Menejment va statistika


-jadval Asosiy yengil sanoat mahsulotlarining aholi tomonidan iste’mol qilinishi, aholi jon boshiga (yil boshiga nisbatan)



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə115/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

2.7-jadval

Asosiy yengil sanoat mahsulotlarining aholi tomonidan iste’mol qilinishi, aholi jon boshiga (yil boshiga nisbatan)


Ko‘rsatkichlar




1991 y.


2001 y.


2010 y.


2011 y.


2011 y

1990 y.ga nisbatan

Matolar, jami (metr)


shu jumladan:


7,1

5,6

9,7

10,0

140,8

Paxta tolasidan tayyorlangan gazlamalar (metr)

2,2

2,2

2,9

3,0

136,4

Jun gazlama (metr)

0,3

0,3

0,7

0,8

266,7

Zig‘ir tolasidan to‘qilgan matolar, shoyi, ipak gazlamalar (metr)

1,8

3,2

4,6

4,7

261,0

Aralash matolar

0,7

-

1,5

1,5

214,3

Ustki kiyimbop trikotaj (dona)

0,6

1,1

2,5

2,6

433,3

Ichki kiyimbop trikotaj (dona)

0,9

1,6

3,5

3,6

400,0

Charm poyafzal (juft)

1,6

3,2

3,4

3,5

218,7

Paypoq mahsulotlari (juft)

3,7

6,0

6,7

6,7

181,1


Jadval ma’lumotlari aholining yengil sanoat mahsulotlaridan foydalanishni mustaqillik yillari davomida 1,5 barobardan ziyod ko‘paytirganliklarini ko‘rsatib turibdi. Ayniqsa ichki va ustki kiyimbob trikotaj tovarlardan foydalanish ushbu davrda 4 barobardan ko‘proqga oshgan .
O‘zbekiston sanoati mustaqillik yillarida mutlaqo yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi. Bunday mahsulotlarga raqamli televizorlar, mobil telefonlar, DVD pleyerlar, kompyuterlar, elektron texnikalar, avtomashinalarni kiritish mumkin .
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz sanoati aholining sifatli mebel, gilam mahsulotlari, yengil aftomobillarga bo‘lgan yehtiyojini to‘liq ta’minlab ularni chetga eksport ham qilmoqda. Mamlakatimizda televizorlar, muzlatkichlar, konditsionerlar va shu kabi tovarlar ishlab chiqarish hajmi yildan – yilga oshib bormoqda. Shu bilan bir vaqtda aholi daromadlarining oshib borishi ularning uzoq muddat ishlatiladigan madaniy – maishiy tovarlarni ko‘proq Harid qilishida namoyon bo‘lmoqda.


2.8-jadval

Aholining uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar bilan ta’minlanishi

(har 100 xonadonga to‘g‘ri keladigan tovarlar soni)


Ko‘rsatkichlar


1990 y


2000 y


2010 y


2011 y


2011 y 1990 yilga nisbatan

Televizorlar


90

88

132

133

147,8

Muzlatgich va muzxonalar

80

86

99

101

126,3

Konditsionerlar

9

11

18,5

19,1

212,2

Elektro changyutgichlar

29

30

37

38

131,0

Shaxsiy kompyuterlar

-

0,2

12

14

7 marta (2000y)


Fotoapparat va videokameralar


21

21

24

25

119,0

Videomagnitofon, videopleyer va DVD pleyerlar

-

31

64

66

213,0
(2000 y)


Kir yuvish mashinalari


67

69

75

76

113,0

Mobil aloqa vositalari

-

18

145

149

8 marta (2000 y)


O‘rtacha har 1000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan avtomobillar soni, birlikda


21,9

38,9

51,5

51,7

236,0

Har 100 ta xonadonga to‘g‘ri keladigan avtomobillar soni, birlikda

11,9

20,1

27,1

27,2

228,0


Jadval ma’lumotlaridan Respublika aholisining uzoq muddatli madaniy – maishiy tovarlarni Harid qilishi ko‘payib , mustaqillik yillarida xonadonlarning bunday tovarlar bilan ta’minlanishi ortgan.Ayniqsa mustaqillikgacha bo‘lmagan shaxsiy kompyuterlar , mobil aloqa vositalari , video magnitafonlar kabi tovarlarning aholi tomonidan harid qilinishi jadal sur’atlar bilan ko‘paygan. Natijada bunday tovarlar bilan xonadonlarning ta’minlanishi keyingi 10 yilda ( 2000 yildan – 2011 yilgacha) 7-8 marotaba ko‘paygan.


5. Aholi daromadlarini (bydjetini) boshqarish
Oilalarda daromadlarni, ayniqsa pul daromadlarini boshqarish har xil. Bir xil oilalarda oila a’zolarining barcha daromadlari10 odatda (erkakda) to‘planadi va harajat qilinadi. Bunday oilalarda asosiy do‘kon va bozordan sotib olinadigan narsalarni (tovarlar, mahsulotlar, kiyim-kechaklar va boshqalar) erkak kishi bajaradi. Ayrim oilalar borki, oilaning barcha daromadlari ayol kishida to‘planadi. Lekin u kishi faqat saqlovchi vazifasini bajaradi. Oila uchun bo‘ladigan barcha savdo ishlarini erkak bajaradi. Shunday oilalar borki, oilaning barcha daromadlari ayol (onada) kishida to‘planadi. Oilaning bozor va boshqa savdo ishlarini ayol kishining o‘zi bajaradi.
Oilalar borki, oila a’zolari daromadlari to‘planmaydi, o‘zlarida saqlanadi. Oila a’zolaridan kim qancha daromad olsa, shunga qarab harajat qiladi.
Bizlar oila a’zolarining daromadlari qanday tarzda ishlatilishini ko‘rib chiqdik. Yuqorida yozilgan variantlardan boshqacha usulda daromadlarni boshqaruvchi oilalar ham bordur. Xo‘p oila daromadlari qanday boshqarilgani ma’qul.
Sizlarga ma’lumki bozor munosabatlari sharoitida barcha faoliyat yurituvchi xo‘jaliklar (zavodlar, fabrikalar, korxonalar, firmalar va shu kabilar) erkin raqobat sharoitida ishlab chiqargan tayyor mahsulotlarini (xizmatlarini) sotib, daromad oladigan va qilgan harajatlarini qoplab, ma’lum miqdorda foyda olishlari lozim. Agarda ular faoliyatlari davomida harajatlarini qoplamasdan, zarar ko‘rsalar ya’ni harajatlari olgan daromadlaridan ko‘p bo‘lsa, raqobatda sinib (yengilib), faoliyatini to‘xtatishga, oxir-oqibat xo‘jalikni (korxonani) tugatishga majbur bo‘ladilar.
Oila ham bitta kichkina xo‘jalik. Ayniqsa mahalliy millat vakillari oilalarida oila a’zolari ko‘p bo‘ladi. O‘g‘illarini uylantirib, nabiralari bor, lekin bir oilada yashayotganlar kammi? Bunday oilalarda 5-10 kishi, hatto 15 kishi va unda ko‘proq oila a’zolari bo‘lishi mumkin. Xo‘sh bunday oilalarda iqtisodiy masalalar bo‘yicha janjallar bo‘lmaydi deb kim kafolat beradi. Hammaga mashhur «Kelinlar qo‘zg‘oloni» asaridagi oilani Farmon bibidek ayol boshqarsa ham kelinlar qo‘zg‘olon ko‘tarishgan.
Umuman olganda bu asarda oila daromadlarining bir joyda yig‘ilishi (to‘planishi) va harajat qilinishi ijobiydir. Biz ham oila a’zolarining barcha daromadlarining bir kishida (joyda) to‘planishini ma’qullaymiz. Umuman olganda bu asar (teatr yoki kino ko‘rinishida ham) oila daromadlari va harajatlarini boshqarish bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmadir. Oila daromadlarining bir joyda yig‘ilgani ma’qul, oila boshlig‘i bo‘lgan otadami yoki onadami uning farqi yo‘q. Ishlaydigan, o‘qiydigan oila a’zolariga kundalik harajatlar (borish-kelish transport, ovqatlanish vash u kabi harajatlar) beriladi. Lekin to‘plangan daromadlarni boshqarish va oilaning umumiy harajatlarini kim qilishi kerak degan savolga oilaning uzi javob chiqaradi. Ayrim oilalarda to‘plangan daromad oila bekasida saqlansa ham, oila uchun bo‘ladigan umumiy harajatlarni (bozorni va boshqa to‘lovlarni) oila boshlig‘i ota qiladi. Oilalar borki oila boshlig‘i ishlab bu ishlarni oila bekasi qilishga o‘rganganbunday oilalarda bozor-o‘chorni oila bekasi qoyilmaqom qilib bajaradi. Shu joyda shuni ta’kidlamoqchimizki voyaga yetgan bolalarni, ayniqsa o‘g‘il bolalarni savdo qilishga o‘rgatish lozim. Ayniqsa hozirgi bozor munosabatlari sharoitida tovarlar narxi erkin shakllanadigan bo‘lib, bir xil tovarlarga har xil narxlar belgilangan. Dehqon bozorlaridagi mahsulotlar narxlari ham harxildir. Demak, oila a’zolarining daromadlarining bir joyga to‘planishi va uning harajat qilinishini boshqarishni oila boshlig‘ida bir kishi (ota yoki ona) olib borilishini ma’qullaymiz.
Oila daromadlarining bir joyda yig‘ilishiga hamma oila a’zolari rozi bo‘lishiga harakat qilish kerak. Oila daromadlari harajatlarini, ayniqsa katta miqdordagi harajatlarni katta yoshdagi barcha oila a’zolari bilan maslahat qilish zarur. Buning uchun oilaning kelasi oy uchun bo‘ladigan joriy harajatlar rejasini tuzish (maslahatlashib) kerak. Albatta joriy harajatlarning asosini oziq-ovqatlarni sotib olish tashkil etadi. Oila bydjeti hisobini yuritayotgan bo‘lsangiz, oziq-ovqat sotib olishga bir oyda o‘rtacha qancha sarflanishini bilib olgan bo‘lasiz. Bundan tashqari har oygi to‘lovlarni (gaz, svet, va shu kabilar) ham bilasiz, ularni hisoblashni bilasiz. Lekin shu oyda bo‘ladigan qo‘shimcha harajatlarni, misol uchun, o‘rtog‘ingiz tug‘ilgan kuni, unga yaxshi bir ko‘ylak olib bormoqchisiz (sizning tug‘ilgan kuningizda sovg‘a olib kelgan edi-da). Unda alohida bir ko‘ylakka etadigan pulni (30-45 ming so‘mni) qog‘ozga o‘rab, yozib ajratib qo‘ying. O‘g‘limga etik olish kerak deb, oktyabrda 80,0 ming so‘m ajrating. Nima ko‘p qog‘oz ko‘p, yozishni esa bilasiz. Pulni qog‘ozga o‘rab, ajratib, qog‘oz ustiga nimaga ajratganingizni yozing. Shunday qilib, ushbu oy boshida shu oyda bo‘ladigan qo‘shimcha, lekin juda zarur bo‘lgan harajatlarga mablag‘ ajratib qo‘ydingiz. Bu harajatlarni oila a’zolari bilan maslahat qilish kerak bo‘lsa, maslahat ham qildingiz. Ya’ni oila a’zolaridan kimlarga nima qanday kiyim-kechak yoki boshqa narsalarni olib berish navbatini, ana endi barcha oila a’zolari xotirjam daromadlarni boshqaruvchi oila rahbarlari ham oila a’zolari ham. Chunki oila boshqaruvchisi qo‘shimcha harajatlarga mablag‘ ajratilganligini, oila a’zolari esa kimga-nima, qachon olinishi oldindan bilishadi.
Hamma oila a’zolari ayniqsa pul mablag‘larini oilada boshqaruvchi shaxs yaxshi bilishi lozimki, pul-hisob-kitobni yaxshi ko‘radi. Oila pul daromadlarini boshqaruvchi, harajatlarni oila a’zolari bilan maslahatlashib olib borar ekan, oilaning moliyaviy ahvoliga o‘zini ma’sul sezishi lozim. Bunda daromadlarga qarab, harajatni boshqarib, oilaning qarz olib, moliyaviy qiyin ahvolga tushib qolmasligini oldini olib borishi lozim.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin