Menejment va marketing


 “O`zqishloqxo`jalikmashlizing”ALKda tavakkalchilikni



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/24
tarix19.06.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#132557
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
korxonalarda tavakkalchilikni boshqarish (1)

 
2.3 “O`zqishloqxo`jalikmashlizing”ALKda tavakkalchilikni
boshqarish amaliyoti 
Risk tadbirkorlik faoliyatining eng asosiy elementlaridan biri hisoblanib, u 
keng ma‟noga ega bo„lgan ko‟p qirrali tushunchadir. Risk insoniyat 
faoliyatining barcha bosqichlarida mavjud bo„lgan tarixiy va iqtisodiy 
kategoriya bo„lib, u kishilar faoliyatida yoki tabiat hodisalarida mumkin bo„lgan 


41 
yo„qotishlar salmog„ini bildirgan, hamda tarixan jamiyat rivojlanishi bilan 
odamlarning halokatdan qo‟rqish darajasiga moslashib to„rgan.
Biz hayotimizda riskning mavjudligini tan ola turib, har bir harakatimizda 
riskni minimum darajaga tushirishga harakat kilamiz. Shu bilan birga, ko„proq 
turdagi riska duch kelganimizda eng kam riskliligiga yoki riska tortilganimizda 
ham qandaydir foyda (daromad) olishimiz mumkin bo„lsa, riskning kelib 
chiqishiga, bo„lishiga bir oz bo„lsa-da rozi bo‟lamiz. Endi biz riskni tub 
mohiyatini ko„rib chiqadigan bo„lsak «risk» so„zi ispancha-portugalcha so„zdan 
olingan bo„lib «suv ostidagi qoya» degan ma‟noni bildiradi. Shuning uchun ham 
risk xavf tug‟dirish ehtimoli mavjudligini ifoda qiladi. Taniqli lug‟atchi 
S.N.Ojegovning rus tili lugatida «risk» bu «muvaffaqiyatga intilish, baxtli 
hodisa, umid» degan ma‟noni anglatadi deyilsa, mashhur Vebstera lug‟atida 
riskga «xavf, zarar yoki talofat ko„rish ehtimoli» deb qaralgan. V.T.Sevruk «risk – 
bu zarar ko„rish yoki manfaatni qo‟ldan chiqarish bilan bog„liq ehtimollar 
o‟lchamidir»
5
degan ta‟rif beradi.
Proffesor V.M.Usoskin «risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxirgi o„z 
navbatida oldindan ko„ra bilish qiyin yoki mumkin bo‟lmagan voqealar bilan 
bog„liq bo‟ladi»
6
deb izohlaydi. Ba‟zi mualliflar tomonidan risk bu noaniqlik 
deb ta‟riflanadi. 
E.S.Stoyanova «risk bu rejalashtirilgan variantga nisbatan daromad ola-
olmaslik yoki zarar ko„rish ehtimolidir»
7
deb ta‟rif keltirsa boshqa bir guruh 
mualliflar «risk bu korxona resurslarining bir qismini yo„qotish yoki daromad 
olaolmaslik qo„shimcha xarajatlar qilish xavfi» deb uqtirishadi. 
Yuqorida keltirilgan ta‟riflarning barchasida risk qandaydir xavf-xatar va 
zararlar ko„rishdan iborat ekanligi to„g„risida fikr yuritildi. Riskni ta‟riflaganda, 
uni zarar bilan bog„liq xavf-xatar, noaniqlik deyish risk tushunchasining 
mohiyatini to„la ifodalay olmaydi. 
Taniqli iqtisodchi olim O.I.Lavrushin «Bank riski ehtimoliy hodisaning 
qiymat o‟lchovi bo„lib, u yo„qotishlarga olib keladi»
12
degan fikr beradi. 
12
Лаврушин О.И. "Банковское дело". М: Страховое товарищество. РОСТО. 1992 г., 342 с. 


42 
Yuqorida ta‟kidlaganimizdek risk xamma vaqt ham yo„qotishlarga olib 
kelmasligi mumkin. Xar bir xo„jalik yurituvchi sub‟ekt yoki jismoniy shaxs 
biror riskli faoliyatni amalga oshirishni boshlaganida u doimo yuqori foyda 
olishni mo‟ljallaydi. Shuning uchun biz risk faqat yo„qotishlarga olib keladi 
degan fikrlarga qo„shila olmaymiz. Rossiyalik yana bir iqtisodchi G.Panova 
«Risk kutilmagan xodisalar yuzaga kelganida yo„qotish xavfi yoki 
imkoniyatidir» deb ta‟rif beradi. G.Panova o„z ta‟rifida ikki asosiy yo‟nalishni 
asoslab bermoqchi. Bular, birinchidan, prof. O.Lavrushinning risk to„g„risidagi 
fikri bilan hamohang bo„lib, u ham risk bu yo„qotishlarni ifodalaydi deb uqtirsa, 
ikkinchidan, risk bu kutilmagan hodisa ekanligini ta‟kidlamoqchi. 
O„zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyoti tizimiga o„tishi munosabatlari 
bilan investitsiyalarning salmog‟i tobora ortmoqda. Bu borada lizing 
operatsiyalari ham jadal sur‟atlar bilan rivojlanib, ko„payib bormoqda. 
O„zbekiston Respublikasining «Lizing to„g„risida» gi qonunida quyidagi 
risk turlari ko„rsatib o„tilgan: 
♦ Lizing ob‟ektining nobud bo„lish riski; . 
♦ Lizing ob‟ektining yo„qolish riski; 
♦ Lizing mulkining o‟g‟irlanish riski; 
♦ Lizing mulkining shikastlanish riski: 
♦ Muddatidan oldin buzilish riski; 
♦ Lizing ob‟ektining barvaqt eskirish riski. 
Yuqorida keltirilgan risklardan tashqari jahon amaliyoti tasdiqlashicha yana 
bir qator risklarni ham inobatga olish lozim. Bular jumlasiga quyidagilarni 
kiritish mumkin: 
Moliyaviy risk deganda, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish 
natijasida, yuzaga kelishi mumkin bo„lgan holatlarni hisobga olmaslik, mavjud 
imkoniyatlardan samarali foydalanmaslik va bir qancha boshqa omillarning 
ta‟siri natijasida kutilayotgan moliyaviy daromadning keskin kamayishi va 
oshishi ehtimoli tushuniladi qisqacha qilib aytganda, kutilayotgan moliyaviy 
daromadning bir qancha omillar ta‟siri natijasida kamayish yoki tushish ehtimoli 


43 
tushuniladi. 
Loyiha ishtirokchilari risklari – bu ishtirokchilarni o‟z majburiyatlarni 
bilib-bilmagan holda bajarmasliklaridir. Lizing munosabatlarida hatto bir 
ishtirokchining vazifalari o„z vaqtida bajarilmasligi loyihani ma‟lum bir 
muddatga kechiktirilishini va oqibatda ishlab chiqarishdagi zanjirning boshqa 
ishtirokchilarini ishlash jarayoniga ta‟sir etish, natijada loyihani barbod 
bo„lishiga olib kelishi mumkin. 
Marketing riski – asosan tezkor lizingga xos bo„lib, taklif etilgan lizing 
mulkiga lizing beruvchining 100 foizli talabining bo‟lmasligi riski. Lizing 
to„lovida risk mukofotining oshirilishi, bitim uchun uskuna va texnikaning eng 
ommabop turlaridan foydalanish, lizing shartnomasi tugagach bozor 
konyunkturasini hisobga olib bitim ob‟ektini sotish marketing riskining oldini 
olish usullari hisoblanadi. Lizing bitimi muddati tugagandan so„ng mavjud 
jihozlarga potensial ijarachi topilmasligi mumkin. 
Lizing bitami ob‟ektining jadal ma‟naviy eskirish riski. Lizing bitimi 
ob‟ekti odatda, ko„p ilm talab sohaning mahsuloti buladi. Shunga ko„ra ular 
ko„pincha ancha samarali texnoligiya va uskunalar yaratilishi natijasida «ilmiy 
texnika taraqqiyoti ta‟siriga chalinadi». Bu riskni minimallashtirishning asosiy 
usuli bo„lib, shartnomada qat‟iy muddatini belgilash, ya‟ni shartnoma qilinishi 
mumkin bo‟lmagan davrni belgilash hisoblanadi.
Narx riski – lizing bitimi amal qiladigan muddat mobaynida lizing bitimi 
ob‟ektining narxi o„zgarishi bilan bog„liq daromadni aniq yo„qotish riski. Bunda 
lizing beruvchi eski narxlarda tuzilgan lizing bitimi ob‟ekti narxi oshgan 
hollarda ko‟lga kiritishi mumkin bo„lgan daromadni yo„qotadi. Eski narxlar 
bo„yicha lizingga olingan lizing mulkining tushishidan esa lizing oluvchi zarar 
ko„radi. Bu riskni birgalikda minimallashtirishga lizingning butun muddati 
mobayniga har bir lizing to„lovining miqdorini qayd etish yo„li bilan erishiladi.
Ishlab chiqarish risklari – bu ishlab chiqarish jarayonidagi biror bir 
nosozlikning ro„y berishi, ishlab chiqarish ketma-ketligida biror ishni to„xtab 
qolishi yoki ishdan chiqishi bilan bog„liq bo„lgan risklar tushuniladi. 


44 
Boshqaruv risklari – bu boshqaruv personalining malakasi va tajribasi bilan 
bog„liq bo„lgan risklardir. Ayrim xollarda ular investitsion loyixaning barcha 
jarayonlarida menejmentning past darajada olib borilishi bilan bog„lik bo„ladi, 
ya‟ni loyiha davrining istalgan paytida paydo bo„lishi. 
Halokat yoki foydalanish mumkin bo‟lmay qolish riski – lizing ob‟ekti 
bilan bog„liq bunday risk odatda lizing bitimi ob‟ektini sharnomaning to„liq 
muddatiga lizing beruvchining foydasiga sug„urtalash yo„li bilan 
minimallashtiriladi. Operativ lizing turida bitim ob‟ektini lizing beruvchi 
sug„urtalaydi, moliyaviy lizing turida esa lizing oluvchi hisobidan sug„urta 
xarajatlari qoplanadi. 
Lizing ob‟ektining joylashish va egalik huquqi riski. Riskning bu turini 
oldini olish uchun avvalo egalik huquqini to„g„ri huquqiy tarzda belgilab olish 
va ro„yhatga qo‟yish lozim, shuningdek, lizing ob‟ektini davriy tartibda texnik 
holatini va joylashuvini monitoring qilib turish kerak. 
Balanslanmagan likvidlik riski - ssuda kapitali bozoridan mablag„ jalb etish 
hisobiga to„lov muddati hali yetib kelmagan o„z aktivlari operatsiyasini qayta 
moliyalashtirishga lizing beruvchi qodir bo‟lmaganda yuzaga keladigan 
moliyaviy yo„qotishlar ehtimoli. Vaqt va hajm bo„yicha pul vositalari oqimini 
biri biriga bog‟lash tegishli zahira jamg‟armasi barpo etish lizing beruvchining 
passivlar bilan operatsiyasini diversifikatsiyalash yo„li bilan minimallashtiriladi.
To‟lanmaslik riski – lizing to„lovlari bo„yicha lizing oluvchi o„z 
zimmasidagi majburiyatlarini bajara olmasligi ehtimoli riski. Bu riskni 
minimallashtirishga lizing oluvchining moliyaviy ahvolini tahlil qilish, bitta 
lizing shartnomasi qiymatini limitlash, uchinchi shaxs kafolatini olish va 
to‟lanmaslik riskini sug„urtalash yo„li bilan erishiladi. Agar mijoz lizing 
to„lovlarini lizing loyihasiga bog„liq bo‟lmagan holda o„zining doimiy 
daromadlari hisobidan qoplash imkoniyatlari mavjud bo„lsa, ideal holat 
hisoblanadi. 
Likvidlikni baholash riski. Riskning bunday turi texnika-texnologiyalarni 
uzoq muddatga berilgan xolda, lizing bitami amal qilish davrida to‟langan lizing 


45 
to„lovlari va lizing ob‟ektining ikkilamchi bozordagi narxi o„rtasida tafovut 
bo„lishi mumkin. 
Foiz riski – lizing shartnomasida ko‟zda tutilgan stavkadan tashqari bank 
kreditlari bo„yicha lizing kompaniyasi to‟lagan foiz stavkalari oshishi natijasida 
yuzaga keladigan yo„qotish xavfi. Bu xolatni minimallashtirish uchun «fix-to-
fix» «flow-to-flow» tamoyillari asosida ish yuritish lozim, ya‟ni bank kreditlari 
suzuvchi foiz stavkalari asosida berilganda lizing bitmilari fiksirlangan foizlarda 
berilmasligi lozim va aksincha. Shuningdek, mazkur risk moliyaviy fyucherslar 
oldi-sotdisi yoki «foiz svop» bitimi tuzish yo„li bilan pasaytiriladi. 
Valyuta riski – moliyaviy risklarning asosini tashkil qilib, bu risklaro tashqi 
iqtisodiy faoliyat jarayonida milliy valyuta kursini o„zgarishi, boshqa 
davlatlardan investitsiyani kiritilishida yuzaga keladi. Bu operatsiyalarni amalga 
oshirish jarayonida valyuta risklari uch turga bo„lingan holda ta‟sir doirasini 
kengaytirib oladi. 
Siyosiy risk – mamlakatdagi siyosiy vaziyat o„zgarishi, ish tashlashlar, 
davlat iqtisodiy siyosatining o„zgarishi va boshqalar bilan bog„liq moliyaviy 
yo„qotishlar xavfidir. 
Yuridik risk – muayyan mamlakatdagi lizing munosabatlarini tartibga 
soluvchi qonunchilik xujjatlari o„zgarishi natijasida lizing beruvchida yuzaga 
keladigan yo„qotishlar bilan bog„liq. 
Ta‟kidlash joizki, banklar va lizing kompaniyalari faoliyatini to„g„ri tashkil 
qilish, ularda mavjud risklarni minimallashtirish masalalaridan biri kredit 
risklari kabi lizing risklari, ularning sifati va darajasini aniqlash va tahlil 
qilishdan iborat. 
Lizing riski deb lizing oluvchi tomonidan lizing shartnomasi shartlarini 
bajarilmasligi, ya‟ni lizing to„lovlari summasining (qisman yoki to„liq) va u 
bo„yicha foizlarning shartnomada ko„rsatilgan muddatlarda to„lanmasligi 
tushuniladi. Shuning uchun lizing risklarini aniqlash va boshqarish har qanday 
tijorat bankining rivojlanish va taraqqiy etish maqsadiga erishish uchun 
ishlatiladigan kurash usullarining ajralmas qismi hisoblanadi. 


46 
Lizing risklarinig banklar uchun dolzarb muammoligi shundaki, lizing riski 
mavjud bulgan holda kreditor (bank) dan qarz oluvchi tomonidan lizing 
shartnomasining shartlarini, uning o„z majburiyatlarini belgilangan vaqtda 
bajara olish imkoniyatiga ishonchsizlik hosil bo‟ladi. Ma‟lumki, bank 
amaliyotida foyda asosan berilgan kreditlar bo„yicha olinadigan foizlardan 
tashkil topadi. Qarz oluvchi tomonidan olingan lizinglar bo„yicha foiz 
stavkasining yoki lizingning asosiy summasining o„z vaqtida to„lanmasligi yoki 
umuman to„lanmasligi oqibatida bank foydasining kamayishi bankning 
kelajakdagi mablag„lari salmog‟ining tushib ketishiga olib keladi. Shuning 
uchun kreditorlar ular bergan mablag„larning qaytishi bilan bog„liq risklarni 
kamaytirishga harakat qiladilar. 
Qarz oluvchi faoliyatida mavjud risklar darajasini kreditor lizing bergunga 
qadar, keyinchalik lizing bergandan keyin, undan foydalanish davomida 
aniqlash mumkin. Riskni minimallashtirish maqsadida kreditor lizing berishdan 
oldin riskni aniqlashga xarakat qiladi. 
Lizing riskining yuzaga kelishiga quyidagi hollar sabab bo„lishi mumkin: 
a) turli xil makro va mikroiqtisodiy omillar, iqtisodiy qonunchilik va 
me‟yordagi o„zgarishlar; 
b) qarz oluvchi faoliyatida bo‟ladigan iqtisodiy va siyosiy muhitdagi 
o„zgarishlar, salbiy hollar tufayli olingan lizingni to„lashga mos pul oqimini 
tashkil qila olmaslik; 
v) lizingning ta‟minlanganligi uchun olingan garovning qiymati va sifati 
bo„yicha to„liq ishonchning yo„qligi; 
g) yuqori bilimga ega bo„lgan bank xodimlari va mijozlarning 
yetishmasligi;
d) qarz oluvchi sub‟ektning mahalliy yoki davlat miqiyosida obro‟sining 
tushib ketishi, uning ishchanlik faoliyatida yuzaga kelgan o„zgarishlar va 
boshqalar. 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin