3.1-jadval
O‘zbekiston Respublikasida 2007-2009 yillarda bajarilgan xizmatlar hajmi (mlrd. so‘m)
Ko‘rsatkichlar
|
O‘lchov birligi
|
2007
|
2010
|
2011
|
2011 yil 2007 yilga nisbatan, %
|
11. Jami xizmatlar
|
mlrd. so‘m
|
14058,8
|
31785,8
|
41083,3
|
292,2
|
shu jumladan quyidagilar:
|
|
|
|
|
|
savdo va ovqatlanish xizmatlari
|
mlrd. so‘m
|
2441,9
|
5793,2
|
8607,5
|
352,5
|
transport xizmatlari
|
mlrd. so‘m
|
4799,8
|
10031,3
|
12350,3
|
257,3
|
aloqa va informatika xizmatlari
|
mlrd. so‘m
|
841,6
|
2039,6
|
2630,0
|
312,5
|
moliya xizmatlari
|
mlrd. so‘m
|
869,2
|
2731,0
|
3507,2
|
403,5
|
turistlar-ekskursiya xizmatlari
|
mlrd. so‘m
|
31,8
|
46,8
|
64,1
|
201,6
|
mehmonxona xizmatlari
|
mlrd. so‘m
|
42,7
|
96,0
|
112,4
|
263,2
|
kommunal xizmatlari
|
mlrd. so‘m
|
2066,9
|
3827,4
|
4781,0
|
231,3
|
maishiy xizmatlar
|
mlrd. so‘m
|
253,9
|
551,4
|
534,5
|
210,5
|
avtomobil va boshqa texnikalarni ta’mirlash
|
mlrd. so‘m
|
133,2
|
321,1
|
367,7
|
276,1
|
boshqalar, bolalarni sog‘lomlashtirish va sport xizmatlari qo‘shilib
|
mlrd. so‘m
|
2577,8
|
6348,0
|
8128,6
|
315,3
|
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, xizmatlarning barcha turlari bo‘yicha o‘sishning yuqori sur’atlari kuzatilmoqda. Xizmatlarni barcha turlari 2007-2011 yillarda 292,2 % ga o‘sgan bo‘lsa, aloqa va informatizatsiya xizmatlari (312,5 %), moliya xizmatlari (403,5 %), mehmonxona xizmatlari (263,2 %) kabi xizmat turlari yanada yuqori sur’atlar bilan rivojlangan. Xizmatlar sohasining boshqa tarmoqlarga (sanoat, qishloq xo‘jaligi kabi) nisbatan yuqori sur’atlar bilan rivojlanishi uning mamlakat yalpi ichki mahsulot (YAIM) tarkibidagi hissasini oshirmoqda. Agarda 2007 yilda xizmatlar mamlakat YAIMning 42,7 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2011 yilga kelib – 50,5 % ni tashkil qilmoqda. Xizmat turlarini yanada rivojlantirish, bozor infratuzilmasini sifat jihatdan yaxshilash muhim vazifa bo‘lib, xizmatlar hajmini va turlarini yanada ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.
2. Savdo va ovqatlanish xizmatlari
2.1. Bozor munosabatlari sharoitida savdoning ahamiyati
Inson jamiyati mavjud ekan, mahsulotlar, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmatlar ko‘rsatiladi. Jamiyatda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish mavjud. Bu degani mahsulot (tovar) ishlab chiqarish kengaytirilgan hajmda va assortimentda takrorlanib turadi. CHunki bir tomondan aholi soni ko‘payib borayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan uning ehtiyoji kengayib, yangidan-yangi tovarlar ishlab chiqarilib, do‘konlar (bozorlar) to‘ldirilmoqda. Bularga mobil telefonlarni, kompyuterlarni misol keltirsak bo‘ladi.
Ma’lumki, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish to‘rt (4) jarayonni o‘z ichiga oladi. Bu 1) mahsulotlarni ishlab chiqarish, 2) ularni taqsimlash, 3) ayirboshlash va 4) iste’mol jarayonlaridir. Har bir jarayon o‘z navbatida muhimdir. Lekin ishlab chiqarilgan mahsulot (tovar) o‘z iste’molchisini topib, u ayirboshlansagina tovar bo‘ladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdo sohasida ayirboshlanadi. SHuning uchun ham savdo muhim sohalardan hisoblanadi, ayniqsa bozor munosabatlari sharoitida. Savdo xizmatlarining ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
ayirboshlash jarayonida ishlab chiqarish korxonalari (korxonalar deganda barcha mahsulot ishlab chiqaruvchilarni tushinish lozim) mahsulotlari sotilib, bu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sarflagan xizmatlari (mablag‘lari) qoplanadi. Natijada korxonalarda mablag‘ paydo bo‘lib, xom ashyo va boshqa kerakli narsalar sotib olib, mahsulot ishlab chiqarishni davom ettirish uchun imkoniyat yaratiladi;
savdo orqali jamiyat a’zolarining moddiy va madaniy ehtiyojlari (talablari) qondiriladi. SHuning uchun ham savdoning qanday tashkil etilganligi, narx-navoning holati muhim ijtimoiy-iqtisodiy xodisadir. SHu bilan bir vaqtda savdo tovar ishlab chiqaruvchining va iste’molchilar (aholi) o‘rtasidagi vositachidir. Savdo talabi ko‘p tovarlarni ko‘proq ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish korxonalarini rag‘batlantiradi;
savdo orqali aholi o‘zlarining pul daromadlarini iste’mol tovarlarga almashtirib, hayotlarini davom ettirishga, ishchi kuchini qayta tiklashga ko‘maklashadi. Bunda savdo tashkilotlari aholiga sifatli va ekologik toza tovarlarni etkazib bersalar, aholining salomatligiga katta ta’sir qilgan bo‘ladilar;
savdo aholining pul daromadlarini kerakli tovarlarga almashtiribgina qolmay, aholiga turli madaniy-maishiy tovarlar (kir yuvish mashinasi, muzlatgich, televizor, tikuv mashinasi, engil mashinalar va shu kabilar) taklif qilib, ularning turmush faravonligining oshishiga, madaniy saviyasining ko‘tarilishiga ko‘maklashadi;
savdo aholining pul daromadlarini iste’mol tovarlariga almashtirar ekan, bu bo‘yicha muomaladagi pul massasiga katta ta’sir qiladi. Bunda banklar muomalaga chiqargan (emissiya qilgan) naqd pullarning juda katta qismi savdo tashkilotlari orqali yana banklarga qaytib keladi. SHunday qilib, savdo pul muomalasini tartibga solib turadi va narx-navoning barqarorligiga olib keladi. SHuning uchun ham barcha savdo qiluvchi sub’ektlar savdo pullarini tezroq banklarga topshirishlari lozim.
Demak, savdo barcha qatnashuvchi tomonlarga o‘z xizmati bilan ijobiy ta’sir qilar ekan. Mahsulot ishlab chiqaruvchilar savdo orqali qilgan harajatlarini qoplab qolmasdan, ma’lum miqdorda foyda ham oladi. Sotilgan tovar qiymatidagi soliqlar davlat bydjetiga haqqiqiy kelib tushgan hisoblanadi. Iste’molchilar (asosan aholi) o‘zlarining moddiy va madaniy ehtiyojini qondirib, ishchi kuchini qayta tiklaydi, turmushi va madaniy darajasi yaxshilanadi. Mamlakatda talab va taklif o‘rtasidagi mutanosiblik saqlanib, narx va pul muomalasining barqarorligiga ijobiy ta’sir qiladi.
Dostları ilə paylaş: |