Menejment va statistika


Savdo va ovqatlanish sohasida faoliyat yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy ko‘rsatkichlari



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə122/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

2.2. Savdo va ovqatlanish sohasida faoliyat yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy ko‘rsatkichlari
Bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tovar bo‘lib, aholining biron-bir ehtiyojini qondirib, tovar-pul muomalasida ishtirok etadi va sotiladi. Tovarlarni ishlab chiqarishdan to iste’molchilarga etkazguvchi va ularga sotilguncha ulgurji va chakana savdo tashkilotlari (tizimi shahobchalari) qatnashadi. Ulgurji savdo turli mulk shaklida tashkil topgan ulgurji savdo vositachilari (universal, ixtisoslashgan bo‘lishi mumkin) turli xil birjalar va savdo markazlari, bazalari orqali amalga oshiriladi. Ulgurji savdo tizimi orqali tovarlar ishlab chiqarish assortimentidan (turlari, xillaridan) savdo assortimentiga o‘tkaziladi. CHunki har qanday ishlab chiqaruvchilar o‘nlab turdagi mahsulotlarning ko‘plab miqdorini tayyorlaydilar. Har qanday savdo shahobchasidan esa minglab turdagi tovarlar iste’molchilarga kam miqdorda (hajmda) sotiladi. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida xalqaro mehnat taqsimoti chuqurlashib, tovarlarni mamlakatlararo taqsimoti kengaymoqda, natijada xalqaro ulgurji savdo rivojlanib bormoqda.
Ulgurji savdo tashkilotlari katta miqdordagi tovarlarni to haridorlarga sotgunicha saqlashi uchun maxsus jihozlangan omborlari, tashish vositalari bo‘ladi.
Ulgurji savdoning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichi – ulgurji savdo aylanmasidir. Ulgurji savdo aylanmasi - tovarlarni qayta sotish uchun haridorlarga sotishdir. Bularga ishlab chiqarish korxonalarining tayyor mahsulotlarini savdo tashkilotlariga, savdo tashkilotlari omborlaridan boshqa savdo, ovqatlanish va boshqa korxonalarga, tadbirkorlarga sotish kabilar kiradi. Ulgurji savdo bilan vazirliklar, davlat muassasalari, «O‘zbeksavdo» konserni, «O‘zbekbirlashuv» korporatsiyasi ulgurji bazalari, xorijiy kompaniyalar, qo‘shma va xususiy korxonalar shug‘ullanmoqda. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida ulgurji savdoning alohida turi bo‘lmish birja savdolari tez rivojlanmoqda. O‘zbekistonda quyidagi birjalar faoliyat yuritmoqda:

  • Respublika «Kuchmas mulk birjasi» va uning viloyatlardagi filiallari;


  • Respublika «Tovarlar va xom ashyolar birjasi» va viloyat filiallari;


  • Respublika «Fond birjasi» va uning viloyatlardagi bo‘limlari;


  • Respublika «Valyuta birjasi».


Mamlakat hududlaridagi juda ko‘p mayda chakana savdo shahobchalarini tovarlar bilan ta’minlash maqsadida Respublika Prezidenti I.A.Karimovning 2006 yil 6 martdagi «Ulgurji savdo uyushmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan «O‘zbekulgurjisavdoinvest» uyushmasi, viloyatlarda esa uyushmaning xududiy ulgurji savdo bazalari tashkil etildi.


Ulgurji savdo aylanmasi ulgurji savdo tizimidan ulgurji tarzda sotilgan barcha tovarlar qiymatlarining yig‘indisi bo‘lib, uning hajmi ombor ulgurji tovar aylanmasi va tranzit ulgurji tovar aylanmasidan tashkil topadi. Ombor ulgurji tovar aylanmasida tovarlar dastlab sotuvchilardan ulgurji baza omborlariga olib kelingan va keyinchalik haridorlarga ombordan sotilgan hajmi hisoblanadi. Agarda ulgurji savdo tizimi tovarlarni sotuvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri haridorga sotishni tashkil etgan bo‘lsa, tranzit ulgurji savdo aylanmasiga kiradi. Tranzit savdo aylanmasi ulgurji savdo tizimi hisob-kitobda (to‘langan) qatnashgan va hisob-kitobda qatnashmagan (to‘lanmagan, ya’ni haridor o‘zi to‘lagan, ulgurji savdo tizimi, faqat vositachi sifatida qatnashgan) bo‘lishi mumkin.


Savdoda muhim ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkich – chakana tovar aylanmasidir. CHakana tovar aylanmasi – savdo va boshqa tashkilot, korxona, firma va yakka tadbirkorlarning turli xil tovarlarni oxirgi iste’mol uchun aholiga, hamda jamoa iste’moli uchun haridorlarga (kasalxona, dam olish uylari, bolalar bog‘chasi va shu kabilar) sotilgan qiymatlarining yig‘indisidir. CHakana savdo aylanmasi hajmiga oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini sotish summasidan tashqari, quyidagilar ham kiradi:
  • kitob, gazeta, jurnallar sotishdan tushgan tushum;


  • avtomobillarni va boshqa madaniy buyumlarni ta’mirlashdan tushgan tushum;


  • dori-darmonlarni sotishdan (dorixonalarda va boshqa muassasalarda) tushgan tushum;


  • poyabzal, kiyim-kechaklarni ta’mirlashdan tushgan tushum;


  • prokat punktlari tushumi;


  • kreditga sotilgan tovarlar qiymati (to‘liq qiymati, sotilgandan);


  • mayda-ulgurji savdo aylanmasi (kasalxona, dam olish uylari, bolalar bog‘chasi va shu kabilar).


Demak, do‘konlardan tovarlar haridorlarga naqd pulga, bank cheklari, bank plastik kartochkalari, bank orqali pul ko‘chirish yo‘llari bilan, hamda kreditga sotilishi mumkin.


Savdo bilan mulk shakli jihatidan: davlat savdo korxonalari, qo‘shma va xususiy savdo korxonalari, aksioner jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, matlubot kooperatsiyasi kabilar shug‘ullanadi.


CHakana savdo aylanmasi hajmi muhim ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, uning mohiyatini quyidagilarda ifodalash mumkin:
  • chakana savdo aylanmasi tovarlarning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonining oxirgi iste’mol jarayoniga o‘tib, harakatini tugatganini bildiradi.


  • ishlab chiqilgan tayyor mahsulot tovar sifatida sotilib oxirgi iste’molchisini topsagina (summasi – chakana tovar aylanmasi) ishlab chiqaruvchi mahsulotni ishlab chiqarish uchun qilgan harajatlarini haqqiqatdan qoplab, daromad olgan hisoblanadi. Davlat bydjetiga ham kelib tushgan soliqlar real bo‘ladi (mahsulot tannarxiga kiritilgan soliqlar). Demak, ishlab chiqaruvchi va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga faoliyatini yana davom ettirish uchun mablag‘ kelib tushadi va imkoniyat tug‘iladi.


  • aholi pul tariqasida olgan daromadlarini savdo orqali pul mablag‘larini tovarga almashtiradi (oldi-sotdi jarayoni). Natijada chakana savdo mamlakatdagi pul muomalasiga ta’sir ko‘rsatadi. Muomalaga chiqarilgan pul massasining 70-80 % chakana savdo orqali bankga qaytib keladi.


  • chakana savdo aylanmasi hajmi, tarkibi va ularning o‘zgarishi, aholining turmush darajasini va uning o‘zgarishini ifodalaydi. Aholi daromadi ko‘payib, turmushi yaxshilansa, daromadining ma’lum qismini madaniy-maishiy (muzlatgich, televizor, kir yuvish mashinasi va shu kabilar) tovarlar sotib olishga sarflaydi;


  • chakana tovar aylanmasi hajmining ko‘payishi (inflyasiya darajasi yuqori bo‘lmagan sharoitda), umuman mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi (rivojlanayotganligini bildiradi).


Savdoda tovar aylanmasi hajmi va uning o‘zgarishiga, aholi daromadlari va ularning ko‘payishi, tovar zahiralarining qoldig‘i va ularning uzluksiz ta’minoti, savdo shahobchalarining mavjudligi (soni va maydoni) va ularning joylanishi, tovarlar narxlari va ularning o‘zgarishi va boshqa shu kabi omillar ta’sir qiladi.


Savdo korxonalarining muhim ko‘rsatkichlaridan biri tovar zahiralaridir. Savdo korxonalarida tovar zahiralari mutloq summalarda va necha kunlik ekanligi bilan ifodalanadi. Tovar zahiralari qoldig‘i kunlarda rejalashtiriladi. Tovar zahiralari rejasi asosan joriy zahira uchun kunlarda aniqlanadi. Rejalashtirishda har bir joriy zahira tovar assortimenti (turlari) bo‘yicha ta’minot davri (bu xil tovarni ta’minotchidan necha kunda sotib olinishi), ushbu tovarning sotilishi (bir kunda o‘rtacha qancha sotiladi) va boshqa omillar hisobga olingan holda aniqlanadi. Lekin hozirgi paytda juda ko‘p savdo shahobchalarining mavjudligi va ulardagi tovarlar assortimentining ko‘pligi tovar zahiralarining qoldig‘i barcha savdo shahobchalarida optimal rejalashtiriladi (kunlarda) deb bo‘lmaydi. SHuning uchun ham ayrim savdo shahobchalarida juda katta hajmdagi tovar zahiralari to‘planib qolgan.


Tovar zahiralarining haqqiqiy qoldig‘i so‘mlarda va necha kunlik borligi aniqlanadi. Tovar zahiralarining haqqiqiy qoldig‘i necha kunga etishi tovar zahiralarining haqqiqiy qoldig‘ini (aniq bir sanaga) kelgusi davrda (oyda) sotiladigan (sotilishi rejalashtirilgan) bir kunlik savdo aylanmasiga bo‘lib topiladi. Bu ko‘rsatkichni har bir tovar turlari bo‘yicha ham, savdo korxonasi bo‘yicha ham aniqlash mumkin. Tovar zahiralarining necha kunga etishi tovar zahiralari haqqiqiy qoldiqlarini (aniq bir sanaga) kelgusi davrda sotilishi rejalashtirilgan bir kunlik savdo aylanmasiga bo‘lib


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin