-lizing oluvchining faoliyat olib borayotgan sohasidagi raqobatbardoshligi;
-narx shakllanishi va kooperativ aloqalar;
-fors-major holatlar.
Ichki risklar:
-lizing oluvchining to„lovga qobiliyatliligining yo„qolishi;
-lizing oluvchi kompaniyani boshqaruvi holati, xodimlarni boshqarish;
-ishlab chiqarish texnologiyalariga amal qilinishi, ishchilar malakasi;
-qalloblik, lizing oluvchining lizing bitimi shartlarini bajarishdan bosh
tortishi.
Lizing bitimi shartlarining samarali bajarilishi va qo‟yilmalarning
qaytishini ta‟minlash uchun lizing beruvchilar bitimga mijoz uchun qimmatli
bo„lgan barcha narsalarni qo„shishi va kerakli holatda bundan foydalanishi
lozim.
Ikkinchi bosqich risklari lizing kompaniyasi faoliyati bilan bog„liq risklar:
Birinchi o‟rinda bularga lizing kompaniyasining lizing bitimlari portfeli
bilan bog„liq risklar kiradi. Lizing bitimlari portfeli turli xil usullar bilan
baholanadi, jumladan, ma‟lum lizing kompaniyalari turli reyting sistemalaridan
foydalanishadi. Bundan tashqari tarmoqlar bo„yicha to„g„ri taqsimot olib borish
mumkin, bunda bir tarmoqqa jami lizing bitimlari portfelining 20-30 % dan ortiq
bitim kiritish mumkin emas.
Rossiya amaliyotida qayta moliyalashtirish bilan bog„liq risklarni ham
ko„rib chiqish lozim. Bunday holat Rossiya banklari suzib yuruvchi stavkada
kreditlashi hamda har bir qarz oluvchi uchun limit mavjudligi bilan bog„liq.
50
Lizing kompaniyasi faoliyatining boshidanoq banklar ularni kuni kelib
moliyalashtirishni to‟xtatishini tushunishi kerak. Shuning uchun doimiy ravishda
ustav kapitalini oshirib borishi va lizing faoliyatini to‟xtovsiz olib borishi kerak.
Shuningdek risklarni boshqarish uchun boshqa usullar ham qo‟llaniladi:
1.Bo‟nak to„lovlari yoki garov ta‟minotining qo‟llanilishi lizing bitimida
keng
tarqalgan
shartlardan
biri
hisoblanadi.
Mijozlarning
kreditga
layokatliligini, ishonchlilgini aniqlash tizimi, asbob-uskunani tez qaytarish
mexanizminig mukammal emasligi oqibatida mijozlarning to„lovlarni amalga
oshirmaslik holatlarini oldini olishda bo‟nak va garov ta‟minotlarini olinishi
salmoqli o„ringa ega. Bo‟nak to„lovlari qiymati lizing bitimining 20 %i
miqdorini tashkil etadi. Qo„shimcha garov ta‟minoti ham lizing ob‟ekti
narxining 20 % qiymatida bo‟ladi. Lizing oluvchiga ishonchning ortishi bilan
bo‟nak va garov ta‟minotiga bo„lgan talablar yumshatilishi mumkin.to„lovlar o„z
vaqtida amalga oshirilishi uchun turli jarimalar qo‟llanilishi mumkin, masalan,
to‟lanmagan mablag„dan kunlik 0,05-0,15% miqdorida. Ba‟zi to„lovlar amalga
oshirilmagan holatlarda lizing beruvchi mol yetkazib beruvchilar bilan lizing
ob‟ektini ma‟lum chegirmalarni qo‟llagan holda qayta sotib olish to„g„risida
bitimlar tuzishlari mumkin.
2.Asosiy aksioneri banklar bo„lgan lizing kompaniyalarining risklarni
kamaytirish uchun keng qo‟llaniladigan usullaridan biri bo„lib, lizing oluvchilar
lizing kompaniyasining ta‟sischisi bo„lgan bankda o„z hisob raqamini ochgan
bo„lishidir. To„lovlar amalga oshirilmagan holatlarda bank qarzdor mijozning
hisob raqamlarini muzlatib qo‟yishi mumkin.
3.Kuzatuv va nazoratni amalga oshirish orqali ham risk darajasini
kamaytirish mumkin. Lizing qompaniyalari ustav kapitalining asosiy ulushiga
ega bo„lgan ba‟zi banklar mijozlardan olingan hujjatlarni bank kredit bo„limi
ko„rib chiqishini talab qilishadi. Belgilangan tartibda barcha hujjatlar ko‟rib
chiqilgandan so„ng har bir holat bo„yicha bank lizing bitaimi tuzish yoki kredit
berish to„g„risida tavsiyalar beradi.
4.Lizing kompaniyalari lizing bitimi xavfsizligini davlat kafolatlarini
51
qo„llash orqali ta‟minlashlari ham mumkin. Masalan, regional ma‟muriyat
ma‟lum bir korxona yoki zavodning kengayishiga o„z e‟tiborini qaratsa, lizing
bitimi majburiyatlari bajarilishini ta‟minlovchi kafolatlar beradi. Biroq bunday
kafolat lizing kompaniyasini yetarli darajada tinchlantirmaydi, chunki har doim
ham bunday funksiyalarni bajarish uchun ularda yetarli mablag„ mavjud emas.
5.Lizing bitimi (jumladan, moliyaviy risklar) ni sug„urtalash Rossiyada
juda qimmat bo„lib, sug„urta to„lovlar asbob-uskuna qiymatining 10-15% ni
tashkil qiladi. Sug„urta kompaniyasini tanlash muammosi ham mavjud, chunki
Rossiyada ko„plab sug„urta kompaniyalari bo„lib, ulardan faqat bir nechtasida
moliyaviy
risklarni
sug„urtalashga
litsenziyalar
olingan.
Lizing
kompaniyalarining fikricha faqat ularning o‟zlari sug„urtalovchi sifatida
qatnashishlari
maqsadga
muvofiqdir.
Ishonchli
bo‟lmagan
sug„urta
kompaniyalari osonlik bilan kichik va o„rta biznes sub‟ektlarini aldashlari
mumkin. Bundan tashqari faqat kompaniyaning o„zigina sug„urta badallarining
o„z vaqtida to‟lanishini ta‟minlashi mumkin. ,
Yuqorida sanab o„tilgan usullarning hech biri lizing faoliyati bilan bog„liq
risklarni samarali boshqarish imkonini bermaydi, balki faqatgina lizing
bitimining kimmatlashishiga va majburiyatlarning bir sub‟ektdan ikkinchisiga
o„tkazilishiga olib keladi xolos.
Ma‟lumki barcha investitsiyalar, jumladan, lizing operatsiyalari orqali
amalga oshiriladigan munosabatlar, ko„p jihatdan qo„yilmalarning qaytish
kafolati, qarzdor korxonaning vaqtinchalik yoki to„liq to„lovga layokatsizligi
oqibatida yuzaga keladigan yuqotishlarni qoplashdagi sug„urta to„lovlariga
bog„liq buladi.
Rossiyada o„tkazilgan lizingni rivojlantirish xalqaro konferensiyasida
Yevropa lizing kompaniyalari assotsiatsiyasi prezidenti (Leaseurope) Mark
Bayert o„z ma‟ruzasida, g‟arbda eng ishonchli ta‟minot - mulk huquqi ekanligini
alohida ta‟kidlab o‟tdi. Ekspertlarning baholashicha bugungi kunda moliya
bozorida kreditlarning 50 % i lizing operatsiyalari garovi ostida, ya‟ni lizing
ob‟ektining o„zini garovga olish orqali berilmoqda.
52
Quyida Rossiya lizing beruvchilari va ularni kreditlaydigan banklar talab
qiladigan garov ta‟minotlarini ko„rib chiqamiz:
«Interros» moliya sanoat guruhiga kiruvchi «Interros-lizing» lizing
kompaniyasining garov ta‟minot bo„yicha qo„ygan talablari nisbatan kompleks
qo‟yilgan bo„lib, ushbu moliya-sanoat guruhida faol qatnashchilar sifatida
ONEKSIMbank i AKB MFK faoliyat olib boradilar. «Interros-lizing» lizing
kompaniyasi mijozlari bilan garov ta‟minot masalasi bo„yicha quyidagicha
tarzda munosabatlarni tashkil qiladi.
AKB MFK ili ONEKSIM bankning mijozi bo‟lmagan lizing oluvchilar
uchun lizing bitimini tuzishdagi asosiy shartlardan biri bo„lib ta‟minot sifati
hisoblanadi, ya‟ni majburiyatlar muddati kelganda lizing beruvchi va uning
bankining xarajatlarini qoplash va lizing to„lovlarini amalga oshirish kafolati.
Lizing beruvchi, uning faoliyat turi, o„tgan yillar mobaynida u tomondan
olib borilgan xo„jalik va moliyaviy faoliyat yakunlari, turli aloqalarining
mustahkamligi, imidji, hamkorlarining doimiyligi va ishonchliligiga bog„liq
holda har bir aniq holat bo„yicha garov ta‟minoti turli shakl va hajmda bo„lishi
mumkin.
Lizing bitimi ta‟minoti sifatida quyidagilar qatnashishi mumkin.
1.Bank kafilligi (kontrkafillik) va yoki ma‟lum bir banklar veksellari, ya‟ni
bankning o„z mijozi uchun «Interros-lizing» oldida mijozi to‟lamagan barcha
to„lovlarni to‟lash kafolati;
2.Moliyaviy barqaror korxonalarning veksellari;
3.Yirik byudjet korxona va tashkilotlari veksellari;
4.Lizing to„lovlarini qoplashni ta‟minlovchi fondlar;
5.Ishonchli kompaniyalar kafilligi;
6.Qimmatli qog‟ozlar garovi;
7.Yuqori likvidli tovarlar garovi;
8.Kuchmas mulk garovi;
9.Mol etkazib beruvchi tomonidan qayta sotib olish kafolati;
10.Vakolatli bank tomonidan tasdiqlangan forvard shartnomalari;
53
11.Likvidli aksiyalar REPOsi;
12.Vakolatli banklardagi eksporterlar bilan shartnomasidan eksport
tushumi;
13.Boshqa mulk va aktivlar garovi;
14.Davlat va munitsipal fondlarning tasdiqlangan kafolati;
15.Lizingga berilayotgan mulk qiymati ham qisman ta‟minot sifatida
qaraladi;
16.MFK ili v ONEKSIM bankda maxsus hisob raqam ochish orqali lizing
to„lovlari amalga oshirilishini ta‟minlash. Ushbu hisob raqamlar lizing to„lovlari
amalga oshirilganda to„liq ochiladi.
Lizing loyihasini amalga oshirishda texnika, texnologiya sotuvchi korxona
«Interros-lizing»dan uning ta‟sischilari hisoblangan AKB MFK yoki ONEKSIM
banklaridan mol etkazib beruvchilarga barcha moliyaviy majburiyatlar amalga
oshirishini kafolatlovchi kafillik oladi.
«Promstroylizing» lizing kompaniyasi lizing loyixalarini ko„rib chikkanda
o„z mijozlariga qo„yidagicha ta‟minot shakllarini taqdim qilishini talab etadi:
1.Promstroybank ishonchiga ega bo„lgan banklar kafilligi;
2.Promstroybankda qo„shimcha shartnoma tuzgan holda xorijiy valyuta
tushumini lizing to„lovlariga yo‟naltirish va lizing oluvchining hisob raqamidan
akseptsiz to‟lash huquqi;
3.Yuqori likvidli mahsulot;
4.Ishonchli kompaniyalarning kafillik shartnomasi. Bunga asosan
Promstroybank kafolatlovchi hisob raqamidan mavjud qarz mikdorini akseptsiz
tulash huquini oladi;
5.Yuqori rentabelli korxonalar va Tveruniversalbank veksellari;
6.Barchaga ma‟lum yirik korxona va tashkilotlarning «golubie fishki» deb
nomlanuvchi aksiyalari: Noril nikel, «Bratskiy sellyulozno-bumajniy» kombinat,
Svetlogorsk SBK va boshqalar.
Barcha holatlarda kafillik qiymati lizing to„lovlari amalga oshirilishi bilan
mos ravishda kamayib boradi.
54
«Moskovskaya lizingovaya kompaniya» lizing munosabatlarini tashkil
qilishda mijozlari tomonidan kafolat ta‟minotini quyidagicha taqdim qilinishini
talab qiladi, ya‟ni qo„shimcha ravishda quyidagilar bo„lishi lozim:
1.Qaytarib beriluvchi loyiha qiymatining 10% ni tashkil qiladigan
miqdorda mablag„ qo‟yilmasi (ushbu mablag„ lizing to„lovlari muddatidan
kechikmasdan to‟langan holda lizing muddati tugagandan so„ng qaytarib
beriladi);
2.Kuchmas mulk garovi;
3.«Moskovskaya lizingovaya kompaniya» tavsiya etgan sug‟urta
kompaniyasida texnika- texnologiyani majburiy sug„urtalash.
Taqdim qilinayotgan investitsiya loyihalari sarasiga kiruvchi lizing
loyihalarini ko„rib chiqishda Inkombank quyidagi holatlarga bog„liq holda ish
yuritadi.
Lizing oluvchilardan kredit to„lovi ta‟minoti sifatida depozit, yuqori
likvidli aktivlar va boshqalar talab qilinadi. Shuningdek, aniq tayyorlangan
biznes reja, lizing oluvchi tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar marketingi,
xom-ashyo yetkazib beruvchilar bilan aloqalarning ishonchliligi asosiy
talablardin hisoblanadi.
Shuningdek, Inkombank xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan
kafilliklarni o„z mijozlarining topshirig‟iga asosan berishi mumkin. Bulardan
keng tarqalganlari bo„lib quyidagilar hisoblanadi:
♦to„lov majburiyatlarini ta‟minlovchi kafolat;
♦shartnoma shartlari bajarilishini ta‟minlovchi kafolat;
♦bo‟nakni kaytarish kafolati;
♦tender kafolatlari;
♦bojxona kafolatlari;
♦«loyiha» kafolati.
Tender kafolati – kompaniya tender savdolarida qatnashish istagini
bildirganda tender tashkilotchilari tomonidan talab qilinadigan bank kafolati
bo„lib, bunda asosan kompaniya tenderda yutib chiqqan holatda qo„yilgan
55
shartlar asosida bitim tuzishini kafolatlaydi.
Shartnoma imzolangandan so„ng tender kafolati mavjud shartnoma
shartlari bajarilishini ta‟minlovchi kafillikka qayta rasmiylashtirilishi mumkin.
Bunga asosan shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda kontragentga jarimalar
to‟lanishi ta‟minlanadi.
Buyurtmachi tomonidan ma‟lum miqdorda bo‟nak to‟langan holatda
bo‟nakni qaytarib olish kafolati olinishi mumkin. Bunda shartnoma
bajarilmagan holatda bo‟nakni qaytarib olish kafolati bo‟ladi.
Bank kreditlari va taqdim qilingan kafolatlarning ta‟minoti bo„lib
loyihaning o„zi, ya‟ni yangi tashkil qilinayotgan yoki rekonstruksiya
qilinayotgan korxonaning kelgusida oladigan daromadi hisobga olinishi
investitsion loyihalarni moliyalashtirish xalqaro amaliyotida keng tarqalib
bormoqda.
«Loyiha» kafolatlarini taqdim qilishdagi asosiy tamoyillardan bo„lib
quyidagilar hisoblanadi:
♦Loyihada ishonchli va hamkorlikka tayyor hamkorlarning qatnashishi;
♦Texnik iqtisodiy asoslashning yuqori malakali tayyorlanganligi va bank
bilan kelishilganligi;
♦Loyihaning yetarli darajada kapitallashuvi;
♦Qurilish, ob‟ektni ekspluatatsiya qilish, transportda tashish va mahsulot
marketingi masalalari bo„yicha ijobiy xulosa;
♦Loyiha risklarini aniqlash va qatnashchilar orasida taqsimlash;
♦Yetarli ta‟minotning mavjudligi (Rossiya yirik banklari kafilliklari xam
qabul qilinadi). Bank turli xil garov bilan ishlaydi, shuningdek, garovga
kuchmas mulk olingan bo„lsa, ularning bozor bahosini aniqlaydi. Beriladigan
kafolat haki loyiha turi va kafolat turiga bog„liq bo„lib, yillik to„lov kelishuv
qiymatining 2-3 % ini tashkil qilishi mumqin.
«RG-lizing» kompaniyasi (Rus-german lizing kompaniyasi – ta‟sischisi
Rossiya Federatsiyasi Sberbanki) lizing loyihasi tahlili mijoz tomonidan
xujjatlarning taqdim qilinishi bilan boshlanib, muhim hujjatlardan biri bo„lib
56
kafil-bank xatining asl nusxasi hisoblanadi. Ushbu xat orqali kafil-bank bitim
qiymatidan oldindan to„langan mablag ayirilgan xoldagi qoldiqning to„lab
berilishiga rozilik berib, qo„yidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
♦joriy yilning 1 yanvar holatiga bank balansi;
♦oxirgi hisobot davriga bank balansi;
♦normativlar hisobi;
♦balansdan tashqari hisob raqamlar izohi;
♦ustavdan nusxa;
♦bank litsenziyasidan nusxa;
♦auditorlik xulosasidan nusxa.
Agar kafil sifatida Rossiya Federatsiyasi Sberbanki qatnashsa yuqoridagi
hujjatlar talab qilinmaydi.
Barcha hujjatlar o„rganilgandan so„ng bank kafolati bitimini tuzish
to„g„risida qaror qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |