 
-yuqori tashkilotlardan olinadigan farmoyish, qaror va topshiriqlar; 
-mahsulot iste‟molchilari talablari; 
-boshqa korxonalarning ilg„or tajribalari; 
-raqobatdoshlarning xatti-harakatlari; 
-bozorlardagi holat, ulardagi muvozanat4 
-inflyatsiya va ishsizlik darajasi; 
-byudjetga to„lovlar va hokazolarda oid ma‟lumotlar shu turkumdagi 
axborotlar sirasiga kiradi. Bular tashqi muammolardan kelib chiquvchi 
axborotlar hisoblanadi. 
Agar korxona ichida axborot oqimlarining kelishi va tashqi diniy bilan 
aloqalar bo„zilsa, korxonaning yashashi xavf ostida qoladi. 
Tavakkalchilik darajasini pasaytirish-yo„qotish hajmi va sodir bo„lish 
ehtimoliyatini qisqartirishni bildiradi.
Investor moliyaviy tavakkalchilik xatarini pasaytiruvchi aniq vositalarini 
tanlar ekan quyidagi prinsiplardan kelib chiqishi kerak: 
-o„z mablag‟idan ortiq miqdordagi xatar bilan tavakkalchilik qilmaslik 
kerak. 
-tavakkalchilik xatarini oqibatini o‟ylash kerak. 
-o„z daromad ishtiyoqida katta xatarga bormaslik kerak. 
Birinchi prinsip amalga oshirishning mazmuni shuki, kapital kiritishdan 
oldin, investor:


68 
-maksimal darajada ko‟rishi mumkin bo„lgan zarar xajmini aniqlashi; 
-«uni kiritiladigan kapital xajmi bilan taqqoslashi»; 
-uni o„zining barcha xususiy moliyaviy resurslari bilan taqqoslanish agar 
bu kapitaldan ajralib kolsa, bankrot bo„lmasligini aniqlashi kerak. 
Kiritiladigan kapitaldan ko„riladigan zarar xajmi shu kapital xajmiga teng, 
yoki undan ortiq yoki kam bo„lishi mumkin. To‟g‟ridan-to‟g‟ri 
invetsitsiyalashda zarar hajmi qoidaga ko„ra venchur kapital xajmiga teng 
bo„ladi. 
Chegaraviy daraja ko„rsatkichlari loyihaning uni amalga oshirish shart-
sharoitlarining o„zgarish ehtimolliklariga nisbatan barqarorlik darajasini 
xarakterlaydi. t – yil uchun parametrning chegaraviy miqdori bo„lib shunday 
miqdor hisoblanadiki, bunda loyihadan keladigan sof foyda nolga teng bo„ladi. 
Ushbu guruhning asosiy ko„rsatkichi bo„lib zararsizlik nuqtasi (ZN) hisoblanib, 
bu hisobot davri mobaynida mahsulot yoki xizmatlarni sotishning jismoniy 
hajmining darajasi bo„lib, bunda mahsulot sotishdan kelgan tushum ishlab 
chiqarish xarajatlari bilan mos keladi.
Loyihaning mustahkamligini tasdiqlash uchun shu narsa zarurki, zararsizlik 
nuqtasining miqdori ishlab chiqarish va sotishning nominal hajmlari 
miqdorlaridan kam bo„ladi. Zararsizlik nuqtasi ulardan qanchalik uzoq bo„lsa 
(foizli nisbatda), loyiha shunchalik mustahkam bo„ladi. Odatda, zararsizlik 
nuqtasining miqdori nominal ishlab chiqarish hajmining 75% idan yuqori 
bo„lmasa, loyiha mustahkam loyiha deb tan olinadi. 
Zararsizlik nuqtasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 
ZN q Xd G (N – XO„), 
Bu yerda Xd – doimiy xarajatlar, ularning hajmi mahsulot ishlab chiqarish 
hajmi bilan to„g„ridan-to„g„ri bog„lanmagan, rub.; N – mahsulot birligining 
narxi, rub.; XO„ – o„zgaruvchan xarajatlar, ularning miqdori mahsulot ishlab 
chiqarish hajmining o„zgarishi bilan o„zgaradi, so„m. G birlik. 


69 
XULOSA 
1. Tavakkalchilik-bu muqarrar tanlov vaziyatidagi noaniqliklarni bartaraf 
etish bilan bog„liq jarayonda ko„zlangan natijalarga erishish omadsizlik va 
maqsaddan chekinish ehtimolini miqdor va sifat jihatdan baholash imkoniyati 
mavjud holdagi faoliyatidir. 
«Tavakkalchilik»-xodisasida uning mohiyatini tashkil etuvchi va o„zaro 
bog„liq bo„lgan quyidagi asosiy elementlarini ajratib ko„rsatish mumkin: 
-tanlangan muqobillikni (alternativani) amalga oshirish maqsadida 
ko„zlagan maqsaddan chekinish mumkinligi; 
-ko„zlagan natijaga erishishning ehtimolligi. 
-ko„zlagan maqsadga erishish uchun ishonchsizlik (ishonchning yo‟qligi) 
-muqobillikni noaniq sharoitdagi tanlovni amalga oshirish bilan bog„liq 
moddiy, ma‟naviy va boshqa yo„qotishlarning mavjudligi. 
Tavakkalchilikning muhim elementlaridan biri bu tanlangan maqsaddan 
chekinish ehtimolini borligidir. Bunday holdagi farqlanish ijobiy va salbiy 
xislatda bo„lishi mumkin. 
Ko„rsatib o„tilgan elementlar, ularning o„zaro bog„liqligi va o„zaro 
ta‟sirchangligi tavakkalchilikning mazmun mohiyatida namayon bo„ladi. 
2. Tavakkalchilik-faoliyatining xilma-xilligini ifodalar ekan, bir tomondan 
tanlov muqarrarlik vaziyatida va noaniqlik sharoitidaligi murakkab uslublar 
bilan umum ahamiyatga moil natijalarni olishga yo„naltirilgan bo„ladi. Shu bilan 
bir katorda u konservatizm, dugmatizm, qoloqlik kabi jamiyat taraqqiyotga 
ruxiy to„siqlarni bartaraf etadi. Tugamoq bo„luvchi ruhiy to„siqlarni bartaraf 
etadi va yangi istiqbolli faoliyat turlarini joriy etishga qarshilik jamiyat 
taraqqiyotiga tormoz qiluvchilarga qarshi muvoffaqiyatni ta‟minlashga 
yo„naltirilgan yangi istiqbolli faoliyat turlarini joriy etishga tashabbuskor 
ijtimoiy eksprimentlarni yangi g„oyalarni amalga oshirishni ta‟minlaydi. 
Tavakkalchilikning bu xususiyati muhim iqtisodiy, siyosiy va ma‟naviy 
ruhiy oqibatga sabab bo„ladi chunki u jamiyat va texnika taraqqiyotini 
ta‟minlaydi, jamoatchilikning fikrlash doirasiga ijobiy ta‟sir etadi. Ikkinchi 


70 
tomondan, tavakkalchilik avaityurizm, valyuntarizm, subyektivizimga, ijtimoiy 
taraqqiyotni tormozlashga olib keladi. 
3. Tavakkalchilikning 
qarama-qarshi 
tabiati 
mavjud 
tavakkal 
harakatlarning to‟qnashuvida namoyon bo„ladi. Masalan u yoki bu harakatni 
amalga oshirish uchun maqbul yo„lni tanlagan kishi o„zini tavakkal ish qilgan 
deb hisoblasa, boshqa odamlar tomonidan u ehtiyotkorlik, har qanday 
tavakkalchilikdan xolis yoki aksincha deb baholash mumkin. 
Tavakkal vaziyatning aniq mazmuniga bog„liq xolda alternativlik turli 
darajada murakkablikga ega bo„ladi va u turli usullarda hal etiladi. Agar oddiy 
vaziyatlarda tanlov amalga to‟plangan tajriba va ichki xis-tuyg„uga asoslansa, 
murakkab vaziyatlarda qo‟shimcha maxsus usul va uslublardan foydalanish 
zarur. Tavakkalchilikni mavjudligi bevosita o„z mazmun shaklining xilma-xiligi 
bilan farqlanuvchi noaniqliklar bilan bog„liq 
Tavakkalchilikni bu xislatiga e‟tiborni qaratishimizning muhimligi shundan 
iboratki u noaniqlikning obyektiv va subyektiv manbaalarini inkor etadi va 
boshqaruv jarayonlarini amalda optimallashtiradi, qolaversa gap qandaydir 
noaniqliklarni to„liq bartaraf etish ustida emas (amalda mumkin bo„lmagan), 
balki ratsional alternativani tanlash maqsadida tavakkalchilikni hisobga olish 
zarurati ustida ketmoqda. 
Agar tashkilotning xo‟jalik manfaatlari davlat manfaatlari bilan mos kelsa, 
u holda jamoatchilik manfaatlariga zid holatlar vujudga keladi. Shuning uchun 
xo‟jalik rahbarlarini jinoiy javobgarlikka tortish usuli kam qo‟llaniladi. Ko‟p 
hollarda qandaydir huquqiy manfaatlarga zid hatti-harakat oqibatida yetkazilgan 
zararni qoplash usulidan foydalaniladi. 
4. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish byujetning daromadlar bazasini 
mustahkamlash va foydalanish hamda byujet mablag„larining natijadorligini 
oshirish yuzasidan quyidagilarni taklif etaman: 
Tuman mahalliy byujetlariga tushayotgan soliq va boshqa to‟lovlarni, 
boqimanda qarzdorliklarni va ortiqcha to‟lovlarni tuman moliya bo„limlari 
tomonidan tez va sifatli tahlil qilish hamda zarur chora-tadbirlar belgilash 


71 
maqsadida Davlat soliq inspeksiyasining electron ma‟lumotlar bazasiga 
o„zgartirishlar kiritish huquqisiz bog„lanish tartibini joriy etish; 
Bunda tuman mahalliy byujetiga soliq va boshqa tushumlarni tezkor 
boshqarish imkoniyati yaratiladi 
Barcha byujet tashkilotlarining mukammal elektron pasport ma‟lumotlar 
bazasini yaratish (ushbu ma‟lumotlar bazasida byujet tashkiloti binolari 
to‟g„risida, egallagan maydoni, byudjet tashkilotining funksional vazifasidan 
kelib chiqadigan ko‟rsatgichlar).
-Byujet tashkilotining kelgusi yil xarajatlarni rejalashtirishda va shtat 
birligini belgilangan me‟yorlar doirasida tasdiqlanishiga imkoniyat yaratadi; 
5. Tuman moliya bo„limining amaldagi shtatlari doirasida alohida 
daromadlar bilan ishlovchi shtat birligini tashkil etish. “Byujet tizimi 
to‟g„risida”gi qonun va ushbu qonun osti hujjatlarda daromadlar tushumi 
rejasini bajarilishiga moliya organlari ham mas‟ul etib belgilanganligi sababli 
-Tuman mahalliy byujetiga soliq va boshqa tushumlarni tezkor boshqarish 
imkoniyati yaratiladi 
Tovar yetkazib beruvchi (xizmat ko„rsatuvchi) korxonalar tomonidan tovar 
yetkazib berish (xizmat ko„rsatish) bo„yicha yutib olingan e‟lonlar, tiketlarga 
tuziladigan shartnomalarni umumiylashtirish 
Bunda 4 guruh xarajatlari bo„yicha tuzilgan shartnomalar o„z vaqtida 
dasturga kiritilishi, ishlarning sifatli bajarishiga hamda qog„oz iqtisodlanishiga 
erishiladi; 
Agar yuqoridagi takliflar joriy etilsa tavakkalchilakni oldi olinadi va 
xarajatlarni kamayishiga olib keladi 


72 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin