Menejment va statistika


Mavzu MAKROIQTISODIY STATISTIKADA QO‘LLANILADIGAN GURUHLASH VA TASNIFLASHLAR



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə60/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

Mavzu MAKROIQTISODIY STATISTIKADA QO‘LLANILADIGAN GURUHLASH VA TASNIFLASHLAR
Reja:


  1. Iqtisodiy faoliyat turlarini mulk shakllari, ma’muriy va iqtisodiy hududlar bo‘yicha tasniflash.


  2. Iqtisodiy faoliyat turlarini tarmoqlar bo‘yicha tasniflash.


  3. Iqtisodiy faoliyat turlarini sektorlar bo‘yicha tasniflash.



1. Iqtisodiy faoliyat turlarini mulk shakllari, ma’muriy va iqtisodiy hududlar bo‘yicha tasniflash
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, BMTga a’zo (1992 yil 2 mart) bo‘lib, dunyodagi juda ko‘p mamlakatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy aloqalarini amalga oshira boshladi. Natijada mamlakat makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini xalqaro hisob ko‘rsatkichlari bilan moslashtirish zaruriyati tug‘ildi. Shunday qilib, mamlakatimizda Milliy hisoblar tizimi (MHT) ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi.
Ma’lumki, makroiqtisodiy statistika ob’ektiga hududlar, mamlakat miqyosidagi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlaridir. Lekin ular minglab ishlab chiqaruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi firmalar, dehqon-fermer xo‘jaliklari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va boshqa ob’ektlar iqtisodiy faoliyatlardan tashkil topadi.
Bu sub’ektlarning ko‘plari mehnat ishlab chiqarish va ularni sotish bilan, ayrimlari turli xil xizmat ko‘rsatish bilan, ba’zilari esa ilmiy, ma’rifiy, madaniy va boshqa faoliyat bilan shug‘ullanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu sub’ektlar soni, tarkibi va faoliyat turlari o‘zgarib turadi.Shuning uchun bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini makrodarajada o‘rganish va tahlil qilish uchun mulk shakllari, iqtisodiy va ma’muriy hududlar bo‘yicha guruhlash lozim bo‘ladi.
«O‘zbekiston Respublikasida Mulkchilik to‘g‘risida»gi Qonunga binoan (4-modda) mulk quyidagi shakllarda yuzaga keladi:

  • fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki;


  • jamoa (shirkat) mulki, shu jumladan, mahalla, kooperativ mulk, … aksionerlar jamiyati …;


  • Respublika, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, ma’muriy-hududiy tuzilmalar (maishiy) mulkdan iborat davlat mulki;


  • aralash mulk;


  • qo‘shma korxonalar, ajrabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek, ajnabiy yuridik shaxslar mulki.


Ushbu guruhlashga asosan xo‘jalik yurituvchi barcha sub’ektalr makrodarajada quyidagicha guruhlanadi:


1. Davlat mulki.
2. Jamoa-kooperativ mulki.
3. Jamoa mulki.
4. Turli jamiyatlar (aksionerlik) mulki;
5. Xususiy mulk.
6. Shaxsiy mulk.
Statistik ma’lumotlar, ko‘pincha davlat va nodavlat sektorlariga guruhlanib ko‘rsatilsada, nodavlat sektori, shu jumladan deb nomlanib, xususiy mulk, jamoa mulki, qo‘shma korxonalar va chet el fuqarolari mulki va shu kabi guruhlarga ajratilib ko‘rsatiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektalrning mulk shakli bo‘yicha bunday guruhlar bo‘lib faoliyat ko‘rsatkichlarining ifodalanishi mamlakat yalpi ichki mahsulotini yaratishda ularning o‘rnini, qanday o‘zgarayotganligini aniqlash imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi hududi 448,97 ming kv.km. bo‘lib, tabiiy, iqlim sharoiti, aholi joylanishi, iqtisodiy salohiyati har xildir. Shuning uchun ham makroiqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlarini statistik o‘rganishda iqtisodiy hududlar va ma’muriy bo‘linishlari bo‘yicha guruhlash lozim bo‘ladi. O‘zbekiston hududi tabiiy joylanishi va iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha 8 ta iqtisodiy rayonga bo‘linadi. Bular: Toshkent, Mirzacho‘l, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro-Qizilqum, Qashqadaryo, Surxandaryo va Quyi-Amudaryo iqtisodiy rayonlaridir («Iqtisodiy geografiya» fanidan bu iqtisodiy hududlarning guruhlashtirish mohiyatini chuqur o‘qigansizlar).
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy jihatdan 12 ta viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘linadi. Ular o‘z navbatida tumanlarga, shaharlarga bo‘linadi. Bunday hududalr bo‘yicha guruhlab o‘rganish, mamlakat iqtisodiyotida hududlarning to‘tgan o‘rni va rivojlanishini, hamda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, hududlararo iqtisodiy aloqalarni yanada yaxshilash imkonini beradi.
2. Iqtisodiy faoliyat turlarini tarmoqlar bo‘yicha tasniflash
Mamlakatda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar juda ko‘p bo‘lib, ularni ishlab chiqarayotgan mahsulot turlari, bajarayotgan xizmatlarining bir xilligi, texnologik jarayonlarning o‘xshashliklari (ma’muriy-hududiy jihatdan qayerda faoliyat ko‘rsatishiga qaramasdan) bo‘yicha guruhlash mumkin. Misol uchun, non ishlab chiqarish texnologiyasi barcha hududlarga bir xil. Non ishlab chiqarish uchun un, yog‘ va shu kabi mahsulotlar ishlatilib, tez tayyor bo‘ladi va tez sotilib iste’mol qilinadi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bir turdagi ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha birlashtirilib (guruhlashtirilib) xalq xo‘jaligi tarmoqlarini tashkil etadi. Tarmoqlar bajaradigan ishlarining mohiyati, xususiyati va ijtimoiy mehnat taqsimotiga qarab guruhlanadi. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari ijtimoiy mehnat taqsimoti va mahsulot yaratishdagi qatnashishiga qarab 2 ta guruhga: moddiy ne’matlar ishlab chiqaradigan va moddiy ne’matlar ishlab chiqarmaydigan soha tarmoqlariga bo‘linadi.
Xalqaro miqiyosda xalqaro andozaviy tarmoqlar tasnifi (XATT) qo‘llanadi. XATT – ishlab chiqarish jarayonlarining ketma-ketligi qoidasi bo‘yicha tuzilib, natural tabiiy resurslardan foydalanuvchi tarmoqlardan (qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, baliqchilik va shu kabilar) boshlanib, qazib oluvchi, qayta ishlovchi sanoat, qurilish, aloqa, transport, moliya va hokazo tarmoqlarga bo‘linadi.
Makrodarajada yagona tarmoq tasnifidan foydalanish firma, korxonalardan to yirik tarmoqlargacha, hamda mamlakat milliy iqtisodiyotigacha axborotlarni to‘plash, iqtisodiy ko‘rsatkichlarning holatini va o‘zgarishini nazorat qilish natijasida mamlakatni to‘g‘ri boshqarish va oqilona iqtisodiy siyosat yuritishga imkon beradi.
Iqtisodiy faoliyat xalqaro andozaviy tarmoqlar tasnifi BMT tomonidan qabul qilingan bo‘lib, nafaqat alohida olingan mamlakat, balki dunyo miqyosida mamlakatlararo iqtisodiy va sotsial rivojlanish ko‘rsatkichlarni taqqoslash va xalqaro mehnat taqsimotini yanada yaxshilash imkonini yaratadi.







Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin